Axborot jamiyati


Download 365.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana23.06.2023
Hajmi365.4 Kb.
#1651290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-3-maruza



2-3-Mavzu: Axborotning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati 
Reja: 
2.1. “Axborot jamiyati” tushunchasining mazmuni va mohiyati.
2.2. Bosma ommaviy axborot vositalari: gazeta va jurnallar
2.3. Ta'lim va tarbiya jarayonida axborotning o'rni va ahamiyati
2.4. Yangi O‘zbekistonda fuqarolarni faollashtirishda ommaviy axborot 
vositalari va axborotning ahamiyati
Tayanch so‘z va tushunchalar: globallashuv, mediamahsulot, media makon, 
mobil aloqa, uyali jurnalistika, ommaviy axborot vositalari, ommaviy axborot 
vositalari, matn, tipologiya, fotografiya, raqamli texnologiyalar ta’lim, tarbiya, 
ta’lim, mantiqiy fikrlash, to‘liqlik, mantiqiy bo‘lmagan fikrlash, erkinlik .
Maqsad: talabalarga bosma ommaviy axborot vositalarining muammolari
jamiyatdagi mediasavodxonlik va axborot madaniyati asoslari, axborotning 
ta'lim va ta'lim jarayoniga ta'siri haqida tushuncha berish.
2.1. “Axborot jamiyati” tushunchasining mazmuni va mohiyati.  
«Axborot» tushunchasining mazmun-mohiyati, genezisi va ilmiy 
talqiniga to‘xtalib o‘tilgan, unga ko‘ra, «axborot»1(arabcha
رابخلأ
– 
xabar,ma’lumot), zamonaviy fan va texnikaning, falsafa va sotsiologiyaning 
asosiy tushunchalaridan biri hisoblanib, bir sub’ektdan ikkinchisiga turli shakl 
(og‘zaki, yozma, elektron va boshqa)larda uzatiladigan ma’lumotni anglatadi. 
(1)
Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni jismoniy 
o‘zgaruvchi miqdor sifatida qabul qilishni birinchi bo‘lib taklif etgan edi. 
Uningcha, jonli tabiat, jamiyat va mashinalardagi barcha boshqaruv va aloqa 
jarayonlari axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari sifatida 
qaraladi. Ammo bu jarayonda aloqaning mazmuni axborot qay shaklda (yozma, 
og‘zaki, turli tillarda, imo-ishora, shartli signal va hokazolar bilan) berilganiga 
bog‘liq bo‘lmaydi
2
.
XXI asr –axborot asri, deya e’tirof etildi. Bunga asosiy sabab–ushbu asrga 
kelib, misli ko‘rilmagan ulkan hajmdagi axborotni katta tezlikda uzatish 
texnologiyalari paydo bo‘ldi. Boshqacha aytganda, axborot texnologiyalari 
sohasida chinakam inqilob sodir bo‘ldi. 1986 yilda Internetning dunyoda 
barqaror o‘ringa ega bo‘lishi
3
axborot va axborotlashtirish borasidagi, 
qolaversa, butun insoniyat hayotida olamshumul voqeaga aylandi.

Download 365.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling