edi. XX asrning 60-yillaridagi ko‘p tadqiqotlar axborotni qidirish muammolari
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ayni shu davrda axborotni qidirish tizimi va usullari
yaratildi
4
. Kibernetikaning rivojlanishi va
axborot nazariyasi fanining
maydonga kelishi bu sohaning keng miqyosda taraqqiy etishiga olib keldi.
«Axborot» tushunchasi uzoq tarixi va ko‘p qirrali ma’nosiga ega. Ijtimoiy
hayotda axborot – insonlar, faktlar, hodisalar va boshqa jarayonlar haqidagi
ma’lumotni anglatadi. «Axborot» tushunchasiga oid tahlillardan kelib chiqib,
axborot jamiyat uchun faqat muloqot predmeti emas,
balki insonlar orasida
muloqotda axborot almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan omil, deya xulosa qilish
mumkin.
«Axborot
almashinuvi»
tushunchasi,
uning
«muloqot»
va
«kommunikatsiya» kabi kategoriyalar bilan aloqadorligining tahlilga ko‘ra
axborot bu – xabar, ma’lumot. Ammo jamiyatda axborot almashinuvining
butun mexanizmini ijtimoiy-falsafiy nuqtai
nazaridan tushunish uchun
«axborot»ning bunday talqini yetarli emas. Shu bois,
axborotning barcha
umumiy xususiyatari, axborot almashinuvi jarayonining
hodisa sifatidagi
mohiyatini tadqiq etish maqsadida har qanday jarayon uchun tipik bo‘lgan
jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» gi
O‘zbekiston Respublikasining qonuning 3-moddasida axborot bu –
manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar,
Do'stlaringiz bilan baham: