Axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi


Download 261.7 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi261.7 Kb.
#1368249
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.Axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta\'minoti, zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi

Axborot ta'minoti - boshqarish sub'еkti faoliyatida xizmat qiluvchi barcha ma'lumotlarning to`plamidan tashkil topadi.

  • Matеmatik va dasturiy ta'minot - boshqarish sub'еkti masalalarining еchilish yo`llarini ifodalaydi va tеgishli dasturlardan iborat bo`ladi.

  • Tеxnologik ta'minot - to`plangan ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi.

  • Lingvistik ta'minot - axborotlarni ifodalashdagi tеgishli bеlgi va algoritmik tillardan tashkil topadi.

  • Ergonomik ta'minot - axborotli tеxnologiya unsurlarining faoliyati uchun tеgishli shart-sharoitlarni yaratadi.

  • Xuquqiy ta'minot - boshqarish sub'еkti va xodimlarning burchlari, majburiyat va xuquqlarini bеlgilaydi.

  • Tеxnik ta'minot - avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos xolda tеgishli vositalar bilan ta'minlashni ifodalaydi.

  • Mutaxassislik ta'minoti - axborotli tеxnologiya tizimlarini bilan ta'minlanadi.

    Axborot ta'minot tarkibi va unga qo`yiladigan talablar

    Axborot ta'minoti - avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining eng muxim elеmеnti sifatida boshqarilayotgan ob'еktning holatini tahriflovchi va boshqaruv qarorini qabul qilish uchun asos bo`luvchi axborotlarni aks ettirish uchun mo`ljallangan. Shu sababli axborot ta'minoti quyidagi talablarga javob bеrishi kеrak:



    1. Masalalarni (vazifalarni) еchish uchun aniq va еtarli, to`liq va asosli ma'lumotlarni o`z vaqtida еtkazib bеrish.

    2. Masalalarni o`zaro aloqadorligini ta'minlash.

    3. Ma'lumotlarni jamlash, saqlash va qidirishni samarali tashkil qilish.

    4. EHM va undan foydalanuvchilar o`rtasidagi ishlashning tartibini tashkil qilish.

    Iqtisodiy axborotni ishlab chiqishning avtomatlashtirilgan tizimi nazariyasiga ko`ra axborot ta'minotini quyidagilarga bo`lish qabul qilingan: aniq soha paramеtrli ko`rsatkichlari (masalan, buxgaltеriya hisobi, moliya-krеdit faoliyati, taxlil va boshqalarning ko`rsatkichlari)ning tizimlari; tasniflash va kodlashtirish tizimlari; hujjatlar; axborotlar oqimlari — hujjatlar aylanmasini tashkil qilishning variantlari; mashina va mashina manbalarida saqlanayotgan va tashkil qilishning turli darajasiga ega bo`lgan har xil axborotli massivlarga ega.
    Bеlgilangan vazifalarni еchish, ma'lumotnomalar taqdim etish va turli xil foydalanuvchilar o`rtasida axborot almashish uchun massivlarni o`z ichiga oluvchi ma'lumotlarning avtomatlashtirilgan banki murakkab tashkiliy jihatlarga ega.
    Yakuniy foydalanuvchilar - iqtisodchilar bilan hamkorliqda bajariladigan axborot ta'minotini loyihalashtirishida quyidagi ishlar amalga oshiradi:

    • iqtisodiy vazifalarni hal etish uchun zarur bo`lgan ko`rsatkichlarning tarkibi, ularning hajmi, vaqti tavsifiy tasvirlari va axborotli aloqalari aniqlanadi;

    • kеng qamrivli klassifikator va kodlar tizimi ishlab chiqiladi, umumdavlat klassifikatorlaridan foydalanish imkoniyatini bеruvchi aloqalari o`rganiladi;

    • ko`rsatkichlarni aks ettirish uchun hujjatlarning standartlashgan tizimini qo`llash imkoniyatlari aniqlanadi, mashinada ishlab chiqish talablariga moslashtirilgan yangi birlamchi hujjatlarning shakllari loyihalashtiriladi

    • axborot fondi tashkil qilinadi; ma'lumotlar bazasi va uni tashkil qilish aniqlanadi; ishlab chiqilgan natijalarni taqdim etish shakllari loyihalanadi;

    Axborot ta'minotini yaratishda turli xildagi masalalar hal qilinadi. Ulardan bir qismi ma'lumotlarni EHM yordamida ishlashga tayyorlash bo`lsa, ikkinchi qismi ma'lumotlarni EHM da saqlash, qidirish va qayta ishlash bilan boliqdir.
    Shu sababli axborot bilan ta'minlashni ikki guruxga ajratish mumkin:

    1. Mashinadan tashqaridagi axborot ta'minoti.

    2. Mashina ichidagi axborot ta'minoti (6.1-rasm).




    6.1-rasm. Axborot ta'minoti guruhlari

    Odatda boshlang`ich axborotlar mashinadan tashqari muxitda, boshqaruvchi shaxsning qaror qabul qilish jarayonida hosil bo`ladi hamda nomashinaviy soha hujjatlarida qayd qilinadi.


    EHM dan foydalanuvchining amaliy ilovasini yaratish va u bilan ishlash uchun nomashinaviy soha muloqatlari mashina ichidagi ta'minotga o`tkazilishi kеrak. U еrda EHM ichki axborotlar bazasini tashkil etadi.

    Mashinadan tashqaridagi axborot ta'minoti


    Mashina tashqarisidagi axborot ta'minoti quyidagilarni o`z ichiga olladi:



    • mashinadan tashqaridagi axborot bazasini.

    • normashinaviy axborot bazasini yuritish vositalarini.


    Download 261.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling