Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Axborot xavfsizligi sohasidagi
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi
Axborot xavfsizligi sohasidagi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari: “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 1993; “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 1997; “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 1999; “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2000; “Axborot erkinligini prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2002; “Elektron tijorat to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; “Elektron rakamli imzo to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; 16 “Axborotlashtirish to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2005; “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik” T: “O‘zbekiston” 2007; “Elektron hukumat” T: “O‘zbekiston” 2013. “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 oktyabrdagi 838-sonli qarori. Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma’muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralar qo‘llaniladi. Ma’lumotlar butunligi - axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma’lumotlarni mualliflik xuquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish. Axborotning konfidentsialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi. Foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari. Ta’kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya institutlari, axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzilmalar) ularda ko‘riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko‘ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishini talab etadi. Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni. XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat 17 sifatida ko‘rish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining etakchi o‘rin egallashini belgilaydi: milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi; inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish - bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir; axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin; milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega. Yuqoridagi fikrlarning tasdig‘i sifatida yurtimizda hukumat tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek, hozirda alohida axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan markaz ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-1989-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 250-sonli qarorlariga muvofiq tashkil qilingan. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi kompyuter hodisalari bo‘yicha axborotni yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va konsultativ yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanadi. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va 18 sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, Internet milliy foydalanuvchilarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ogohlantirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 838- sonli qaroriga asosan, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan: axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish; davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish; davlat axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida 19 axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish; Jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash tizimini to‘laqonli tashkil etish maqsadida “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda “Elektron hukumat” tizimlariga integratsiya qilinishi sharti bilan yaratish; “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va keyinchalik uni butun respublika hududi bo‘yicha joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish; jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida faoliyatning samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi texnologiyalardan foydalangan holda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda qoidalarni ishlab chiqish; belgilangan vazifalarga muvofiq axborot xavfsizligi va jamoat huquq- tartibotini profilaktika qilish va ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling