Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: Matyaqubov A.S.
Mas’ul muharrir: Mo‘minov B.B. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti Axborot-kommunikatsion texnologiyalar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. Taqrizchilar: Matyaqubov A.S. O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti “Amaliy matematika va kompyuter tahlili” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi. Sanginov M.B. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti “Tabiiy fanlar” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari nomzodi. © Karimov N.M. © O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2019. 3 KIRISH Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurashish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan elektron va bosma nashrlar erkin tarqatiladi (misol uchun «Xaker» va «Спец хакер» jurnallarini keltirish mumkin). Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosidan bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: nazariy bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak; mahalliy sharoitlarda ish yuritishning amaliy ko‘nikmalarini egallashga yo‘naltirish kerak; asosiy e’tibor xavfsizlikni ta’minlash masalalariga qaratilishi kerak. Axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, to‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati va milliy dasturiy-apparat mahsulotlarini yaratish orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin. Axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlar almashinuvini samarali amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb 4 etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi, jamiyat faoliyatining keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa bank va boshqa to‘lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot almashinuvi talab etiladigan tizimlarda axborot muhofazasi masalalari dolzarb hisoblanadi. Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot- kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog‘liq. Axborot muhofazasini ta’minlash: huquqiy-me’yoriy hujjatlar, texnik vositalar va kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat- dasturiy va apparat-texnik vositalarning birgalikda qo‘llash bilan samarali amalga oshiriladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari, tinglovchilar va kursantlarga axborot xavfsizligining nazariy, amaliy va uslubiy asoslari tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqishda, kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo‘llashda, axborotni himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqarilgan turli xil dasturiy mahsulotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha kerakli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma olti bobdan iborat bo‘lib, unda asosan axborot xavfsizligi asoslari, axborot xavfsizligi siyosati, axborotlarni texnik himoyalash, axborot xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari, axborotlarni kriptografik himoyalash usullari va tarmoq texnologiyalarida axborot xavfsizligini ta’minlash jarayonlari batafsil yoritilgan. O‘quv qo‘llanmaning har bir bo‘limi yakunida berilgan bilimlarni mustahkamlash uchun mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar keltirilgan. Mualliflar Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling