Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
B guruh. Mandat himoya. Bu guruhning asosiy talablariga har bir tizimga
kirish huquqlarini xavfsizlik belgilari yordamida amalga oshirish va nazorat monitori tomonidan har bir foydalanuvchining har bir amali doimiy nazoratda bo‘lishi kiradi. B1 sinf. Xavfsizlik belgilari yordamida himoya. B1 sinfidagi himoya vositalari C2 sinf talablariga to‘liq javob berishi va bundan tashqari ma’lumotlarni markirovka qilish, tizimga kirish boshqaruvning normativ hujjatlari asosida ta’minlanishi, tizimdan chiqayotgan har bir ma’lumot markirovka qilinishi va ulardagi topilgan kamchiliklar maxsus test sinovlari natijasida bartaraf etilishi kerak. B2 sinf. Strukturalashtirilgan himoya. Bu sinf talablariga javob berish uchun B1 sinf talablariga javob bergan xavfsizlik modeli aniq rasmiy hujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Tizim arxitekturasi, interfeyslari ma’lum bir vaqtda sinov o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak. B1 sinfiga nisbatan autentifikatsiya vositalarining xavfsizlik darajasi xavfsizlik administratori tomonidan boshqarila olishi kerak. Butun tizim konfiguratsiyasi boshqaruv imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. B3 sinf. Domenlar himoyasi. Bu sinf talablariga javob berish uchun aylanib o‘tish yo‘llari mavjud bo‘lmagan tizimga kirishni to‘liq nazorat qila oladigan doimiy nazorat tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim ichida B3 sinfiga javob bera olmaydigan birorta tashkil etuvchi bo‘lishi kerakmas. Tizim himoyasini qulay, samarali nazorat qilish dasturi va analiz qilish dasturlari bo‘lishi kerak. Tizim tashkil etuvchilarining murakkabligi minimallashtirilgan bo‘lishi kerak. Tizim auditi xavfsizlik administratoriga, tizimdagi nosozliklar, xatolar va uning 44 xavfsizlik himoyasiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlar to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot berishi kerak. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling