Axborot kommunikatsion texnologiyalar
-rasm. Injener-texnik himoya vositalarining sinflari
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
3.3-rasm. Injener-texnik himoya vositalarining sinflari.
Axborot xavfsizligining fizikaviy vositalari asosan quyidagi turlarga bo‘ladi: Qo‘riqlash tizimlari, fizik izolyatsiya vositalari. (Hududni va ichki xonalarni qo‘riqlash, asbob-uskunalarni, ma’lumot saqlovchilarni qo‘riqlash). 61 Nazorat va ruxsat tizimlari vositalari. (Nazorat zonalariga nazoratli o‘tishni joriy qilish). Berkituvchi qurilmalar va omborlar. (Nurlanishlarning ta’sirini yo‘qotish, vizual kuzatuvlarga to‘sqinlik qilish, buzg‘unchi shaxslarning harakatini blokirovka qilish). Yong‘inga qarshi himoya. Qo‘riqlash tizimlarining effektiv ishlashi binoga o‘rnatilgan datchiklarning ishlashi bilan bog‘liqdir. Datchiklar magnitli, simobli, metal falgali, ultratovushli, akustik, induktiv va vibratsion turda bo‘lishi mumkin. Qo‘riqlash tizimlari qo‘llanilishiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: Obyekt perimetrlari. Ombor, maxsus xonalarga kirish yo‘llari. Seyflar, qurilmalar va qurilmalarning asosiy va yordamchi vositalari. Avtotransport. Xodimlar va shu jumladan qo‘riqlash tizimi hodimlari. Nazorat va ruxsat tizimi, turniketdan kirib-chiqayotgan xodimlarni quyidagi xususiyatari orqali identifikatsiya qilish vositalariga ega bo‘lishi lozim: Barmoq izi orqali tanish tizimi. Ovoz orqali tanish tizimi. Yozuvi orqali tanish tizimi. Ko‘z parametlari orqali tanish tizimi. Qo‘l geometriyasi orqali tanish tizimlari. Komplekslar quyidagi turlarda bo‘ladi: territoriyaga kirishni maxsus individual kodlar bilan belgilangan ID karta yoki propusklar. Ruxsat etilmagan kirishlarni blokirovka qilish. Ish rejimini buzuvchilar uchun blokirovkani amalga oshirish. O‘tish zonalarini bitta buyruq bilan ochib yuborish. 62 Kirish ruxsatnomalaridagi kodlarni tekshirish va kodlar to‘g‘ri kelmagan holda ruxsatnoma egasini qo‘lga olish. Ishchilarni ish vaqtini ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlar bazasida saqlash. Qabul qilingan ma’lumotlarga ishlov berish va ular yordamida hujjatlar hosil qilish (ish vaqti tabeli, tartib buzarliklar ro‘yxati, ...). Ma’lumotlar bazasini operativ to‘g‘irlash imkoniyatlari. Fizikaviy vositalar tartib buzilish, xavfsizlik tizimlarining oldini oluvchi birinchi to‘sik bo‘lib, xavfsizlik tartib-qoidalarini o‘rnatishning birinchi bosqichidir. Axborot xavfsizligining apparat vositalari eng ko‘p foydalaniladigan vosita turlaridan biri bo‘lib, ularning asosiy kamchiliklari modernizatsiya qilishga yangi turdagi himoya vositalarini tadbiq qilishga noqulayliklardan iborat bo‘ladi. Apparat himoya vositalaridan quyidagi himoya vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi: Tashkilotlarda foydalanilayotgan qurilmalarning turli xil ma’lumot uzatish kanallari mavjud yoki mavjud emasligini nazorat qiluvchi va aniqlovchi qurilmalar. Axborotni yo‘qotishga mo‘ljallangan kanallarni lokalizatsiya qilish. Sanoat shpionaji qurilmalarini aniqlash (juchok, elektron ruchka...). Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan holda uzatish harakatlarini oldini olish. Apparat vositaga misol qilib, Delta kompleksini keltirish mumkin. U asosan radio juchok, radio-mikrofonlar, telefon uzatkichlarni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, u ushbu qurilmalar turgan joyni aniqlab beradi. Dasturiy vositalar yuqori himoya vositalariga ega bo‘lib, qo‘llanilishi jihatdan apparat vositalariga nisbatan moslashuvchan va yangi turdagi xavf turlarini bartaraf qilishga imkoniyatlari yuqori. Dasturiy himoya vositalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Axborotni ruxsat etilmagan foydalanishdan himoyalash. 63 Axborotni nusxa ko‘chirishdan himoyalash. Nusxa ko‘chirishlardan ta’qiqlovchi himoyalash vositalari. Dasturiy ta’minotni va axborotni viruslardan himoyalash vositalari. Aloqa kanallarini dasturiy himoyalash vositalari. Dasturiy himoya vositalari quyidagi maxsus dasturlar turlariga bo‘linadi: Fayllar, texnik vositalarni identifikatsiya qilish va foydalanuvchini autentifikatsiya qilish vositalari. Foydalanuvchi va texnik vositalarni ish faoliyatini nazorat qilish va ro‘yhatdan o‘tkazish. Cheklangan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan ma’lumotlardan foydalanish rejimlarini nazorat qilish Kompyuter operatsion tizimini va foydalanuvchining amaliy dasturiy ta’minotini himoyalash. Foydalangandan keyin vositalarni himoyalash va hosil bo‘lgan ma’lumotni o‘chirib tashlash. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling