Axborot kommunikatsion texnologiyalar


WinRar arxivlash dasturi. WinRar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/82
Sana09.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1759002
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

WinRar arxivlash dasturi. WinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi 
arxiv fayllari hosil qiladi. 
RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo‘lib, ular 
birinchidan zichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko‘p tomli va 
uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni 
ham arxivlash imkonini beradi. 
Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo‘laklarga bo‘linishiga aytiladi. 
Odatda tomlar katta hajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun 
qo‘llaniladi. Bu holda birinchi tom odatdagidek .rar kengaytmali bo‘ladi, 
qolganlari esa mos ravishda .r00, .r01, .r02 va hokazo. Tomlar ham uzuluksiz va 
ham o‘zini-o‘zi ochadigan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Yaratilgan tomlarni 


70 
o‘zgartirish, ya’ni unga biror faylni qo‘shish, yangilash yoki undan biror faylni 
o‘chirish mumkin emas.
4.1-rasm. WinRar da arxivlash jarayoni 
Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida
maxsus usulda bitta ma’lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga 
aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Ammo 
bunday arxivlashning kamchiliklari ham bor, masalan: 
- ularni yangilash, ya’ni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish
oddiy arxivlashdan ko‘ra sekinroq amalga oshiriladi; 
- biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib 
chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo‘lsa, u holda arxivdan umuman 
chiqarib bo‘lmaydi; 
Bunday arxivlash usulidan quyidagi hollarda foydalangan maqsadga muvofiq: 
- arxivni kamdan-kam yangilansa; 
- arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati 
bo‘lmasa; 
- zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo‘lsa. 
Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda ham, kompyuterda WinRar 
arxivatori bo‘lmasa ham o‘zini-o‘zi ocha oladigan SFX ko‘rinishidagi .exe 
kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu holda barcha fayllar arxivdan 
chiqadi. 


71 
Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parol bilan himoyalab qo‘yish, fizik 
buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko‘pgina amallarni bajarish imkonini 
yaratib beradi. Bugungi kunda o‘nlab arxivator - dasturlari mavjud bo‘lib, ular 
asosan imkoniyatlari, funksiyalari hamda ish rejimlari bilan bir - biridan farq 
qiladi. 
 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling