- Reja:
- Arxivlashtirish haqida ma’lumot.
- RAR va ZIP arxivator dasturlari.
- Kompyuterni viruslardan himoyalash.
Arxiv tushunchasi - Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma’lumki, kompyuterlarda o’zaro ma’lumotlar almashinuvini qulaylashtirish maqsadida turli xil hajmdagi disketalardan foydalaniladi. Lekin, ba’zan shu disketlar ham kattaroq hajmdagi ma’lumotlarni o’zida sig’dirolmay, ma’lumot almashinuvi jarayoniga etarli muammolar tug’dirishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, kompyuterni ishlatish jarayonida magnit diskka ko’p marta murojaat bo’lishi natijasida diskdagi axborotlar ishdan chiqishi mumkin. Shular va shu kabi boshqa muammolarni bartaraf qilish maqsadida kompyuter texnologiyasiga a r x i v l a s h degan yangi usul kiritildi.
- Fayllarni arxivlash – fayllarni ma’lum qoida asosida zichlangan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir.
- Umuman arxivlash – bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam ishlatiladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo’llaniladi.
Arxiv tushunchasi - Arxivlash dasturlari turlicha ko’rinishda bo’lib, ishlash tamoyillari bir xil. Fayllarda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa biror ma’lumotni yozish, hamda ularning ketme – ketligini aniq ko’rsatishdan iboratdir. Masalan, matn yozilgan fayllar 4 martagacha kamaysa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 2 marta-gacha kamayadi. Ba’zi holarda arxivlash natijasida boshlang’ich fayl 10 – 20 barovar hajmi kamayishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga qaraganda matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi kunda ko’plab arxivlash dasturlari yaratilgan. Ular bir – biridan hajmini kichraytirish darajasi, tezligi, foydalanishga qulayligi, imkoniyat darajasi jihatidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |