- Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Zichlangan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi.
- Arxivlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuiga arxivator dasturlari deyiladi.
- Arxivator dasturlar - bu kompyutеrdagi ma'lumotlar hajmini o’zgartirib maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar.
- Fayllarni bir necha xil usul bilan zichlash mumkin. Boblarga bo’lib arxivlash, qism jildlar bilan birgalikda arxivlash, yuqori zichlikda arxivlash, o’zi ochiladigan qilib arxivlash, parol qo’yib arxivlash va hokazolar shular jumlasidandir.
Arxivator dasturlari - Eng taniqli arxivator dasturlar bu - RAR va ZIP.
- Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat bo’ladi. Uning kengaytmasi esa asosan 3 harfdan iborat bo’lib, u qaysi dasturda yaratilganligini ko’rsadi.
- Masalan: kitob.zip yoki dastur.rar
- Windows uchun yaratilgan arxivator dasturlardan biri bu -WINRAR bo’lib, dastur yordamida RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yarata olamiz.
- WINRAR-dasturini ishga tushirish tartibi.
- 1) dasturni kompyuterga o’rnatamiz.
- 2) Пуск Программы WINRAR WINRAR.exe
Virus tushunchasi: - Kompyuter virusi iborasi 1984-yilda paydo bo`lgan. Ilk kompyuter virusi Amerikalik Fred Koen tomonidan yozilgan dastur bo`lib, uning asosiy vazifasi kompyuter dasturlarini noqonuniy ko`chirib olishga qarshi qaratilgan edi.
- Fred Koenning bu ishi kompyuterlar xavfsizligini ta’minlash bo`yicha anjumanda e’lon qilingandan so`ng, "XX asr kompyuter vabosi", ya’ni kompyuter viruslari ko`payib, G`arbiy Yevropa va AQSH bo`ylab tarqaldi. Ular juda ko`plab firmalar, davlat tashkilotlari, ilmiy laboratoriyalar kompyuter tizimlarini ishdan chiqardi yoki ularga jiddiy zarar yetkazdi.
- Kompyuter viruslari asosan to`rt qismdan iborat:
- birinchi qismi -virusning kompyuter xotirasiga kirishini ta’minlaydi,
- ikkinchi qismi- virusni qattiq yoki egiluvchan diskka nushalashga xizmat qiladi. Bunda virus fayllarga qo`shilib olishi yoki diskning ishga tushirish sektoriga joylashib olishi mumkin.
- uchinchi qismi-virus o`z faoliyatini qanday sharoitlarda boshlashi zarurligi ko`rsatiladi.
- to`rtinchi qismda- uning algoritmi bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |