Axborot kommunikatsion texnologiyalar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/82
Sana09.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1759002
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

 
 


86 
V BOB. AXBOROTLARNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASH USULLARI 
5.1§ Kriptografiyaning paydo bo‘lishi va asosiy tushunchalar 
Kriptografiya tarixi bir necha ming yillikka borib taqaladi. Yozuvni 
yashirishga extiyoj odamzod yozishni o‘rgangandan keyingina paydo bo‘lgan. Bu 
extiyoj harbiy va diplomatik ma’lumotlarni yashirincha uzatish zaruratidan kelib 
chiqqan. 
«Kriptografiya» atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish, yozuvni 
berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Atamaning ma’nosi kriptografiya kerakli 
ma’lumotni yashirin saqlash va himoyalash maqsadida qo‘llanishini anglatadi. 
Kriptotizimning eng mashhur tarixiy shifriga misol qilib, Eramizning 56-yili 
Yuliy Sezar dushmanlari bilan urush vaqtida shirflashning almashtirish turini 
qo‘llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‘yicha (Sezarda uchta pozitsiyaga) 
siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda ochiq matndagi alfavitlar, ya’ni 
yuqori qismda joylashgan harflar quyi qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan. 
Bu turdagi shifrlash Yuliy Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday 
shifrlash usuli uning nomi bilan yuritiladi. Masalan, “A” “D” ga almashtirilgan, 
“B” esa “E” ga va haqazo. 
Ikkinchi jahon urushi davrida partizanlar harakatidagi deyarli har bir otryadda 
dushmanga qarshi ishlatish uchun radiostantsiya bo‘lgan. Partizanlardagi mavjud 
shifrlar bardoshsiz edi, shuning uchun nemis deshifratorlari ularni darrov 
deshifrlashgan. Bu esa harbiy hujumlarda yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan. Biroq 
partizanlar ham bu borada ayyor va kashfiyotchi bo‘lishgan. Ularning usullari 
judayam oson bo‘lgan, ya’ni ular ochiq matnni bir nechta grammatik xatolar bilan 
masalan, «Proshsli tro‘ eshshelona z tnkami» shifrlab uzatishgan. Natijada uni 
deshifrlaganda 
oddiy 
rus 
odami 
tushunadigan 
bo‘lgan. 
Biroq 
nemis 
kriptoanalitiklari bunday usul oldida ojiz qolishgan, ular rus tilida uchrashi 
mumkin bo‘lmagan «tnk» va shu kabi so‘zlarga duch kelib, bu xato deshifrlangan 
deb o‘ylashgan. Bu sodda yani xonaki usul bo‘lib ko‘rinsada, haqiqatan ham 


87 
judayam samarali bo‘lib, hozirgi kunda ham ishlatiladi. Umuman aytganda 
urushdan oldingi kriptografiya judayam zaif va fanda jiddiy faxriy nomga ega 
bo‘lmagan. 
Biroq shavqatsiz harbiy extiyoj, olimlarni kriptografiya va kriptoanaliz 
muammolari bilan jiddiy shug‘ullanishga majbur qilgan. Dastlabki erishilgan 
muvaffaqiyatlardan birinchisi bo‘lib «Enigma» etarli katta bardoshli mexanik 
shifrator va deshifrator vazifasini bajaruvchi nemis yozuv mashinasi hisoblanadi. 
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz. 
Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar 
qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling