Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan
himoya tizimini ochishdan iborat. Kriptografiya – axborotni noqonuniy foydalanuvchilardan himoya qilish uchun uni o‘zgartirish usullari (shifrlash) haqidagi fandir. Kriptotahlil (kriptoanaliz) – shifrlarni ochish usullari va metodlari (va ularni amalda qo‘llash) haqidagi fandir (shifrlarga hujum). Kriptografiya axborotni himoyalash vositasi, shuning uchun u axborot xavfsizligini ta’minlashning bir tarmog‘i hisoblanadi. Kriptologiyaning rivojlanishini uchta bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich – kriptologiyani fan sifatidan e’tirof etilmagan davri, tor doiradagi qiziquvchilarga xos faoliyat turi bo‘lgan. Ikkinchi bosqich – 1949 yildan boshlanib, K.Shenonning «Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi» nomli risolaning chop etilishi bilan bog‘lanadi. Bu risolada shifrlashning fundamental ilmiy tadqiqoti va uning mustahkamligi yoritib berilgan. Bu kitobning chop etilishi kriptologiya amaliy matematikaning tarkibiy qismi sifatida shakllanishiga asos bo‘lgan. Uchinchi bosqich – 1976 yilda U.Diffi va M.Xellman tomonidan «Kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari» nomli asarning chop etilishi bilan belgilanadi. Unda maxfiy aloqa, yopiq kalitni avvaldan bermasdan ham, amalga oshirish mumkinligi bayon etilgan. Ushbu sanadan boshlab to hozirgi kungacha an’anaviy klassik kriptografiya bilan bir qatorda ochiq kalitli kriptografiyaning intensiv rivojlanishi davom etmoqda. 89 Kriptografik tizimning maqsadi boshlang‘ich tushunarli matnni shifrlash natijasida, butunlay tushunarsiz ko‘rinishga yani shifrlangan matnga (shifrmatn, kriptogramma, shifrogramma) o‘tkazishdir. Oluvchi, ya’ni kimga mo‘ljallangan bo‘lsa usha shifrmatnni deshifrlashi va unga mos dastlabki matnni tiklay olishi kerak. Bunda dushman (kriptoanalitik deb ham ataladi) boshlang‘ich matnni ocha olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi kerak. Shifrmatnni ochish va deshifrlash (дешифрование) o‘rtasida ancha katta farq bor. Kriptotizimni ochish kriptoanaliklar mehnati mahsuli bo‘lib, u berilgan kriptotizim yordamida shifrlangan matnni ochiq matnga aylantirish imkoniyatiga egadir. Kriptotizimni ocha olmaslik darajasi ya’ni kalitni bilmasdan uni ocha olish turg‘unligi uning barkarorligi (turg‘unligi) deb ataladi. Kriptografiya nuqtai – nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi. Kalit – kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling