Axborot kommunikatsion texnologiyalar


Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/82
Sana09.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1759002
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari – bu hisoblash texnikasini 
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar 
qonun darajasida bo‘lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro‘siga ziyon 
etkazishi mumkin. 
Qonuniy himoyalash vositalari – bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan 
huquqiy xujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash 
va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini 
aniqlab beradi. 
Mutaxassislarning fikricha ushbu jinoyatlarni 75% i bevosita korxonada 
ishlaydigan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Sodir etiladigan jinoyatlarning tahlili quyidagi xulosalarni beradi: 
• ko‘pgina hisoblash tarmoqlarida foydalanuvchi istalgan ishchi o‘rindan 
tarmoqqa ulanib faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Natijada jinoyatchi bajargan ishlarni 
qaysi kompyuterdan amalga oshirilganini aniqlash qiyin bo‘ladi. 
• o‘g‘irlash natijasida hech nima yo‘qolmaydi, shu bois ko‘pincha jinoiy ish 
yuritilmaydi; 
• ma’lumotlarga nisbatan mulkchilik xususiyati yo‘qligi; 
• ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolik o‘z vaqtida 
kuzatilmaydi va tuzatilmaydi, natijada kelgusida sodir bo‘ladigan xatolarning 
oldini olib bo‘lmaydi; 


119 
• sodir etiladigan kompyuter jinoyatlari o‘z vaqtida e’lon qilinmaydi, buning 
sababi hisoblash tarmoqlarida kamchiliklar mavjudligini boshqa hodimlardan 
yashirish hisoblanadi. 
Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilishda va kompyuter jinoyatlarini 
kamaytirishda quyidagi chora-tadbirlarni o‘tkazish kerak bo‘ladi: 
• personal mas’uliyatini oshirish; 
• ishga qabul qilinadigan xodimlarni tekshiruvdan o‘tkazish; 
 muhim vazifani bajaruvchi xodimlarni almashtirib turish; 
• parol va foydalanuvchilarni qayd qilishni yaxshi yo‘lga qo‘yish; 
• ma’lumotlarga egalik qilishni cheklash; 
• ma’lumotlarni shifrlash. 
Hozirgi globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
rivojlanishi oqibatida axborotni himoyalashning ko‘plab dasturiy, dasturiy-texnik 
va texnik vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning aksaryati haqida keyingi 
paragraflarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling