Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonuniy himoyalash vositalari
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari – bu hisoblash texnikasini
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo‘lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro‘siga ziyon etkazishi mumkin. Qonuniy himoyalash vositalari – bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy xujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi. Mutaxassislarning fikricha ushbu jinoyatlarni 75% i bevosita korxonada ishlaydigan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Sodir etiladigan jinoyatlarning tahlili quyidagi xulosalarni beradi: • ko‘pgina hisoblash tarmoqlarida foydalanuvchi istalgan ishchi o‘rindan tarmoqqa ulanib faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Natijada jinoyatchi bajargan ishlarni qaysi kompyuterdan amalga oshirilganini aniqlash qiyin bo‘ladi. • o‘g‘irlash natijasida hech nima yo‘qolmaydi, shu bois ko‘pincha jinoiy ish yuritilmaydi; • ma’lumotlarga nisbatan mulkchilik xususiyati yo‘qligi; • ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolik o‘z vaqtida kuzatilmaydi va tuzatilmaydi, natijada kelgusida sodir bo‘ladigan xatolarning oldini olib bo‘lmaydi; 119 • sodir etiladigan kompyuter jinoyatlari o‘z vaqtida e’lon qilinmaydi, buning sababi hisoblash tarmoqlarida kamchiliklar mavjudligini boshqa hodimlardan yashirish hisoblanadi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilishda va kompyuter jinoyatlarini kamaytirishda quyidagi chora-tadbirlarni o‘tkazish kerak bo‘ladi: • personal mas’uliyatini oshirish; • ishga qabul qilinadigan xodimlarni tekshiruvdan o‘tkazish; • muhim vazifani bajaruvchi xodimlarni almashtirib turish; • parol va foydalanuvchilarni qayd qilishni yaxshi yo‘lga qo‘yish; • ma’lumotlarga egalik qilishni cheklash; • ma’lumotlarni shifrlash. Hozirgi globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi oqibatida axborotni himoyalashning ko‘plab dasturiy, dasturiy-texnik va texnik vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning aksaryati haqida keyingi paragraflarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling