Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Tarmoqning zaifligini aniqlash
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Tarmoqning zaifligini aniqlash – tarmoq zaxiralariga sun’iy hujumlarni
tashkil qilish bilan mavjud zaifliklarni aniqlashda qo‘llaniladi. Misol sifatida quyidagi dasturiy vositalarni keltirish mumkin: • Dallas Lock for Administrator – dasturiy-texnik vosita bo‘lib, axborotni saqlash va qayta ishlash jarayonida ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimi. Avtomatlashtirilgan tizimlarda axborot xavfsizligi vositalarining dasturiy kompleksi. • Security Administrator Tool for ANALYZING Networks (SATAN) – dasturiy ta’minot bo‘lib, bevosita tarmoqning zaif tomonlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bir necha dasturlar ishlab chiqilgan, masalan: Internet Security Scanner, Net Scanner, Internet Scanner va boshqalar. • NBS tizimi — dasturiy-texnik vosita bo‘lib, aloqa kanallaridagi ma’lumotlarni himoyalashda qo‘llaniladi; 121 • Free Space Communication System— tarmoqda ma’lumotlarning har xil nurlar orqali, masalan lazerli nurlar orqali almashuvini ta’minlaydi; • SDS tizimi — ushbu dasturiy tizim ma’lumotlarini nazorat qiladi va qaydnomada aks ettiradi. Asosiy vazifasi ma’lumotlarni uzatish vositalariga ruxsatsiz kirishni nazorat qilishdir; • Timekey — dasturiy-texnik uskunadir, bevosita kompyuterning parallel portiga o‘rnatiladi va dasturlarni belgilangan vaqtda keng qo‘llalilishini taqiqlaydi; • IDX — dasturiy-texnik vosita, foydalanuvchining barmok, izlarini «o‘qib olish» va uni tahlil qiluvchi texnikalardan iborat bo‘lib, yuqori sifatli axborot havfsizligini ta’minlaydi. Barmok izlarini o‘qib olish va xotirada saqlash uchun 1 minutgacha, uni taqqoslash uchun esa 6 sekundgacha vaqt talab qilinadi; • Data Loss Prevention ( DLP ) — Ma’lumot chiqib ketishini oldini olish tizimi– bu kompyuter tizimidan tashqariga maxfiy axborotning chiqib ketishini oldini olish uchun texnologiya, shuningdek, bunday chiqib ketishlarni oldini olish uchun texnik qurilmalar (dasturiy yoki dasturiy-apparat ta’minot). DLP – tizimlari muhofaza qilinadigan axborot tizimining perimetridan o‘tgan ma’lumotlar oqimlarining tahliliga asoslangan. Tizimning faol komponenti ushbu konfidentsial axborotda aniqlanganda, xabarning (paket, oqim, sessiya) uzatilishi bloklanadi. DLP tizimi noyob qulflash mexanizmi bo‘lib, qimmatli ma’lumotlarning sizmasligi (oqmasligi)ni va kompaniya ichidagi ish jarayonlarini buzmasdan insayderlarni aniqlash imkonini beradi; • Kerio Control — foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash va ularning samaradorligini optimallashtirish uchun kompleks xavfsizlik yechimidir. IDS\IPS hujumi oldini olish tizimi bilan jihozlangan Kerio Control UTM yechimi tezda tarqalgan xavfsizlikka tahdidlarga qarshi keng qamrovli himoyani ta’minlaydi va paydo bo‘lgan Internet tahdidlariga qarshi ishonchli himoyani kafolatlaydi; • Intrusion Detection System (IDS) — kompyuter tizimi yoki tarmog‘iga internet orqali ruxsatsiz kirish, shuningdek, zararli harakatlarni (tajovuz yoki 122 tarmoq hujumi, viruslar) holatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat vositasi. Shuningdek IDS tizimi xavfsizlik siyosati asosida ishlaydigan xavfsizlik devorlaridan tashqari shubhali faoliyatni kuzatish va monitoring qilish mexanizmi sifatida xizmat qiladi. FireWall ni chetlab o‘tgan va administratorga hisobot tayyorlaydigan hujumchilarni aniqlashi mumkin, bu esa o‘z navbatida hujumni oldini olish uchun qo‘shimcha choralarni ko‘radi; • Intrusion Prevention System (IPS) — zararli faoliyatni aniqlash, oldini olish yoki bloklash uchun real vaqt rejimida tarmoq yoki kompyuter tizimini kuzatuvchi dasturiy-apparat vositasidir. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashda hujumlar yuqori darajada malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishini doim esda tutish lozim. Bunda ularning harakat modellaridan doimo ustun turuvchi modellar yaratish talab etiladi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida personal eng ta’sirchan qismlardan biridir. Shuning uchun yovuz niyatli shaxsga axborot tizimi personalidan foydalana olmaslik chora-tadbirlarini o‘tkazib turish ham katta ahamiyat kasb etadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling