Axborot kommunikatsion texnologiyalar
§ Tarmoqlararo ekran (FireWall) va uning vazifalari
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
6.3§ Tarmoqlararo ekran (FireWall) va uning vazifalari
Tarmoqlararo ekran – himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funktsiyasi – ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: • o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; • qabul kilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish; 123 • ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tarmog‘idan uyushtiriladigan hujumlardan himoyalash; • barcha trafiklarni protokollashtirish; • ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; • ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmaver yoki Fire Wall deb yuritiladi. Umuman bularning hammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran – bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya kiladi. Shuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish kobiliyatiga egadir. Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘lik himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. TCP\IP (Transmission Control Protocol\Internet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi, lekin ular ham himoyani etarlicha ta’minlay olmaydi, chunki TCP\IP paketining boshida haker hujumi uchun qulay ma’lumot ko‘rsatiladi. Internetda elektron pochtani jo‘natishni oddiy protokol pochta transport xizmati amalga oshiradi (SMTP - Simple Mail Transfer Protocol). Bu protokolda mavjud bo‘lgan himoyalashning muhim muammolaridan biri - foydalanuvchi jo‘natuvchining manzilini ko‘ra olmasligidir. Bundan foydalanib haker katta miqdorda pochta xabarlarini jo‘natishi mumkin, bu esa ishchi pochta serverini haddan tashqari band bo‘lishiga olib keladi. Internetda ommaviy tus olgan dastur bu Sendmail elektron pochtasidir. Sendmail tomonidan jo‘natilgan xabarlar haker axborot shaklida foydalanishi mumkin. 124 Tarmoq nomlari xizmati (Domain Name System – DNS) foydalanuvchilar nomi va host-kompyuter - manzilini ko‘rsatadi. DNS kompaniyaning tarmoq tuzilishi haqida ma’lumotlarini saklaydi. DNS ning muammolaridan biri shundaki, bundagi ma’lumotlar bazasini mualliflashtirilmagan foylalanuvchilardan yashirish ancha qiyin. Buning natijasida, hakerlar DNS ni ko‘pincha host-kompyuterlarning ishonchli nomlari haqida ma’lumotlar manbasidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin. Uzoq terminallar emulyatsiyasi xizmati uzoq tizimlarni bir-biriga ulash uchun xizmat qiladi. Bu serverdan foydalanuvchilar TELNET serveridan ro‘yhatdan o‘tish va o‘z nomi va parolini olishi lozim. TELNET serveriga ulangan haker dasturni shunday o‘rnatishi mumkinki, buning natijasida u foydalanuvchining nomi va parolini yozib olish imkoniga ega bo‘ladi. World Wide Web (WWW) – bu tizim Internet yoki intranet tarmoqlaridagi har xil serverlar ichidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun xizmat kiladi. WWW ning asosiy xossalaridan biri – Tarmoqlararo ekran orqali aniq protokol va manzillarni filtrlash zarurligini tarmoqning himoyalash siyosati qarori bilan hal etilishidir. Har qanday tashkilotning tarmoq xavsizligi siyosati ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq servislaridan foydalanish; tarmoqlararo ekranni qo‘llash. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling