Axborot kommunikatsion texnologiyalar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/82
Sana09.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1759002
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

USULLAR
 
 
To‘sqinlik
 
Egalikni 
boshqarish 
 
Niqoblash
 
 
Tartiblash
 
 
Majburlash
 
 
Undamoq
 
6.2-rasm. Telekommunikatsiya kanallarida axborot xavfsizligini ta’minlash usuli 
Bevosita telekommunikatsiya kanallarida axborot xavfsizligini ta’minlash 
usul va vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin: 
Yuqorida keltirilgan usullarni quyidagicha ta’riflash qabul qilingan. 
To‘sqinlik qurilmalarga, ma’lumot tashuvchilarga va boshqalarga kirishga 
fizikaviy usullar bilan qarshilik ko‘rsatish deb aytiladi. 
Egalikni boshqarish – tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish usulidir. 
Ushbu usul quyidagi funksiyalardan iborat: 
tizimning har bir obyektini, elementini identifikatsiyalash, masalan, 
foydalanuvchilarni; 
• identifikatsiya bo‘yicha obyektni yoki subyektni haqiqiy, asl ekanligini 
aniqlash; 
• vakolatlarni tekshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo‘yicha (reglament) hafta 
kunini, kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni qo‘llash mumkinligini 
tekshirish; 
• qabul qilingan reglament bo‘yicha ishlash sharoitlarini yaratish va ishlashga 
ruxsat berish; 
• himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish; 
• ruxsatsiz harakatlarga javob berish, masalan, signal berish, o‘chirib qo‘yish 
so‘rovnomani bajarishdan voz kechish va boshqalar. 
Niqoblash – ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida ularni 
kriptografiya orqali kodlash. 
Tartiblash – ma’lumotlar bilan ishlashda shunday shart-sharoitlar 
yaratiladiki, ruxsatsiz tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi. 


117 
Majburlash – qabul qilingan qoidalarga asosan ma’lumotlarni qayta ishlash, 
aks holda foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy jazolanadilar. 
Undamoq – ahloqiy va odobiy qoidalarga binoan qabul qilingan tartiblarni 
bajarishga yo‘naltirilgan. 
Yuqorida keltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha tasniflangan 
vositalarni tadbiq etishadi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling