Axborot kommunikatsion texnologiyalar
Amaliy darajadagi shlyuzlar
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4§ Wi-Fi tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash
Amaliy darajadagi shlyuzlar filtrlovchi-yo‘llovchilarga mansub bo‘lgan
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu dasturiy vosita vakolatlangan server, deb nomlanadi va u bajarilayotgan host-kompyuter esa amaliy darajadagi shlyuz deb ataladi. Amaliy darajadagi shlyuzlar mijoz va tashqi host-kompyuter bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi. Shlyuz keladigan va jo‘natiladigan paketlarni amaliy darajada filtrlaydi. Server-dallollap shlyuz orqali aniq server tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni qaytadan yo‘naltiradi. Amaliy darajadagi shlyuzlar nafaqat paketlarni filtrlash, balki serverning barcha ishlarini qayd qilish va tarmoq adminstratorini noxush ishlardan xabar qilish imkoniyatiga ham ega. Amaliy darajadagi shlyuzlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: • global tarmoq tomonidan ichki tarmoq tarkibi ko‘rinmaydi; • ishonchli autentifikatsiya va qayd qilish; • filtrlash qoidalarining engilligi; • ko‘p tamoyilli nazoratlarni amalga oshirish mumkinligi. Filtrlovchi-yo‘llovchilarga nisbatan amaliy darajadagi shlyuzlarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: samaradorligining pastligi; narxining qimmat bo‘lishi. Amaliy darajadagi shlyuzlar sifatida quyidagilarni misol qilib keltirish 127 mumkin: • Border Ware Fire Wall Server – jo‘natuvchining va qabul qiluvchining manzillarini, vaqtini va foydalanilgan protokollarini qayd qiladi; • Black Hole – serverning barcha ishlarini qayd qiladi va tarmoq administratoriga kutilayotgan buzilish haqida xabar jo‘natadi. Bulardan tashqari quyidagi shlyuzlar ham qo‘llaniladi: Gauntlet Internet Fireware, Alta Vista FireWare, ANS Interlock va boshqalar. 6.4§ Wi-Fi tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash Wi-Fi (simsiz tarmoqlar) dan foydalanish bugungi kunga kelib ommalashganini e’tiborga olgan holda, Wi-Fi tarmoqlarining himoyasini ta’minlashdagi dastlabki maslahatlarni quyida keltirib o‘tamiz. Wi-Fi (simsiz tarmoqlar) dan foydalanish bugungi kunga kelib ommalashganini e’tiborga olgan holda, Wi-Fi tarmoqlarining himoyasini ta’minlashdagi dastlabki maslahatlarni quyida keltirib o‘tamiz. Wi-Fi tarmoqni yaratishda mazkur 5 ta maslahatlarga e’tibor qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 1. Tarmoq nomi (SSID)ni translyatsiyasini o‘chirish. Tarmoq nomi (SSID)ni yashirish sizning tarmog‘ingizga ulanib ko‘rishga urinishlarni keskin kamaytiradi. Chunki tarmoqqa ulanish uchun talab qilinadigan paroldan tashqari tarmoq SSID sini ham kiritish talab qilinadi. SSID ni yashirib qo‘yish uchun Wi-Fi routeri sozlamalaridan Скрыть SSID/Hide SSID tanlanadi. Shuningdek, SSID nomini tanlashda ham murakkablikka e’tibor berish kerak. 2. Murakkab kalit so‘z. Ulanish nuqtasi yaratilayotgan paytda kalit so‘znig o‘rnatilishi va murakkab bo‘lishini ta’minlash shart. Chunki kalit so‘zning murakkabligi buzg‘unchi tomondan ushlab olingan shifrlangan kalitni deshifrlashda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan kalit so‘zni o‘zgartirib turish kerak. 3. Ulanuvchi uskunalar filtratsiyasi.Tarmog‘ingizni himoyalashning yana bir muhim usullaridan biri tarmoqqa ulanishi mumkin bo‘lgan uskunalarning 128 identifikatsion fizik manzil (MAC-adres)larini tarmoqqa ruxsat etilgan uskunalar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish va ushbu turdagi filtrlashni marshrutizator sozlamasidan yoki dasturiy ta’minotdan aktivlashtirib qo‘yishdir. Bunda tarmoqqa ulangan uskuna fizik manzili ro‘yxatda bo‘lmasa, SSID va kalit so‘z to‘g‘ri kiritilsa ham, mazkur uskuna tarmoqqa ulana olmaydi. 4. Marshrutizatorga ulanish. Qo‘shimcha tarzda marshrutizatorga ulanish standart kalit so‘zini o‘zgartirish lozim. Wi-Fi ulanish metodlarini uskuna imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oxirgi versiyasiga o‘zgartirish (masalan WPA2) hamda, WPS ulanish rejimini o‘chirib qo‘yish kerak. Chunki WPS rejimidagi ulanishlarni buzish xavfi yuqori hisoblanadi. Marshrutizatorning fizik joylashishiga ham e’tibor qaratish lozim va iloji boricha jismoniy himoyalangan joylarga o‘rnatish tavsiya qilinadi. 5. Monitoring.Tarmoqni har doim nazorat qilib borish zarur. Ulangan foydalanuvchilar, o‘rnatilgan sozlamalar (kalit so‘zlar, filtrlovchi ro‘yxatlar va b.) hamisha tarmoq administratori nazoratida bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha dasturiy vositalar orqali real vaqtda tarmoqqa ulanuvchilarning nazoratini ham o‘rnatish mumkin. Bundan tashqari marshrutizatorning turiga qarab mavjud qo‘shimcha sozlamalarni o‘rnatish, masalan tarmoqlararo ekranni aktivlashtirish maqsadga muvofiq. Bu sozlamalar ham tarmoq xavfsizligini oshiradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling