Axborot kommunikatsion texnologiyalar
§ AKT xavfsizligini ta’minlashda DLP tizimini qo‘llash
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
6.5§ AKT xavfsizligini ta’minlashda DLP tizimini qo‘llash
Axborot kommunikatsiya tizimlarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida har xil antiviruslar, fayrvollar, radmin va shunga o‘xshash ko‘pgina dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Lekin bularning hech biri ichki xavfdan, ya’ni insayderlardan to‘la himoyalay olmaydi. DLP tizimi esa huddi shunday muammolarni yechishga imkon beradi. Bunda axborot xavfsizligi xodimi korxonani har tomonlama o‘rganib chiqib, unga kerak bo‘ladigan DLP tizimini tanlay olishi lozim. Dastlab DLP tizimi nima degan savolga oydinlik kiritib olsak. Data Loss Prevention yoki DLP – maxfiy axborotlarni ruxsatsiz chiqib ketishini oldini olish 129 tizimi hisoblanadi. Ushbu tizim ma’lumotlarni kuzatib borish va korparativ tarmoqdan tashqariga uzatish uchun ruxsatsiz urinishlarni oldini olishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, DLP tizimi foydalanuchilarning xarakatlarini kuzatib borish, ya’ni kommunikatsiya tizimlari orqali ijtimoiy tarmoqlardan va elektron pochtalar (e-mail) dan chiqib ketayotgan ma’lumotlarni yozib borish hamda tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi. DLP tizimini asosiy vazifasi – tashkilotning maxfiylik siyosatiga mosligini ta’minlashdan iborat. DLP tizimining tarkibini Symantec Data Loss Prevention (SDLP) chiziq dasturiy yechim misolida ko‘rib chiqsak. SDLP keng ko‘lamdagi yechimlari tarmoqlarda, ma’lumotlarni saqlash tizimlarida hamda korporativ tarmoqda ishlashi yoki ishlamasligidan qat’iy nazar xodimlar kompyuterlarida joylashgan konfidentsial ma’lumotlar uchun himoyani ta’minlab beradi. SDLP Prevention Enforce Platform SDLP uchun markaziy komponent bo‘lib, SDLP Enforce Platform boshqarish platformasi hisoblanadi. U konfidentsial axborotni yo‘qotishlarni oldini olish bo‘yicha siyosat yechimining komponentlariga tarqatishi va aniqlashi mumkin. Ushbu komponent SDLP chiziq yechimlari bilan ishlash va boshqarish uchun yagona veb-interfeys taqdim qiladi. Symantec Data Loss Prevention Network Discover. Symantec Data Loss Prevention Network Discover komponenti himoyalangan konfidentsial ma’lumotlarni fayl omborlari, pochta severlari, veb-serverlar kabi axborot resurslarni skanerlab topadi. Symantec Data Loss Prevention Data Insight. Symantec Data Loss Prevention Data Insight komponenti mazkur konfidentsial ma’lumotlar egalarini aniqlash uchun foydalanishni ko‘zdan kechiradi. Bu esa konfidentsial axborotlarni aniqlash va ularni boshqarish jarayonlarining samaradorligini oshiradi. Symantec Data Loss Prevention Network Protect. Symantec Data Loss Prevention Network Protect komponenti qo‘shimcha ilova bo‘lib, himoyalanmagan ma’lumotlarni ochiq omborlardan tarmoq serverlariga karantinga yoki himoyalangan omborlarga o‘tkazish yo‘li bilan Symantec Data Loss Prevention Network Discover komponentining funksionalligini kengaytiradi. 130 SDLP Network Discover va SDLP Network Protect komponentlari quyidagi axborot resurslardan konfidentsial axborotni yo‘qotishdan himoya qiladi: tarmoq fayl tizimlari (CIFS, NFS, DFS va boshqalar), ish stantsiyalar va noutbuklarda lokal fayl tizimlari, lokal fayl tizimlari (Windows, Linux, AIX, Solaris), BD Lotus Notes, Microsoft Exchange, Microsoft Share Point, Document va boshqalar. Shuningdek, foydalanuvchilar ishchi stantsiyalariga (noutbuklariga ham) SDLP Agent o‘rnatiladi va u quyidagi funksiyalar bajarilishini ta’minlaydi: • Foydalanuvchilar ishchi stantsiyalarida himoyalanmagan konfidentsial ma’lumotlarni topish; • Konfidentsial axborotni uzatishni blokirovkalash (yechiladigan axborot tashuvchilar, CD va DVD, bosma, bir zumda xabarlar almashish vositalari va boshqalar). Server SDLP Endpoint serveri SLDP agent agentlari bilan SDLP Enforce Platform boshqarish platformasi bilan aloqani ta’minlaydi va konfidentsial axborotni monitoring qilish siyosatini va ularni foydalanuvchilarning ishchi stantsiyalardan blokirovkani amalga oshiradi. SDLP Agent foydalanuvchilar ishchi stantsiyalari va korporativ noutbuklardan konfidentsial axborot uzatishda quyidagilarni ishlatganda yo‘qotishlarning oldini oladi: Axborot tashqi tashuvchilari (USB, SSD, Compactflash, FireWire), CD\DVDga ma’lumot yozganda, tarmoqlar (HTTP\HTTPS, E-mail\SMTP, FTP, IM), bosma\faks vositalar, konfidentsial axborotni almashish buferiga nusxa ko‘chirish jarayonida. Symantec Data Loss Prevention Network Monitor. Symantec Data Loss Prevention Network Monitor komponenti real vaqtda tarmoq trafigini konfidentsial axborot mavjudligiga tekshiradi va ushbu axborotni ichki tarmoq chegarasiga uzatishga uringanda, ogohlantirishlarni shakllantiradi. Symantec Data Loss Prevention Network Prevent. Symantec Data Loss Prevention Network Prevent komponenti konfidentsial axborotni pochta va veb- kommunikatsiya vositalari orqali uzatishni blokirovka qiladi. 131 SDLP Network Monitor va SDLP Network Prevent komponentlari konfidentsial axborot uzatishda quyidagilarni ishlatganda, yo‘qotishlarning oldini oladi: elektron pochta (SMTP), xabarlar almashish vositalari (IM), veb-pochta, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va h.k. (HTTP, HTTPS), fayllarni uzatish protokoli (FTP), torrentlar (Peer-to-peer), Telnet, har qanday boshqa TCP port orqali har qanday sessiyalarga. DLP tizimlar himoya qilinayotgan axborot tizimi parametrini kesib o‘tuvchi ma’lumotlar oqimlarini tahlil qilishga asoslangan. Tahlilning besh usuli mavjud: – Lug‘atlar bo‘yicha qidirish (so‘zlarning aniq to‘g‘ri kelishi bo‘yicha, ayrim hollarda morfologiyani hisobga olish bilan); – Ko‘p uchraydigan jumlalar. Ko‘p uchraydigan jumlalar – matnli fragmentlarni bir shablon bo‘yicha xatoliklarni tahlil qilish tizimi bo‘lib, uning zamirida qidirish uchun namunalar yozish tizimi yotadi. Misol uchun, kredit kartalar, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, pasport raqamlari va litsenziya kalitlari; – Fayl turlari bo‘yicha taqqoslash. Xavfsizlik siyosati tomonidan fayllarning ba’zi turlari tashqariga uzatish taqiqlangan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, foydalanuvchi fayl kengaytmasini o‘zgartirganda, tizim baribir fayl turini “topishi” va kerakli choralar ko‘rishi zarur. Ko‘p yechimlarda Autonomy kompaniyasining yechimlari qo‘llaniladi; – Axborotni foydalanuvchilar bo‘yicha statistik “xulq-atvor” tahlil qilish. Agar foydalanuvchi konfidentsial axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘lsa, shuningdek, muayyan saytlarga tashrif buyursa (web-storage, web-mail, xakerlik va h.k.), bunday holatda “xavfli guruhga” kirib qoladi va unga nisbatan xavfsizlik siyosatining qo‘shimcha cheklovlari qo‘llaniladi; Hozirgi zamon axborot texnologiyalarning rivojlanishi bilan axborotni saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan vositalar va qurilmalar ko‘payib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, davlat va xo‘jalik organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarida maxfiy axborotlarni ruxsatsiz chiqib ketishining oldini 132 olish hamda ma’lumotlarni kuzatib borish va ruxsatsiz urinishlarni oldini olish uchun DLP tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling