Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Download 1.54 Mb.
bet8/45
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Nazorat savollari:

  1. Informatika nima?

  2. Axborot texnologiyalari nima?

  3. Fanni o’qitishning maqsadi va vazifasi nima?

  4. Fan qaysi muammolarni o’rganadi?

  5. Axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari nima?

  6. Axborotlashgan jamiyat nima?

  7. Zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llash sohalari va ularning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni qanday?





  • David Watson, Helen Williams. Computer science, IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Examinations. 2014 y.

Maruza 2.

Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, dasturiy, lingvistik ta’minoti va ularni ishlash texnologiyalari.


Reja:

  1. Kompyuter tizimlari.

  2. АТ ning apparat va dasturiy ta’minoti

  3. Komp’yuter arxitekturasi

Inson har qadamda axborot bilan to’qnashganiga qaramasdan uning aniq ilmiy ta’rifi yo’q. (Axborotni inson tashqi dunyodan o’z sezgi organlari orqali oladi). Biror predmet yoki hodisaga aniq ta’rif berib bo’lmaganda fan tushunchalarga asoslanadi. Tushunchaning ta’rifdan farqi shundaki, har xil odamlar unga har xil ma’no beradilar. Avvalo, axborotni inson tashqi dunyodan o’z sezgi organlari orqali oladi. Tabiatni kuzatib, odamlar bilan suhbatlashib, kitob va jurnallar o’qib, televizor ko’rib, radio eshitib biz axborot olamiz. Matematik axborotga kengroq qaraydi: u axborotga fikr yuritib olingan ma’lumotni ham qo’shadi. Biolog esa yana chuqurroq boradi: u axborotga individga ota-onadan gen orqali o’tgan ma’lumotni ham kiritadi. (Gen bu ota-onadan bolaga o’tadigan genetik kod bo’lib, u sababli bolalar o’z ota- onalariga shunday o’xshashdirlar). Shunday qilib, axborotga har xil predmetlarda har xil qaralar ekan. Lekin, axborotga xos barcha predmetlarda umumiylik bor-bu axborotning ustida bajariladigan amallar va umumiy xossalari. Umumiy xossalar 9 ta : haqiqiylik, xolislik (ob’ektivlik), aniqlik, to’liqlik, qimmatlilik, tushunarlilik, dolzarblik, qisqalik, foydalana olishlik; bajariladigan amallar esa 5 ta: axborotni

Uzatish
qidirish, yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish:

Qidirish


Yig’ish


Saqlash


Qayta ishlash




    1. rasm. Axborot ustida bajariladigan amallar

Bu amallar qandaydir texnik vositalar bilan inson yordamida amalga oshiriladi: kompyuter, radio, televidenie, telefon, faks.... Axborot ustida bunday amallar bajarishdan maqsad nima? –Yangi, foydali axborot yaratish va undan biror qaror qabul qilish uchun foydalanish.
Ilgari axborot byurokratik sferaning ishi va qaror qabul qilishda cheklangan vosita deb qaralar edi. Bugun esa, axborot jamiyatning rivojlanishida asosiy resurslardan biri bo’lib xizmat qilmoqda, Axborot tizimlari (ATiz) va Axborot texnologiyalari (ATex) esa jamiyatda ish unumdorligini va samaradorligini oshirishning asosiy vositasidir. Bu fikr yuqoridagi epigraflardan ham ko’rinib turibdi.
Axborot tizimlari (ATiz) va Axborot texnologiyalari (ATex) hozirgi paytda ishlab chiqarish, boshqaruv, moliyaviy, savdo-sotiq va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling