3. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ekologik tarbiya
Download 67.99 Kb.
|
Sirojbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA. 1 .Ekologik tarbiya. 2 .Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari 3.Xulosa.
- Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
- Tabiatni muxofaza qilish
- Ekologik ta’lim
- Ekologik tarbiya
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
- Elektron ta’lim resurslari 1.
Saloxiddinov Sirojbek OEL005-1 Mustaqil ish Saloxiddinov Sirojbek Azizbek og’li OEL005-1 REJA. 1.Ekologik tarbiya. 2.Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari 3.Xulosa. 4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ekologik tarbiya. Ekologiya, atrof-muhit, jonli-jonsiz tabiat, ekologik ong ekologik madaniyat, kamolot, shallar, usullar. Ekologik tarbiya ekologiya fanini maqsadini amalda yuzaga keltirish, atrof-muhitni biz xoxlagan darajada tabiiyroq, ekologik toza bo`lishidagi ishlarni o`rgatadi ko`rsatmalar beradi. «Ekologiya» yunoncha so`z bo`lib tirik mavjudodlarning yashash sharoiti va tevarak atrofdagi muhit bilan o`zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga kelgan qonuniyatlarini o`rganadagin fandir. Ekologiya fani qadimdan yuzaga kelgan fan emas. Ekologiya fani insonni qiziqishi, bilishdagi fikr mulohaza yuritishlardan kelib chiqkan fan emas, ekologiya fani zaruriyatidan inson o`z manfatini ko`zlab uni tabiiy ko`rinishlarini buzib, undan to`xtovsiz foydalanib uni ko`rimsiz bo`lgan ahvolga solib qo`ygach va endi yana o`z manfati uchun kelajak avlod oldidagi o`z burchini xis etgan xolda tabiiy ko`rinishini o`z xotasida xulosa chiqargan xolda tiklash zaruriyatdan kelib chiqqan fan deyish mumkin. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 25 Ekologiya fani tabiiysi, yevropada kelib chiqkan. Chunki insoniyatning o`zi ijtimoiy rivojlanishida, atrof muhitni tabiiyligini ta`siri dastlab yevropada edi. Chunki insonni ijtimoiy ong rivojlanishi, inson manfati qilingan ishlab chiqarishdagi yutuqlari, jamiyat rivoji dastlab yevropada edi. Ekologiya atamasini 1866 yilda nemis zoolog olimi Geksel tomonidan fanga kiritilgan edi. Yaqin vaqtlargacha bu atama faqat mutaxassislargagina ma’lum edi. Endilikda atrofmuhitga tabiat boyligiga e’tiborsiz bo`lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aniq bo`lib qoldi. Inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabatdlar muammolarini yechiqh zarurati tug‘ildi. Shu borada ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish asosiy ishlardan biri bo`lib qoldi. O`quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, bularda tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo`lishni o`rgatish pedagogika nazariyasi va maktablar amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. Chunki insonning onggi oshgan sari progressiv jamiyat ko`rinish bergan sari, insonning yer yuzasidagi roli oshgan sari yer yuzasi uni soni oshgan sari tabiatdan faqat foydalanigina qolmay, undan keyin foydalana borish uchun endi u haqda o`ylash, fikrlash, unga munosabatni to`g‘ri yo`lga qolish kerak bo`lib qoldi. O`zbekiston Konstitutsiyasining 18 moddasida yer va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o`simlik va hayvonot dunyosini qo`riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko`paytirib borishni ta’minlash insonning atrof-muhitni yahshilash uchun chora va tadbirlar ko`rishi zarurligi ta’kidlangan. O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi qabul qilingan «Tabiat muxofaza qilish to`g‘risida» gi qonuni, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’dbik etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, Eqosan jamg‘armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolat beradi. Ayniqsa, umum ta’lim maktablarida ham ekologik yo`nilishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlod maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruxida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko`rsatadi. Maktabni PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 26 bitirib mustaqil hayotga qadam qo`ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo`lishidan qat’iy nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lishi kerak. Tabiatni muhofaza qilish xozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo`lib qolganini o`quvchi ongiga 1-chi navbatda singdiriladi. Haqiqatan tabiiy boyliklardan haddan tashqari darajada ko`p foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o`zlashtirish oqibatida ekologik muvozanat keskin o`zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ayniqsa paxta yakka xosimligi, qishloq xo`jaligining noto`g‘ri rejalashtirish, kimyoviy o`g‘itlarni me’yoridan ortiq ishlatilishi tabiat muammolarini ko`payishiga sabab bo`ldi. Bu xolat hayvonot olamiga ham o`simliklar dunyosiga ham o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Keyingi 30 yil ichida tabiiy boyliklardan shunchalik ko`p foydalanilganki, bu butun insoniyat tarixi davomida foydalanilgan tabiiy boyliklarga tengdir. Demak jamiyatni iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo`lsa uning tabiatga ta`sir etish darajasi ham shunchalik ko`p bo`ladi. Aholi sonining tez o`qib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko`payib bormoqda. Faqatgina aholini yer suv energetika oziq-ovqat bilan ta’minlash butun Dunyo bo`yicha global muammoga aylanib bormoqda. Tabiatga zarar keltiradigan ko`pgina zavodlarning osar suvga yaqin joylashganligi sababli suv xavzalari ifloslanmoqda. Markaziy Osiyo xududida yashayotgan fukarolarning salomatligi yomonlashib, kasalliklar ko`payib bormoqda. Orol bo`yi rayonlari Qoraqalpoqg‘iston Rekpublikasi, Xorazm viloyatida turli xil kasalliklar ko`p tarqalmoqda. Shu tariqa yer qirrasida insonning farovon yashashi endi ekologik muammolarni yechiqhga bog‘liq bo`lib qoldi. Ekologik muammolarning ilmiy iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik yo`nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammo inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Eng muhimi ayni pedagogik-ekologik muammo yo`lga qo`yilsa, boshqa ekologik muammolar yechilishiga zamin yaratiladi. Pedagogik yo`nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko`zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda, tabiat bilan inson PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 27 oraqidagi munosabatni ifodalovchi bilimlarni o`quvchilarga yetkazish tushuniladi. Ekologik tarbiya atrof-muhit nisbatan munosabat tarbiyasidir. Ekologik ta’limtarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo`lib, maktabda barcha fanlar qatori o`qitiladi. Uning bosh maqsadi yosh avlodda atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy ong darajasi past bo`lgan yuqori tabaqa Xalq uchun ikkinchi darajali bo`lgan Xalqlar ekologik tushkunlikdan osonlikcha chiqib keta olmaydi. Ular tabiat haqida kuyunuvchilar bo`lsayam qilayotgan ishlari bunga ziddir. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor berishga va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirishgan. Oila davrasida farzandlarga: «Suvga tupurma! Uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichiqhadi,» «Gullab turgan meva shoxini sindirma, u meva beradi, uni O`zing iste’mol qilasan» deganlar. O`lkamizning tabiiy O`simliklar dunyosi, ularning foydasi bu boyliklarni muhofaza qilishni yoshlarga uqtirish, ta’lim tizimining asosiy vazifasidir. Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi: - Atrof-muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta`siri; - Tabiat va uning ahamiyatini aniklash; - Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani hamkorligi; - O`z shaxrini, kishlok va maktab xovlisini ko`kalamzorlashtirishda o`simliklarni parvarishlashga qizikishni oshirish; - Atrof-muhit muhofazasida bolalar vazifalari; - Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning namunali o`rni; - Oiladagi, maktabdagi tabiatni, o`simlik va hayvonot dunyosini e’zozlashga o`rgatish; - Tabiatni ongli munosabatda bo`lish; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 28 -Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash. Ekologiyani o`zgartirish uning ifloslanishini mikdorini mikdoran son jihatdan ko`rsatkichlarini bildirish, matematika fanidan beriladigan ekologik tarbiyaga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, rekpublikamizda 1200 ga yaqin sanoat karxona borligi ular havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni jasoratligi, bunday xolat 10-20 yildan keyin nimalarni olib kelishini misollar bilan tushuntirish lozim. Ekologik yo`nalishdagi to`garaklardagi bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go`zalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga o`rgata boradi. To`garak mashg‘ulotlarida o`qiladigan «Tabiatni e’zozlaylik», «Tabiat va inson», «Ekologiya va inson», «Orol madad so`raydi», kabi mavzular o`quvchilarda tabiatga qiziqishi yanada oshiradi. O`quvchilar ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarurdir. - Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ularning bog‘likligi; - Tabiat boyliklaridan tejab foydalanish va ularni muhofaza qilish; - Atrof-muhit ifloslanishlardan saqlash; - Tabiat kelajak avlodlar uchun tabiiy xolda qoldirishga intilish. Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o`quvchilarda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni uyg‘otadi, tabiatni ximoya qilish uchun kurashishga, uning go`zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ekologiya tushunchasi bir butun hamda jamiyat bilan tabiatning о‘zaro aloqadorligida turli darajada-falsafiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy bilimlarning yaxlit tizimini tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi tabiatdagi о‘zaro aloqadorlik qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir. Ekologiyaning bosh masalasi esa tabiat voqea-hodisalariga inson faoliyatining xilma-xil ta’siri oqibatlarini oldindan kо‘ra bilish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni hal etishdan iboratdir. Tabiat bilan jamiyatning о‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish о‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bо‘yicha dunyo qarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. О‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi о‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi[4]. Atrof-muhit bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yеtkazmoqda. Yer yuzi tabiatining barqarorligi, turg‘unligi va uning o‘ziga xos qonuniyatlari insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biridir. Bunga sabab kishilarda atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yеtishmasligi hamda tabiatning kеlajakdagi ekologik holatini ko‘ra bilmasliklaridir. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish, tabiatni sеvish, undan to‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishga o‘rgatish ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo‘lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sеvish va vatanparvarlik tabiatni sеvishdan boshlanadi[3]. Binobarin, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini hosil qilmay turib ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonni tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tеtiklashtirib, mеhnat qobiliyatini oshiradi. Insonning tabiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida tabiat qiyofasi o’zgarib, foydali qazilmalar tugab bormoqda, suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, uning tarkibida chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholi salomatligi yomonlashmoqda, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, energiya va chuchuk suv muammolari tobora murakkablashmoqda. Ular bugungi kunda xalqaro ekologik muammoga aylanib, butun jahon jamoatchiligining muloxazaga chaqirmoqda. Bu albatda, yosh avlod, aholi ongiga ekologik holatining xavf ostida ekanligini tezroq singdirish va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqarish kabi muammolarni hal etishni taqazo etmoqda. Ushbu muammolarni hal etishda umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlar ma’zmuniga, hususan, O’zbekiston tabiiy geografiyasi ma’zmuniga qo’shib olib boorish orqali yoshlarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalamog’imiz darkor. Еkologik ta'lim va tarbiya, BMT, YUNЕSKO va YUNЕPning diqqat markazidagi masaladir. Ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun jahon, alohida davlatlar miqyosida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. har bir soha mutaxassisi ekologik savodxon bo’lishi va o’z faoliyatida tabiatga zarar еtkazmasligi, ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishga qissasini qo’shishi lozimdir[15]. Ekologik bilimga ega bo’lmagan kishilar, tabiatning bag’ri keng u insonning shunch yetgazgan zulimlariga shu vaqtgacha chidab keldi, endi bunisiga ham chidasa kerak, degan mantiqsiz fikrlarga chulg’anib yuradilar. Aql-zakovatli va muxandislik ilmining sohibkorlari tabiatga ko’proq befarq bo’lishliklari sababli tabiiy muhit aziyat chekib kelmoqda. Binobarin, osha joylarida istiqomat qiluvchi aholi ham jiddiy zarar ko’rmoqda, chunki havo va suvning ifloslanishi, tuproqning zaxarlanishi hayot tarzini murakkablashtirmoqda, tabiat qulayliklardan bebahra qilmoqda. Binobarin, aholining ekologik ongi tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirishda asosiy ijrochi omil hisoblanadi, uning har doim ham yuqori bo’lishiga, vaqti-vaqti bilan takomillashtirib turishiga erishish zarur. Aholining barcha tabaqalari, bog’cha yoshidagi yosh bolalarda tortib mo’ysafid otaxon va onaxonlargacha atrof-muhitga nisbatan yakdil ijobiy fikrda bo’lishlari unga zahmat keltirmaslik ruhida tarbiyanishlari kerak. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan dolzarb muammolardan biri sayyoramiz tabiati va uning boyliklarini muhofaza qilish hisoblanadi. Shu bois tabiatdan tо‘g‘ri foydalanish va uni muhofaza qilishga oid ta’lim-tarbiya masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik siyosat, davlat hokimiyati va huquqiy vositalarga asoslanib, “jamiyat-tabiat” munosabatida yuzaga keladigan murakkab munosabatlarni tartibga solishga qodir. Ushbu murakkab munosabatlar uch yо‘nalishda amalga oshiriladi: atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash[12]. Shunga muvofiq, ushbu uchchala yо‘nalish davlat ekologik siyosatining asosini tashkil etadi. Demak, ekologik siyosat uch yо‘nalishda olib boriladi: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; 2) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; 3) ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Bu uch yо‘nalish о‘zaro chambarchas bog‘liq, bir-birini taqozo etadi. Ulardan birini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar о‘z navbatida boshqalariga ham ijobiy ta’sir etadi. Zero, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmay turib, uni muhofaza qilib bо‘lmaydi. Atrof tabiiy muhit muhofaza qilinmas ekan, ekologik xavfsizlik ta’minlanmaydi. Tabiatni muhofaza qilish tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish demakdir. Mamlakatimizning ekologik xavfsizligiga tahdid solayotgan muammolarning oldini olishda ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va asrab-avaylash hamda ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishni ta’minlashga erishish kо‘p jihatdan fuqarolarning ekologik-huquqiy ongining qay darajada shakllanganligiga bog‘liqdir[12]. Ekologik ta’limning ahamiyati va zaruriyatini quyidagicha izohlashimiz mumkin: -fuqarolar, xususan yoshlarning ekologik-huquqiy ongini, ekologik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi; -yoshlarni ona tabiatga mehrli bо‘lishga, uni e’zozlashga о‘rgatadi; -tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslaridan oqilona va samarali foydalanish zarur degan fikrni singdiradi; -fuqarolarda ekologiyaga oid asosiy muammolar tо‘g‘risida tasavvurlarni shakllantiradi hamda ularning oldini olish borasida nimalar qilish zarurligini о‘rgatadi; -fuqarolarda tabiatni muhofaza qilish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirish mumkinligi tо‘g‘risida tushuncha beradi; -umuman olganda ekologiya sohasidagi barcha chora-tadbirlarning zamirida avvalambor ekologik ta’lim-tarbiya yotishi lozim. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya xozrgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin[11]. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson Yer yuzida paydo bо‘libdiki, u tabiatdan, uning unsur va boyliklaridan foydalana boshlagan. Buyuk allomalarimiz tо‘rt unsur: suv, tuproq, olov, havodan foydalanish, uning musaffoligini saqlash, inson organizmiga ularning ta’siri kabi masalalarni qator ilmiy asarlarida ta’kidlab о‘tganlar. Vujudga kelgan vaziyat о‘quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi. O’rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan allomalardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar[10]. Ular hali ekologiya fani atamasi dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni ezozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Ekologik madaniyat, Markaziy Osiyo hududiy tub xalqlari ongida to’la mujassam bo’lgan, to’g’ri u vaqtlarda aholi soni ancha oz, urbanizasiya darajasi past, tabiiy boyliklardan foydalanish darajasi ham nihoyatda kam bo’lgan. Lekin xalqlar yuksak ekologik madaniyatga ega bo’lgan. Odamlar orasida “savob”, “uvol”, “qarg’ish”, “harom”, “birovning haqi”, “tarozidan urma”, “o’g’irlik qilma”, “sutga suv qo’shma”, “hayvonlarga ozor berma”, “suvga supirindi tashlama”, “nonning uvog’i ham non, uni yerga tashlama” va shu kabi qator ibora va tushunchalar mavjud ediki, ayrim yoshlarimiz bular to’g’risida unchalik tasavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham o’sha vaqtlarda tabiat haqiqiy ardoqlanar edi. Har bir tabiat ne’mati bu Allohning bizga bergan naziri, marhamati, biz uni yuksak darajada hurmat bilan avaylab-asrashimiz lozim, deyiladi. Xalq tabiat noz-nematlariga, daraxt, buta, o’t o’simliklari, hayvonot olami, suv, havo,tuproq, zamin, non, oziq-ovqat va boshqa shu kabilarni zo’r ehtirom bilan hurmat qilgan[13]. Ozodalikka katta ahamiyat berilgan, axir Vatan ostonadan boshlanadi, deyilganidek har kuni hovli, ko’cha, eshik oldi supurilar va suv sepib nuragan joylar muntazam tamirlanib turilgan. Darhaqiqat, xalqimizning qadimgi urf-odatlari, an’analari, tabiat to’g’risidagi katta ma’noga ega bo’lgan dono hikmatlariga ming yillar davomida quloq solib, undagi tavsiyalarga itoat qilib kelingan, bundan buyon ham ayniqsa, hozirgi mustaqillik sharofati katta erkinliklar bergan bir paytda ularga kattada hurmat bilan qarashimiz va hayotda juda sinalgan odatlarimizga, qadriyatlarimizga sodiq qolishimiz, yoshlarga bular to’g’risida tez-tez gapirib turishimiz, undashimiz ham qarz ham farzdir. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ekologik madaniyatni tarkib toptirishning ildizlari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Ulardan geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida foydalanish geografiya fani o’qituvchisidan yuksak pedogogik maxorat, kuch, bilim, ijodiy izlanish talab etadi. Milliy qadiriyatlarimiz orqali, o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish nafaqat o’quvchilarni ekologik madaniyatli qilib tarbiyalaydi, balki ularda milliy-g’urur, milliy-iftixor tuyg’ularna ham shakillantiriladi, ota-bobolarimizdan qolgan qadiriyatlarimizga xurmat ruxida tarbiyalanadi. O’zbekiston respublikasida istiqlolga erishganidan so’ng tabiat va uning boyliklarini muhofaza qilish ishiga ayniqsa, juda katta e’tibor berildi. Tabiatni muhofaza qilish xozirgi kundagi zamondagi eng dolzarb muammolardan biri, inson bilan tabiat o’rtasidagi va tabiat bilan inson o’rtasidagi, jamiyat bilan tevarak atrofdagi muxit o’rtasidagi muammoning tarkibiy qismidir. Muammoning mohiyati shundaki, tabiat eng avvalo, inson uchun qo’riqlanishi kerak. Inson tabiat bilan har doim bir butunni tashkil qilgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bevosita aloqasi tabiiy muhitga juda katta ta’sir qilib kelgan. Kishining tabiatga ta’siri, uning mexnat faoliyati bilan bog’liq, yani kishilar tabiatga o’z mehnatlari orqali ta’sir ko’rsatadilar, o’z mexnatlari bilan tabiatni o’zgartiradilar. Yurtboshimiz Islom Karimovning “Ona zaminimiz–boyligimizning mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin[2]. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. Zero, tabiat shoir aytganidek, necha yillardan buyon insonga xizmat qiladi. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” qonun qabul qilindi. Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki O’zbekiston Respublikasiningtabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun xujjatidagidan o’zga qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi[1]. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida bir muncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno-chizma- Akademik litseylar Maktablar Davlat Oliy o’quv yurtlari Hukumat o’rganlari Kasb-hunar kollejlari Tabiatni muxofaza qilish Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi Keng jamoatchilik Ifloslangan atmosfera havosi, suv xavzalari, uchib yuruvchi mikroblar va xayvonlar davlat chegarasini bilmaydi. Bu hol birgina davlatni emas, balki barcha davlatlarning o’zaro va xalqaro hamkorlikda bo’lishini talab etadi. Shundagina tabiatni bmuhofaza qilish ishini dunyo manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Demak, tabiatni muhofaza qilishda mamlakatlar birgalikda quyidagi muammolarga e’tiborberishlari talab etiladi: Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy va pedagogik tomoni. Tabiatni muhofaza qilishning gigienik tomoni. Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash. Suvni ifloslanishdan saqlash. Manaviy-kommunal, transport, qishloq xo’jaligi chiqindilarini va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi. Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhining musaffoligini buzmaslik. Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi. Shaxar va shaxar atrofi zonasini rejalashtirish va axolini joylashtirishda tabiat muhofazasi hamda tevarak-atrof-muhitini sog’lomlashtirish masalasi. Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi[15]. Atrof-muhit holatini tо‘g‘ri baholash, zarur tadbirlarning о‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir kishida “tabiat –bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakillanishi darkor. Biz aholi ekologik ongining qanchalik yuqori darajada bo’lishligiga erisha olsak ona-tabiat–biosferamiz shunchalik omon va sermahsul, latofatli va maftunkor bo’lib qoladi. Ekologik tarbiyaning maktab bosqichi o’ta muhim davr hisoblanadi. Prof. E. Turdiqulov o’rta maktabda ekologik ta’lim –tarbiyani sinflarga qarab quyidagich taqsimlashni taklif qiladi: I –III, IV –V, VI, VII –IX, X –XII sinflar, 1-3-sinflarda o’quvchilar bog’chada boshlagan ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. IV –V sinflarda tabiiyat darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim bilimlari beriladi. V sinfda o’quvchilar “Tabiyat” darslaridan saboq oladilar. Bu borada biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarining keng elementlar bilimlari o’quvchilarga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat qanday bo’lishi, tabiiy boyliklardan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi ularga yetkazilishi lozim[6]. VI sinf o’quvchisi insonning tabiatga yetkazilayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’zicha mulohaza qila oladigan, ko’z oldiga keltira oladigan, atrof-muhitda inson ta’sirida bo’layotgan turli o’zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga yetadi.“ Tabiiy geografiya va materiklar geografiyasi” kursi o’qitilishi o’quvchini dunyo miqiyosida fikr yuritishiga undaydi. VII–IX sinflarda o’quvchilar “Turkiston tabiiy geografiyasi”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kabi kurslarni o’qiydilar. Binobarin, o’quvchilarga ekologik ta’lim birish fanlararo bog’lanish asosida rivojlantiriladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni tabiiy boyliklardan foydalanganda atrof-muhitga chiqib kelayotgan turli chiqindilarning tarkibi, ularning yig’ilish makonlari, keltirib chiqaradigan zararli oqibatlari, chiqindilarning kamroq ajralib chiqishini ta’minlash to’g’risida mulohaza yurita olidigan qilib tarbiyalashdir. Insonni ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi. Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo’lish zarurligi to’g’risidagi fikr ilgaridan ma’lum[14]. Bola tug’ilganidan tortib to umrining so’ngi kunigacha ta’lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayan qismini tabiatga nisbatan g’amxor, fidoyi, mehr-muhabbatli bo’lishi haqidagi tarbiya tashkil etadi. Xo’sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qanday mazmunda amalga oshirishi lozim? Ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida ekologik ma’naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelajakdagi ziyolilar umumiy va kasbiy madaniyat darajasiga ega bo’lishlari milly va umuminsoniy qadriyatlarni tarqatuvchisi sifatida o’z xalqining ahloq va tabiat muhofazasi an’analariga suyanishlari lozim. Maktab geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha ekologik muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shaklllanadi va rivojlanadi. Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishlariga ko’ra guruhlarga bo’lish mumkin.tabiiy geografik muammolar; iqtisodiy-ijtimoiy geografik muammolar hamda geoekologik muammolardir. Tabiat boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishda umumta’lim maktablarining muhandis pedagog jamoasi muhim ro’l o’ynaydi. Uzluksiz ekologik tarbiyani bеrish quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq[15]. 1-bosqich. Mahallalarda ekologik ta‘lim: 2-bosqich. Oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta‘lim; 3-bosqich. Maktab, akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlarida ekologik ta’lim; 4-bosqich. Oliy o‘quv yurtlaridagi ekologik ta’lim; 5-bosqich. Oliy ta’limdan kеyingi bosqichi kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirib borishda ekologik ta’lim. Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi biror yеrga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini unutmasligi kеrak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kеlajakka umid bilan qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi-murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’limni kеng qo‘llashda mahallalarda, bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘z qo‘llari bilan bog‘lar yaratib ularni parvarish qilishni yoshligidan o‘rgatib borilsa va atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini parvarish qilib borsa o‘quvchilarda vatanga nisbatan mеhr uyg‘onadi, atrof-muhitga har xil chiqindilarni tashlamaslik to‘grisida tushunchalar shakllanadi. Bu masala hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kеlajakdagi avlod sog‘lom bo‘lishi uchun kafolat bеradi. Ekologik bilimlarni tashviqot qilish, о‘quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish sinf va maktabdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi tо‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bо‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi[9]. О‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: - dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish usuli va kо‘nikmalarini shakllantirish yо‘llarini belgilab olish; - dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga kо‘ra bosqichlarga bо‘lib tashkil etish; - dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayoni bosqichlariga mos keladigan usullarni tanlash; - ekologik maqsad asosida ta’lim yо‘nalishining fanlararo uyg’unlashgan ekotizimni ta’minlash; - ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish. Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagi natijalarni beradi: - о‘quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkurni shakllantiradi; -о‘quvchilarning axloqiy sifatlarini о‘stiradi va ularni komil inson qilib tarbiyalaydi[14]. Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi. Ekologik ta’lim: - o‘quvchilarning tabiat gо‘zalliklarini sevishi, estetik zavq olish ruhida tarbiyalash; - jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat о‘rtasidagi murakkab о‘zaro munosabatlar va inson xо‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish; - o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish. Ekologik tarbiya esa: - о‘quvchilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda muayyan kо‘nikma va malakalarni hosil etish; Ekologik ta’lim mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: -tabiat haqidagi bilimlarni egallash; -tabiatning jamiyat va inson uchun har tomonlama qadriyat sifatida tushunish; -tabiiy muhitga doir axloqiy meyorlarni bilish; -tabiat bilan muloqotda bо‘lish ehtiyojlarini rivojlantirish; -ekologik muhitni yaxshilashga doir faoliyatni takomillashtirish; -tabiatga yangicha madaniy munosabatni shakllantirish hamda yoshlarning ekologik savodliligini amalga oshirish[15]. Tabiat bilan jamiyatning о‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish о‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bо‘yicha dunyo qarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. О‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi о‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi. O’quvchilarda ekologik bilimlarni egallashga zarur asosni yaratish uchun maktab geografiya kurslarida ekologik bilimlarni yetarlicha berilishini tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ekologik tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik masalalari Respublikamizdagi eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni hal qilishning samarali yo’llarini, jumladan, ekologik ta’lim va tarbiyaning ustuvorligini alohida ko’rsatib o’tganlar[13]. Hozirgi kunda insoniyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida birlashtiruvchi yangi mafkura-ekologik mafkura shakllanmoqda. Ekologik mafkura nafaqat umuminsoniy, balki tabiat va inson xayoti uchun yagona bo’lgan umumxayotiy qadriyatlarga tayanadi. Buning uchun o’quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’zgartirish madaniyatidir. Umumta’lim maktablari o’quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 1. O’quvchining hissiyotiga ta’sir etish; 2. O’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish; 3. O’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni shakllantirish; 4. Ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish; 5. Olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash. malaka va ko’nikmalarni shakllantirish zarur va x.k. Bunday sifatlarni o’quvchi yoshlarda shakllantirish uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta’limni takomillashtirish, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi va boshqaruvchisi oqkituvchidir, mustaqil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni yaxshilashda ekologik ta’lim va tarbiya muhim rol о‘ynaydi. Turli mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari kо‘p jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga ham bog‘liqdir[2]. Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta’lim va tarbiya bog‘chadan oliy о‘quv yurtigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr insonlarga oqibat demakdir. XULOSA. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Fidokor gazetasi muxbiri savollar javob – T.: O’zb 2000. – 40 b. 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: O’zbekiston, 2008. – 176 b. 3. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Islom Karimovning Oliy Majlisining 1997 IX sessiyasida so’zlagan nutqi. – T.: Sharq, 1998. – 3 –19 b. 4. «Ta’lim to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni». – T., 1997 yil 29 avgust 20-29 b. 5. Asqarov M, Xaytboyev M, Nishonov M. Pedagogika. Darslik. T.׃Talqin, 2008.-289 bet Elektron ta’lim resurslari 1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. uz 4. tdpu-INTRANET. Ped Download 67.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling