Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Download 399.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Vasila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari Start
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon beradi. yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. B u texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
● Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki,ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikasiyatexnologiyalari, dasturiy ta'minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlarko'rsatishni o'z ichiga olgan axborotkommunikasiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ul ar ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.
Back Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi Bugungi kunda ijtimoiy turli ko’rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo’lib ,uning jamiyatda tutgan o’rni bexisobdir. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi. E’tiboringiz uchun rahmat! Vasila Qilicheva Download 399.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling