Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Shrift o’lchamning tuzilmasi


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

Shrift o’lchamning tuzilmasi quyidagi majburiy qismlardan iborat: 
- shrift nomining har qanday variantlari to‘g‘risida ma‘lumot (ishchi nomi, 
garnituraning nomi, yozilishning nomi, shriftning to‘liq nomi, amaliy dasturlar 
bilan qabul qilinadigan shriftning nomi va indekslari); 
- shriftni yaratuvchilari to‘g‘risida ma‘lumot; 
- ma‘lumotni ro‘yxatga olish (shriftlarni ta‘riflash tizimlaridan birida shriftning 
kodi, to‘laligi, qiyalik burchagi va shriftning proportsionalligi); 
- shrift to‘g‘risida statistik ma‘lumot (simvollar soni). 
Metrik parametrlarni ta’riflash sohasi simvollarning barcha o‘lchamlaridan 
iborat (simvollarning eni, simvollarni raqamli ta‘rifini barcha nuqtalari 
joylashadigan minimal qamrab oluvchi to‘g‘ri burchaklar, kerning va treking 
to‘g‘risidagi ma‘lumot). Ayrim o‘lchamda, masalan Ture 1 o‘lchamda treking va 
kerning to‘g‘risidagi ma‘lumot alohida faylda saqlanadi. 
Kodli jadvallar joylashadigan kodlash tizimining ta‘riflash doirasi. Simvollarni 
belgilab chiqish ta‘rifining doirasi simvollarni sifatli ishlash uchun zarur bo‘lgan 
ularni belgilash to‘g‘risidagi ma‘lumotdan iborat. 
Simvollarni ta’riflash doirasi – simvollar ta‘riflanadigan shrift faylning asosiy 
qismi. 
Shriftlarni ta’riflash usullari 
Rastrli shriftlarda shrift belgilarining ko‘rinishi har xil rangga bo‘yalgan 
pikselarning (pixels) muayyan sonidan iborat. 
Rastrli shrift 


117 
Bunday rangdagi shriftlarga faqat ikkita – simvollarning rangi (1) va fonning rangi 
(0) muvofiq. Shunday qilib ekranda tasvirlanadigan har qanday simvolni bit 
kartaning (bitmap) nol va bir raqamidan iborat bo‘lgan to‘g‘ri burchak jadval 
ko‘rinishida ifodalash mumkin. 
Jadvaldagi elementlarning soni monitor ekranidagi simvolning o‘lchamiga bog‘liq 
(1pt monitorning aksariyat turlari uchun 1/72 dyuymga teng). Masalan, 12 pt kegel 
bilan simvolni tasvirlash uchun balandligi 12 satr bo‘lgan bitmapga ega bo‘lish 
kerak; 8 pt –8 satr. 
Ayrim yozilishlar va ayrim o‘lchamlar uchun simvollarning barcha 256 bit 
kartalaridan bo‘lgan jadval bitmap font (bitmap –shrift) deyiladi. 
Rastrli shriftlarni ishlatish rasm solish tezligini ta‘minlaydi, lekin ular 
masshtablanmaydi, chunki simvolni tamomila ob‘yekt kabi tahrir qilish, ya‘ni 
uning keglini o‘zgartirish mumkin emas, biroq simvol tashkil etiladigan alohida 
nuqtalarni tayyorlash yoki bitta bitmap – shrift uchun bir nechta kegellarni 
ishlatish kerak, bu esa ularning xotirasini saqlashga sarflash nuqtai nazardan 
behudadir. Bundan tashqari yuqori imkonli qobiliyatda qayta ishlash uchun yaroqli 
bo‘lgan bit kartalar ko‘rinishida simvol namunalarini uzatish ham samarali emas. 
Rastrli shriftlar menyu satrlarida, dialog oynalarida va tizimli xabarlarda matni 
tuzish uchun eng operativ tizim bilan ishlatiladi. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling