Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish


Kutubxona texnologiyalarining korporativ asosda rivojlanishi


Download 464.2 Kb.
bet3/15
Sana17.06.2023
Hajmi464.2 Kb.
#1520270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Kutubxona texnologiyalarining korporativ asosda rivojlanishi
Elektron texnologiyalarning va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi kutubxonalarda nashrlarni kataloglashtirish va elektron kataloglar yaratish jarayonlarini yangi tamoyillar asosida tashkil qilish imkoniyatini yaratmoqda. Bu esa o‘z navbatida kataloglashtirishda takror va takror bajariladigan ishlarni keskin qisqartirishga va bu orqali mehnat sarfini kamaytirishga erishilmoqda. Kataloglashtiruvchilar mehnatini oqilana taqsimlash va olingan natijalardan birgalikda foydalanish, moliyaviy mablag‘lardan optimal foydalanishga olib keladi. Yig‘ma kataloglar yaratishdagi jahon tajribasi ham buni ko‘rsatib turibdi. Masalan AQSH da, OCLC, RLIN, WLN, Fransiyada-ABES, Buyuk Britaniyada- CURL, Niderlandiyada- PICA va Italiyada- «Yig‘ma katalog instituti» bunga misol bo‘la oladi. Bu markazlar faoliyatining umumiy sxemasi quyidagicha: elektron shakldagi bibliografik tavsif faqat bir marotaba, qaysi kutubxona nashrga birinchi bo‘lib ishlov bergan bo‘lsa o‘sha tomonidan yaratiladi. Boshqa kutubxonalar esa tayyor yozuvlardan (to‘liq yoki qisman) o‘zlarining elektron kataloglarini to‘ldirishda foydalanishadi. Zarur hollarda ular bu yozuvlarni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra to‘ldirishlari (o‘zgartirishlari) mumkin, zero kutubxonalar predmetlashtirish va sistemalashtirishning turli tizimlaridan foydalanishadi. Kataloglashtirish ishining bunday tashkil qilinishidan hosil bo‘ladigan eng katta yutuq bu - kutubxonalar elektron katalog yaratishda bir-birlariga ko‘maklashishlari orqali o‘z kataloglarini ham yarata boradilar. Iqtisodiy jihatdan bu ish barcha kutubxonalar manfaatiga mos keladi. Shunday qilib korporativ kataloglashtirish tizimida qatnashuvchi kutubxonalar yagona elektron katalogga ega bo‘lishadi va bu elektron katalog mamlakat miqyosidagi yig‘ma elektron katalog vazifasini bajara boshlaydi. Masalan AQSH dagi OCLC yig‘ma elektron katalogi dunyodagi 63 davlatning, 20 mingdan ortiq kutubxonalarning kuchi bilan yaratilgan bo‘lib uning tarkibida 35 milliondan ortiq nashr xaqida ma’lumotlar bor. Bu axborotlar o‘z ichiga, insoniyat tomonidan 9-asrdan to hozirgi kunga qadar yaratilgan ma’lumotlarni oladi. Umuman olganda bu katalogni jahon yig‘ma elektron katalogi deb hisoblash mumkin. Bunday yig‘ma elektron katalog yaratish va foydalanishda qatnashish kutubxonalarni minimal moliyaviy mablag‘ sarf qilib tezkor va samarali xizmat ko‘rsatishini, adabiyotlarga ishlov berishni, elektron kataloglar va maxsus ma’lumotlar bazalari yaratishni ta’minlaydi va kutubxonalar aro abonementni tashkil qiluvchi zamonaviy ish quroli bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda bunday yirik tizim hali yaratilmagan. Ammo, Toshkent shahridagi bir necha kutubxonalar ixtiyoriylik asosida konsorsiumga birlashib Respublikamizdagi ilk yig‘ma elektron katalog yaratishga kirishdilar. Bugungi kunda jaxonda korporativ texnologiyalarning kataloglashtirish va adresli-axborotlar ma’lumotlari, hujjatlarni elektron shaklda yetkazib berish, retrospektiv konversiya va fondni butlashning korporativ texnologiyalari kabi ko‘rinishlari keng tadbiq qilinmoqda. Demak kutubxona-axborot tizimlari va texnologiyalarni rivojining hal qiluvchi tendensiyalaridan biri bu ularning korporativ asosda rivojlanishi ekan.

Download 464.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling