Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish


Download 464.2 Kb.
bet8/15
Sana17.06.2023
Hajmi464.2 Kb.
#1520270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Axborot ta’minoti. Har qanday kutubxonani avtomatlashtirishga mo‘ljallangan tizim samarali ishlashi uchun u tegishli axborotlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Axborot ta’minoti (AT)ga axborot massivlari majmui, bibliografik axborotlar tasnifi va kodlashtirish, bibliografik formatlar, ma’lumotlar bazasi kiradi.
Masalan, ИРБИС tizimining axborot ta’minoti quyidagi ma’lumotlar bazalaridan iborat:

  • fondni butlash (komplektovaniye) – CMPL;

  • elektron katalog bazasi – IBIS;

  • kitobxonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar – RDR;

  • byurtmalar bazasi – RQST;

  • ruknlar bazasi – GRNTI – HELP;

  • avtoritet fayllar bazasi – ATHRA va boshqalardan iborat.

Bunday ma’lumotlar bazalarini shakllantirmasdan turib KAT samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi. O‘z navbatida ma’lumotlar bazalariga kiritilaѐtgan axborotlar standartlashtirilgan bo‘lishi zarur. Masalan, tizimda foydalaniladigan so‘zlarning (atamalarning) qisqartmalari. Rossiyada ruscha so‘zlarning qisqartirilgan shaklda ishlatish standarti qabul qilingan va u IRBIS tizimida foydalaniladi.
Lingvistik ta’minot. Lingvistik ta’minot - bu AAKTda ishlatiladigan til vositalari majmui bo‘lib u o‘z ichiga atamalar, tushunchalar, yuqori darajadagi tillarni, kodlashtirish tillarini va bibiliografik axborot tavsifini oladi. AAKT lingvistik ta’minoti quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • klassifikatsiyali axborot qidiruv tili (UDK, BBK, DKD);

  • og‘zaki axborot qidiruv tili (ochqich so‘zlar tili, mavzular bo‘yicha ruknlar tili);

  • tavsiya-uslubiy hujjatlar (masalan, kommunikativ format maydonlarini to‘ldirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, ochqich so‘zlarni indekslash va h.k.z);

Tashkiliy – ta’minot. AAKTning samarali faoliyat ko‘rsatishida tashkiliy - ta’minotining o‘rni beqiѐsdir. Bunday ta’minotsiz AAKT faoliyatini tasavvur qilish juda mushkul. KAT ni kutubxonaga tatbiq qilish bosqichlarini aniqlash, texnologik jaraѐnlar orasidagi funksional bog‘liqliklarni aniqlash, KAT bazalarini yuritish va umuman olganda AAKTni samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan barcha tashkiliy ishlar, nizomlar, yo‘riqnomalar va kerakli texnologiyalar majmui AAKTning tashkiliytexnologik ta’minotiga kiradi.
Tashkiliy ta’minot – avtomatlashtirilgan kutubxonaning tashkiliy tuzilishi va lavozimlar uchun yo‘riqnomalar majmuini o‘z ichiga olgan va kutubxonani bir maromda ishlashi uchun zarur bo‘lgan farmoyish va boshqa rasmiy hujjatlardir. Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi undagi turli bo‘limlarning faoliyatini (o‘zaro aloqasini) tartibga soladi. Kutubxonada avtomatlashtirish vositalari paydo bo‘lishi bilan u yerda yangi (avtomatlashtirish, elektron kataloglashtirish, kompyuterlashtirilgan o‘quv zallari va h.k.z.) bo‘limlar tashkil etiladi. Demak kutubxonaning tashkiliy infrastrukturasi o‘zgaradi. Kutubxona eng zamonaviy texnika vositalariga ega bo‘lishi mumkin, ammo mehnat to‘g‘ri tashkil etilmasa, bu texnika vositalaring asosiy funksiyalari bajarilmasligi mumkin. Oqibatda avtomatlashtirilgan kutubxonaning samarasi kutilgandek bo‘lmaydi.

Download 464.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling