Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish
Korporativ kutubxona-axborot tizimi (ѐki tarmog‘i)
Download 464.2 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Korporativ kutubxona-axborot tizimi (ѐki tarmog‘i) - bu ma’muriy va xo‘jalik yuritish jihatdan mustaqil bo‘lgan bir qator ARMlarning (kutubxonalar, axborot markazlari) ixtiѐriylik asosida tashkil topgan birlashmasi bo‘lib, ular funksional masalalarni, xususan, foydalanuvchilarga kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish va shunga o‘xshash bir qator masalalarni hal qiladilar. Bunda birinchi navbatda, kutubxona-axborot resurslarini yaratish va ulardan birgalikda foydalanish, jumladan, bosma nashrlarni hamda kichik tirajdagi adabiѐtlarni korporativ kataloglashtirish masalalari yechiladi. Bunday tipdagi kooperatsiyada korporatsiya a’zolari orasida hech qanday moliyaviy munosabatlar bo‘lmaydi. O‘zbekistonda bunday tipdagi korporatsiya Toshkent shahridagi bir qator yetakchi kutubxonalar ishtirokida tuzilgan. Kataloglashtirish bo‘yicha kutubxonalar korporatsiyasining modellari:
1. Yagona bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan kutubxonalar korporatsiyasi. 2. Taqsimlangan bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan kutubxonalar korporatsiyasi. Yagona bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan kutubxona korporatsiyasining afzalliklari: yagona bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan korporatsiya ishtirokchilari bir xildagi kutubxonani avtomatlashtiruvchi tizim asosida elektron bibliografik resurs yaratadilar. Ma’lumotlar bazasini boshqarkvchi tizimning yagonaligi korporatsiya ishtirokchilaning umumiy bazani shakllantirishlarida va undan birgalikla foydalanishlarida hech bir “shlyuz” ya’ni qo‘shimcha dasturiy vositadan foydalanishni talab qilmaydi. Yagona bazadagi har qanday ma’lumot ixtiѐriy kutubxonadagi tizim bazasiga hech bir cheklovsiz eksport/import qilinishi mumkin; elektron resurs yaratishdagi bunday ѐndashuv EK bazasidagi tayѐr ѐzuvlardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni birinchi bo‘lib EK bazasiga kiritilgan ѐzuv boshqa korporatsiya ishtirokchilari tomonidan kiritilmaydi, mavjud bibliografik ѐzuv ko‘chirib olinadi va u mahalliy axborotlar bilan to‘ldiriladi (masalan, inventar nomer, kitobning nusxasi va boshqalar); KBK ѐki UDK bo‘limlari bo‘yicha (ѐki boshqa bir me’ѐr asosida) ishlar taqsimlanib olinishi va belgilangan tartib qoidalar asosida EK bazasini shakllantirish yagona bibliografik resurslar bazasini yaratish va undan birgalikda foydalanish samarasini oshiradi. Yagona bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan kutubxona korporatsiyasining kamchiliklari: Korporatsiya ishtirokchilarining malakalari turlicha bo‘lganligi sababli yaratilaѐtgan bibliografik ѐzuvlarning sifati turlicha bo‘ladi bu holat yagona bibliografik ma’lumotlar bazasining umumiy sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Yagona bibliografik ma’lumotlar bazasi asosida ish tashkil qilinganda kommunikatsion qurilmalar va aloqa vositalarining ham beto‘xtov va sifatli ishlashi talab etiladi. Kataloglashtiruvchilar tarmoq vositalarining ishlashiga bog‘langan bo‘lib qoladi. Bunday usuldan foydalanish kommunikatsion va tarmoq texnologiyalari juda rivojlangan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq. Taqsimlangan bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan kutubxonalar korporatsiyasining afzalliklari: Taqsimlangan bibliografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan kutubxonalar korporatsiyasi kutubxonalarni avtomatlashtiruvchi turli tizimlardan foydalanishlari mumkin. MBBT ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday holda ikki tipdagi KAT orasida ma’lumotlarni eksport/importi uchun Z39.50 protokolidan foydalaniladi. Kutubxonalar bunday usulda korporatsiya tashkil qilganlarida har bir korporatsiya ishtirokchisi o‘zining mustaqil bazasiga ega bo‘ladi. Yig‘ma elektron katalog yaratuvchilar KBK (UDK) ѐki boshqa biror bir kelishuv asosida ishni taqsimlab mustaqil ravishda EK bazasini shakllantira boradilar. Kelishilgan muddatlarda korporatsiya ishtirokchilari bibliografik ѐzuvlarni almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2-rasm. Viloyat axborot-kutubxona markazlari va Alisher Naviy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ishtirokidagi korporativ kataloglashtirish modeli Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling