Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish
Download 464.2 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Yig‘ma katalog. Kataloglashtirish kutubxonaning serxarajat jaraѐnlaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan g‘arb mamlakatlarida bu jaraѐn bo‘yicha sarfxarajatlarni kamaytirish uchun kataloglashtirish tizimi yaratila boshlandi. Misol uchun, AQSH ilmiy kutubxonalari, o‘z fondlariga kelib tushaѐtgan adabiѐtlarning faqat 10-20 foizinigina mustaqil kataloglashtirib, qolganlarini ular bibliografiyalashtiruvchi agentliklardan ѐki OCLC, RLN, WLN va boshqa shu kabi kooperatsiyalashgan tizimlardan oladilar. Har bir kutubxona mos texnik va dasturiy vositalarni olgandan so‘ng, o‘zlarining xususiy elektron katalogini yaratishni boshlaydi. Biroq bitta shahar, tuman ѐki butun mamlakat miqѐsida qaraganda juda ko‘p adabiѐtlar mavjudki, ular ko‘pgina kutubxonalar, ayrim hollarda esa barcha kutubxonalar fondlariga kiritilgan.
Elektron kataloglarni shakllantirish katta sarf-xarajatlarni talab qiladi. Bunda har xil manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, bitta kartochkani elektron shaklga o‘girish tannarxi 1-3 AQSH dollariga baholanadi. Biroq EK yaratish kechiktirib bo‘lmaydigan jaraѐn, chunki kutubxona fondlarini to‘ldirish va uning kitobxonlar foydalanishi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash birinchi darajadagi ishdir. Turli kutubxonalardagi Elektron kataloglarda ѐzuvlarning takrorlanishidan qanday qutulish mumkin? Butun respublika, shahar ѐki hudud miqѐsida fondlarda mavjud adabiѐtlar haqidagi to‘liq ma’lumotni qanday olish mumkin? Bu muammoni hal qilishga yig‘ma elektron katalog (ѐki sodda qilib yig‘ma katalog) yaratish ѐrdam beradi. Yig‘ma katalog yaratishning asosiy shartlaridan biri korporativ axborot tizimini yaratish hisoblanadi. Bunday tizim quyidagilarni ta’minlashi zarur: a) yetakchi kutubxonalarga kelib tushuvchi nashrlarni hamkorlikda kataloglashtirish va klassifikatsiyalash; b) bibliografik ma’lumotlarning yig‘ma bazasini shakllantirish va kuzatuv nazarotini olib borish hamda ularga Internet vositalari bilan tarmoq rejimida onlayn muloqotini berish; c) kutubxonalarning bibliografik ѐzuvlarini MARC (USMARC, UNIMARC) formatlarida ayirboshlash. Yig‘ma katalogning samaradorligi quyidagilarda ko‘rinadi: kutubxonalar o‘z lokal elektron katalogini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; yig‘ma katalogni shakllantirishda kooperatsiyaga kirgan har bir ishtirokchi kutubxonaga boshqa ishtirokchi kutubxonaning axborotkutubxona zahiralari (EK)dan foydalanish huquqi beriladi; yig‘ma katalogning tayѐr ѐzuvlaridan foydalanish yo‘li bilan nashrlarni kataloglashtirishga sarflanadigan og‘ir mehnat qisqartiriladi; tezkor bibliografik qidiruv imkoniyati paydo bo‘ladi; axborot fondlari va zahiralarini samarali ayirboshlash imkoniyati yaratiladi; Har xil axborot mahsulotlari (ko‘rsatgichlar, biror mavzu bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va h.k), xususan, milliy nashr solnomasini yaratishga imkon tug‘iladi. Yig‘ma katalog yaratish juda ham oddiy masala emas. Buning uchun bir qator muhim muammolarni yechish zarur bo‘ladi xususan: nashrlarning unifikatsiyalangan bibliografik tasvirini va halqaro MARC(UNIMARC, USMARC) formatlari asosida bibliografik ѐzuvlarni ayirboshlash bo‘yicha milliy formatni tashkil qilish; nashrlarni indekslash, tasniflash tizimi va korporativ kataloglashtirish texnologiyasini ishlab chiqish; lokal kataloglarning axborot yakdilligini ta’minlash, indekslash va qidiruv sistemalari yaratish maqsadida lingvistik ta’minot (tabiiy til sinonimlari va o‘zaklarining lug‘ati, diskreptor lug‘ati va avtoritet fayllar) ishlab chiqish; Internetga chiqish imkoniyati bilan Intranet texnologiyasi bo‘yicha kutubxonalarning axborot korporativ kompyuter tarmog‘ini yaratish; ma’lumotlarning konseptual va mantiqiy modelini, katalogining yig‘ma bibliografik ma’lumotlar bazasini yuritish texnologiyasi va instrumental vositasini yaratish; WWW-tarmoq standart vositasi orqali foydalanuvchilarning katalog ma’lumotlar bazasiga onlayn usulda kirishini ta’minlash; USMARC va UNIMARC formatlarida mamlakatimizdagi va chet ellardagi kutubxonalar orasida bibliografik axborotlar ayirboshlashni ta’minlash.
Yig‘ma EKni bunday modeli asosida shakllantiraѐtgan ARM bir xildagi KATdan (masalan ИРБИС) foydalanaѐtgan bo‘lishi kerak. Turli MBBT asosida yaratilgan turli KATlardan foydalanaѐtgan ARM uchun quyidagi model taklif qilinadi. Bu yerdagi KATlarning MBBT turlicha bo‘lgani sababli axborotlarni almashtirish maxsus yaratilgan Z39.50 protokoli orqali bajariladi. Yig‘ma elektron katalog yaratishda bunday usuldan foydalanilganda korporatsiya a’zolari masofadan kirish modulidan foydalangan holda o‘zaro bibliografik ma’lumotlarni almashtiradilar. Masofadan kirish moduli (MKM) bu maxsus yaratilgan dasturiy vosita bo‘lib, u Internet (ѐki Intranet) tarmog‘i orqali korporativ tizimdagi ARM, AKM va kutubxona tizimlarini birlashtirishga mo‘ljallangan. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling