Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimini ishlab chiqish
III BOB. AXBOROT KUTUBXONA VA AXBOROT RESURS MARKAZLARI KORPORATIV HAMKORLIGI MODELLARI
Download 464.2 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTINING AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
III BOB. AXBOROT KUTUBXONA VA AXBOROT RESURS MARKAZLARI KORPORATIV HAMKORLIGI MODELLARI
3.1 Korporativ kataloglashtirish algoritmi Avtomatlashtirilgan axborot – kutubxona sistemasi (AAKS) elektron katalog bazasini shakllantirishda hamkorlikda elektron bibliografik resurslar yaratish va ulardan birgalikda foydalanishning ahamiyati katta. Jahondagi yirik kutubxonalar o‘z elektron kataloglarini shakllantirishda ushbu usuldan samarali foydalanmoqdalar. Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq O‘zbekiston kutubxonachilik ishida o‘ziga xos vaziyat paydo bo‘lganki ARM, AKM va kutubxonalarda elektron katalog bazasini shakllantirishda korporativ kataloglashtirish usulidan foydalanish juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va funksional samara beradi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron katalogidagi bibliografik ѐzuvlar soni 100 000 dan ortib ketgan. Respublikadagi bir necha yirik kutubxonalarning ham elektron katalogidagi ѐzuvlar soni o‘rtacha 30 000 atrofida va ayni paytda juda ko‘plab ARM, AKM va kutubxonalarda elektron katalog bazasini shakllantirishga tayѐrgarlik ishlari boshlangan. Xususan, respublika viloyatlaridagi AKM larining elektron katalog bazalarini shakllantirish bo‘yicha shu paytga qadar jiddiy biror-bir ish qilinmagan. Ko‘pchilik AKM avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi bilan ta’minlanmagan. Shunday sharoitda tayѐr elektron bibliografik resurslardan foydalanib o‘z katalogini shakllantirish kataloglashtirish ishini tezlashtiradi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi viloyatlardagi AKM lari bilan korporativ kataloglashtirish bo‘yicha bitim imzolab, Milliy kutubxonaning elektron bibliografik resurslaridan foydalanib o‘z elektron kataloglarini shakllantirishga kirishsinlar. Bunday holda elektron bibliografik ma’lumotlar ИРБИС tizimining bazasidan o‘z tizimlarining bazasiga eksprot qilishlari kerak bo‘ladi. Agarda AKMdagi AKATda IRBIS sistemasi ishlatilaѐtgan bo‘lsa ma’lumotlarni eksport/importida hech bir muammo tug‘ilmaydi. Agarda AKM ning AKATda boshqa bir dasturiy vosita ishlatilaѐtgan bo‘lsa u holda eksport/import operatsiyalarini bajarish uchun bibliografik ma’lumotlarni almashtirishga mo‘ljallangan Z 39.50 protokolidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. AKMning kataloglashtiruvchisi Internet (ѐki Intranet) tarmog‘idagi ma’lumotlar bazasiga masofadan kirish moduliga (MKM) murojaat qiladi. MKM dagi elektron katalogdan o‘ziga kerakli adabiѐtni qidiradi: dastlab, kitobning ‖ISBN – kitobning xalqaro standart nomeri (ѐki ISSN)‖ bo‘yicha qidiradi, qidiruv natija bermasa, kitobning sarlavhasi, muallifi bo‘yicha qidiradi. Topilgan hujjatning bibliografik tavsifini o‘z elektron katalogi bazasiga ko‘chirib o‘tkazadi va bibliografik tavsifni o‘z kutubxonasiga tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldiradi (masalan, kitob nusxalar soni, qaysi bo‘limga berilganligi, kitob maqomi “statusi”). Agarda izlanaѐtgan hujjat elektron katalog ma’lumotlar bazasida bo‘lmasa, izlanaѐtgan kitobning to‘liq bibliografik tavsifi elektron katalog bazasiga kiritiladi. Shunday qilib, kataloglashtiruvchi mavjud ma’lumotlar bazasidan o‘ziga kerakli bibliografik ma’lumotlarni tanlab, keraklisini ko‘chirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Elektron kataloglashtirishning bunday usulidan foydalanish kataloglashtirish jaraѐnini tezlashtirish bilan cheklanib qolmay, yaratilaѐtgan ma’lumotlar bazasini sifatini ham yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Kataloglashtirish jaraѐnida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini oladi.
Ushbu algoritmdan bir xildagi avtomatlashtirilgan kutubxona – axborot sistemasidan foydalanuvchi AKM, ARM va kutubxonalar foydalanishi mumkin. Korporativ kataloglashtirishda turli AAKS lardan foydalanilganda bibliografik ma’lumotlarni almashtirish uchun Z 39.50 protokoli ishlatiladi. Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining ARMlari tomonidan obuna bo‘lingan davriy nashrlar tarkibini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligi (taxminan 50 – 60 % bir xil nomdagi davriy nashrlardir, ularga har bir oliy o‘quv yurtidagi ARM mustaqil ravishda ishlov bersa, 50 – 60 % axborot takror kiritilaѐtgan bo‘ladi. DNlarga korporativ ishlov berish orqali yig‘ma elektron katalogi tashkil qilinsa, har bir ARM o‘zaro kelishuv asosida ma’lum bir DNni tanlab olib elektron bibliografik resurs yaratishga kirishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday usulda elektron bibliografik resurslar yaratishning iqtisodiy, funksional, ijtimoiy samarasi juda katta bo‘ladi. Turli davlatlarda chop qilinaѐtgan davriy nashrlarga korporativ kataloglashtirish texnologiyalari asosida ishlov berish uchun mamlakatda chop etilaѐtgan davriy nashrlarning yig‘ma elektron katalogi UNIMARC formati talablari asosida yaratilgach OCLC tizimiga a’zo bo‘linadi. OCLCga a’zo bo‘lish chet ellardan olinaѐtgan kitoblar, davriy nashrlar va boshqa hujjatlarning tayѐr bibliografik ѐzuvlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. OCLCga a’zo bo‘lgan Yevropadagi juda ko‘plab kutubxonalar serxarajat kataloglashtirish ishidan voz kechib tayѐr bibliografik ѐzuvlardan foydalanishga o‘tganlar. Shunday qilib, korporativ ishlov berish texnologiyasidan foydalanish elektron katalog va ma’lumotlar bazalarining axborotlar hamda lingvistik mosligini ta’minlashni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida kataloglashtirish xarajatlarini keskin kamaytirishga, xizmat sifatini yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Axborot texnologiyalarining kutubxonalarga jadallik bilan kirib kelishi kutubxona fondlarini Internet resurslari bilan to‘ldirish imkoniyatini yaratdi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib ma’lum bir sohalarga mo‘ljallangan elektron kutubxonalar yaratishga katta ehtiѐj paydo bo‘ldi. Internetning boy resurslaridan foydalanish va kerakli axborotlarni avtomatlashtirilgan tizimning bazasiga ko‘chirib o‘tkazish, kataloglashtirish va elektron kataloglar ѐrdamida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishga o‘tish davr talabiga aylandi. Ta’lim tizimida Internet resurslaridan foydalanish, uzluksiz ta’limni alternativ bilimlar manbalari bilan ta’minlashga kuchli ehtiѐj paydo bo‘ldi. Internetning bepoѐn kengliklaridan kerakli axborotlarni izlab topish, topilgan axborotlarni kataloglashtirish ya’ni internetdan olingan ma’lumotlarning to‘liq matnli elektron bazalarini yaratish ancha murakkab masalaga aylangan. Oliy o‘quv yurtining professor – o‘qituvchisi Internetda qidiruv bajarishi va o‘ziga kerakli ma’lumotlarni tarmoqdan saralab olishi mumkin, ammo bu ma’lumotlarni kataloglashtirishga kelganda professor – o‘qituvchilarning malakasi yetishmay qoladi. Ayni paytda oliy o‘quv yurti ARM kutubxonachisining Internetdan professor – o‘qituvchiga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishiga malakasi yetishmaydi, ammo bu kutubxonachi topilgan elektron resursni talabga javob beradigan tarzda kataloglashtirishi mumkin. Shunday qilib, Internetdan qidirib topiladigan ma’lumotlarni kataloglashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Quyida ushbu muammoni hal qilish yo‘lini ko‘rib chiqamiz. Internetdan qidirib topilgan elektron resursni kataloglashtirishni ikki bosqichda amalga oshirish taklif qilinadi: birnchi bosqichda professor – o‘qituvchi tomonidan kerakli axborotlar Internetdan qidirib topiladi va “Dublin Core” formatida resursning tavsifi yaratiladi. Bizga ma’lumki, bir muallifli kitobni “UNIMARC” formatida tavsiflash uchun o‘rtacha 100 ta maydon to‘ldiriladi. “Dublin Core” formatidan foydalanib hujjat tavsifini yaratganda 15 ta maydon to‘ldiriladi xolos. Shunday qilib, oliy o‘quv yurtining professor – o‘qituvchisi Internetdan o‘ziga kerakli axborotlarni qidirib topadi va uni “Dublin Core” formati asosida kataloglashtiradi. “Dublin Core” asosida yaratilgan bibliografik ѐzuv maxsus konverter dasturi asosida ISO – 2709 shaklda maxsus papkada saqlanadi. Demak, Internetdan kerakli ma’lumotlarni izlash, ―Dublin Core‖dan foydalanib bibliografik ѐzuv yaratish va uni ISO – 2709 shaklda maxsus papkada saqlash vazifali professor – o‘qituvchi zimmasida qoldiriladi. Ikkinchi bosqichda ARMning kutubxonachi kataloglashtiruvchisi maxsus papkada saqlangan fayli AKATning elektron katalog bazasiga “import” qiladi. “Dublin Core” asosida yaratilgan bibliografik ѐzuv “UNIMARC” asosidagi bazaga ko‘chib o‘tadi. Kataloglashtiruvchi AKAT elektron katalogi bazasiga ko‘chirib o‘tkazilgan bibliografik ѐzuvni tahrir qiladi, tegishli maydonlarni to‘ldiradi (sistemaga solish, klassifikatsiyalash, predmet ruknlarini aniqlash, bilimlar sohasini) va boshqa bir qator identifikatsion ma’lumotlarni kiritadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda ―Dublin Core‖ asosida tavsif qilingan bibliografik ѐzuv, kataloglashtiruvchi mutaxassis tomonidan tegishli ishlov berish orqali to‘ldiriladi. Elektron resurslarni kataloglashtirishda ikki bosqichli usulni qo‘llash birinchidan Internet tarmog‘idan olingan axborotlarni kataloglashtirish sifatini va tezligini oshiradi. Kataloglashtirishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning oldini oladi va ayni paytda kataloglashtirish xarajatlarini kamaytiradi. Quyida Internet tarmog‘idan topilgan hujjatni avtomatlashtirilgan axborot – kutubxona tizimining elektron katalogi bazasiga ko‘chirib o‘tkazish algoritmi keltirilgan. Download 464.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling