Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi
Axborot texnologiyalaining rivojlanish bosqichlari
Download 250.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-маъруза backup
2. Axborot texnologiyalaining rivojlanish bosqichlari Kishilik jamiyati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kasbiy ko‗nikmalar asosan shaxsiy namuna ko‗rsatish bilan ―Men kabi harakatlan‖ tamoyili asosida boshqalarga uzatilgan. Axborotlarni uzatish shakli sifatida diniy (ritual) o‗yin va qo‗shiqlardan foydalanilgan. Axborot texnologiyalari rivojlanishining birinchi bosqichi axborotlarni moddiy tashuvchilarda uzoq saqlash usullarini yaratilishi bilan bog‘liq. Ov qilish va tirikchilikka xos bo‗lgan g‘ordagi tasvirlar 25-30 ming yillar avval bajarilgan. Oy kalendari, o‗lchov uchun turli xil kesik va belgilar 20-25 ming yillar avval suyaklarga o‗yib tasvirlangan. Moddiy ob‘ektlarga ishlov berish va axborotlarni ro‗yxatga olish vositalarini paydo bo‗lishi orasidagi davr tahminan million yillar atrofida hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, insonlarni axborot shakllari bilan ishlash davri sivilizasiya mavjudligining bor yo‗g‘i 1 %ni tashkil qiladi. Bundan abstrakt axborot masalalarini echish uchun axborotlarni moddiy ob‘ektlardagi tasvirlar ko‗rinishida taqdim etish holatlarida bir zumda inson samaradorligi ortib ketishi sabablari ma‘lum bo‗ladi. Bu holatda insonning sivilizasiya davrining avvalgi 99 %ga tegishli bo‗lgan xissiyotlari sohasi ishga tushib ketadi. Axborot texnologiyalari rivojlanishining ikkinchi bosqichi tahminan 6 ming yil avval boshlangan va yozuvning paydo bo‗lishi bilan bog‘liq. Yozuv davrining belgili axborotlarni moddiy tashuvchilarda ro‗yxatga olish texnologiyalari bilan ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday texnologiyalarni qo‗llash bilimlarni to‗plash va uzoq saqlashni amalga oshirishga imkon beradi. Bizga ma‘lumki, axborotlar tashuvchi sifatida tosh, suyak, daraxt, papirus va qog‘ozlardan foydalanilgan. Hozirgi kunda bu ro‗yxatni magnit qoplama, suyuq kristal, optik tashuvchilar va yarim o‗tkazgichlar bilan to‗ldirish mumkin. Bu davrda bilimlar asta sekinlik bilan to‗planib borishi bilan birga axborotlarga kirish qiyinchiliklari ham mavjud bo‗lgan. Qo‗lyozma nashrlar ko‗rinishidagi bilimlar yagona nusxalarda saqlangan. Insoniyat ko‗nikmalari fondidan foydalanishlar qat‘iy alohida insonlar ixtiyorida bo‗lib, ular monopol holda foydalanish huquqiga ega bo‗lganlar, ayrim hollarda to‗plangan bilimlar va manfaatdor insonlar o‗rtasida vositachi bo‗lganlar. Bu to‗siq uchinchi boqichda olib tashlanib, bu 1445 yilda Iogann Guttenberg tomonidan yozma stanokni yaratilishi bilan bog‘liq. Kitobni paydo bo‗lishi keng doiradagi insonlarga axborotlarga kirish imkonini berdi va birdaniga bilimlar tarmog‘i bo‗yicha tizimlashtirilgan bilimlar to‗planishini tezlashtirdi. Kitob nashr qilishni yaratilishi – birinchi axborot inqilobi deb tan olinadi.. Axborot texnologiyalari rivojlanishining to‗rtinchi bosqichi 1946 yilda axborotlarga ishlov berish mashinalarini paydo bo‗lishidan boshlanadi. Bu mashina Pensilvaniya universitetida ishga tushirilgan birinchi EHM (ENIAC turidagi) hisoblanadi. Bu vaqtga kelib aholining katta qismi axborot sohasida band bo‗lib boradi. Masalan, 1946 yilda AQSHda mehnatga yaroqli aholining 30 %, 1980 yilda - 45 %, hozirgi kunga kelib 60-70 % axborot sohasida band bo‗lgan. Axborot texnologiyalari rivojlanishining beshinchi bosqichi 1982 yilda ISO – Xalqaro standartlar tizimini ochiq tizimlar o‗zaro hamkorligi etalon modelini e‘lon qilinishi bilan bog‘liq. Hozirgi kunda egiluvchanlik, qulaylik va tashqi ta‘sirlarga moslanuvchan xususiyatlarga ega optimal axborot texnologiyalari boshqaruv ishlarini samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanib, bu texnologiyalar axborotlar va hisoblash texnikalari bilan malakali ishlash ko‗nikmalarini talab qiladi. Axborot texnologiyalari - xisoblash texnikalari vositalaridan foydalanish bilan tashkiliy tuzilmada axborotlarni to‗plash, olish, saqlash, ishlov berish, tahlil va uzatish funksiyalarini amalga oshiruvchi jarayonlar to‗plamidir yoki boshqacha aytganda axborotlar aylanmasi va ishlov berish hamda bu jarayonlarni yoritib beruvchi jarayonlar to‗plamidir. ATda ma‘lumotlarga ishlov berish u yoku bu usulini tanlashda boshqariluvchi ob‘ekt va boshqaruv tizimi bilan bog‘liq juda katta miqdordagi omillar ta‘sir etadi. Ma‘lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonlarini qurib olishda mumkin bo‗lgan variantlar soni katta ahamiyatga ega bo‗ladi. SHuning uchun bu jarayonlarni o‗rganish va loyihalashtirishni engillatish maqsadida jarayonlarni bir nechta guruhlarga ajratib olish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bunda hisoblash tizimlarining ma‘lumotlarga ishlov berish tartiblari guruhlashtirishga tabiiy holda ta‘sir etadi. SHuning uchun hisoblash tizimining ishlash tartibi va foydalanish tartiblarini ajratish olish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Foydalanish tartibi foydalanuvchi mehnati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‗lsa, ishlash tartibi asosan hisoblash tizimining ish samaradorligini aniqlab beradi. Ko‗p hollarda hisoblash tizimining ish samaradorligi uning ishlab chiqarish quvvati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarishga tizimdagi kiritish-chiqarish qurilmalari va markaziy prosessorning hamkorlik qila olish imkoniyatlari katta ta‘sir etadi. Bunday imkoniyat tizimda ko‗pdasturli ishlash tartibidan foydalanish imkonini beradi. Bir nechta prosessordan iborat ko‗prosessorli tizimlar ham ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Hisoblash tizimining ba‘zi foydalanish tartiblarini ko‗rib chiqamiz. Ularga paketli ishlov berish tartiblarini kiritish mumkin (off-line, bir nechta dasturiy mahsulotlarni guruhlarga birlashtirish). Bu tartib uchun xisoblash tizimining samaradorligi va operatorning minimal aralashuvi, ammo natijani kutish uchun katta vaqt sarflanishi xarakterlidir. Natijani olishni tezlatish uchun paketli ishlov berishda tizimning paralel ishlov berish yoki vaqtni chegaralash (kvantlash) deb nomlanuvchi ish tartibidan foydalanish mumkin. Ya‘ni, guruhdagi har bir amaliy dasturga vaqt oralig‘i (kvant) ajratiladi, bu vaqtni tugashi bilan boshqaruv navbatdagi dasturga uzatiladi. Bu esa butun paketda ishlov berish tugaguncha qisqa dasturlar bo‗yicha natijalarni olishga imkon beradi. Download 250.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling