Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja


Download 105.23 Kb.
bet7/19
Sana18.01.2023
Hajmi105.23 Kb.
#1099208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
3-amali topshiriq

Lazer (kompakt) disk. CD - ROM
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot sig`ishi hamda uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar multimediyali axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy dasturlarni, electron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar.
CD – R (CD - Recordable). U CD-ROM ga o`xshash bo`lib, diskning o`lchami va yozish formati mosdir. Bu kompak diskka faqat bir marta yoziladi va cheksiz marta o`qiladi. Berilganlarni yozish uchun maxsus dasturi ta’minotdan foydalaniladi.
CD – RW (CD - ReWritable). Bu diskga ma’lumotlarni ko`p marotaba yozish mumkin bo`lib, shu bilan birga uning bo`sh joyiga boshqa ma’lumotni ham yozish mumkin. Bundan tashqari diksga to`liq qayta ma’lumot yozish mumkin bo`lib, undagi avvalgi ma’lumotlar yo`qotiladi. Bunda ham xuddi CD – R dagidek ma’lumotlarni yozish uchun maxsus dastur kerak.
DVD (Digital Video Disk) - diskdagi raqamli video yozuvlarni o`qish uchun mo`ljallangan qurilma. DVD – disklar CD-ROM ga o`xshash bo`lib, lekin DVD – diskning bir tomoniga 4,7 Gbaytgacha, ikkala tomoniga esa 9,4 Gbayigacha ma’lumot yozish mumkin. Agar ikkisloyli DVD – disk ishlatilsa, u holda uning bir tomoniga 8,5 Gbaytgacha, mos ravishda ikkala tomoniga 17 Gbaytgacha ma’lumot yozish mumkin bo`ladi. DVD – disklarga ma’lumotlarni qayta yozish mumkin.


Monitor

Birinch kompyuterlarda monitor bo`lmagan, faqat yonib – o`chuvchi diodlampalar va natijalarni qog`ozga chop qiluvchi printer bo`lgan. Kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan monitor paydo bo`lgan va hozirgi vaqtda u kompyuterning asosiy qurilalardan biri bo`lib xizmat qiladi.


Monitor – bu chiqarish qurilmasi bo`lib, kompyuterda matnli va grafikli ma’lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Foydalanuvchilarning nuqtayi nazariga ko`ra, monitorlarning asosiy xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi:

  • dioganal bo`yicha o`lchami;

  • tasvirlash qobilyati;

  • regeneratsiya chastotasi.


Download 105.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling