Monitor o`lchami. Monitor ekrani dioganal bo`yicha dyuumlarda
hisoblanadi. O`lchamlar 9 duyyimdan (23 sm) to 42 dyuum (106 sm) orasida o`zgaradi. Ekran qancha katta bo`lsa, monitor shuncha qimmat bo`ladi. Hozirda 14, 15, 17, 19 va 21 dyuumlilar keng tarqalgan. Katta o`lchamdagi monitorlarni nashiryotda va grafik ishlarda ishlatish qulay bo`lib, ekranda tasvirning barcha detallairni yaqqol ko`rinadi.
Tasvirlash qobilyati. Tasvirlash qobilyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Ya’ni, tasvirlarni hosil qilishda ularni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta – kichikligidir. “Tasvirlash qobilyati 800x600 ” ifodasi, monitor 600 ta gorizontal qatorning har birida 800 tadan nuqtalarni tasvirlashi mumkinligini anglatadi. Quyidagi tasvirlash qobilyati rejimlari standart hisoblanadi: 800x600, 1024x786, 1152x864 va yuqori. Monitorning bu xususiyati ekran nuqtalarining o`chovlari bilan aniqlanadi. Tasvirlash qobilyati 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024x786 ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm ga teng bo`lishi kerak. Tasvirlash qobilyati qancha katta bo`lsa shuncha tasvir sifati oshadi. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasa – da, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi.
Regeneratsiya chastotasi. U monitor vasvirni ekranda necha sekunda to`liq namoyish etishini ko`rsatadi. Regeneratsiya chastotasi gertslarda (Гц) o`lchanadi. Chastota qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z kam charchaydi. Bu parametr videoadapter xarakteristikasiga ham bog`liqdir.
Super kompyuterlar Katta kompyuterlar Mini kompyuterlar Shaxsiy kompyuterlar Noutbuk kompyuterlar Sistema bloki – Mikroprotsessor
Do'stlaringiz bilan baham: |