Haqiqatan ham, dunyoda eng qimmatli, aziz va bebaho ne’mat, bu – tinchlikdir. Urush va tinchlik, noahillik va oqibat o‘rtasida yeru osmoncha farq bor. - Haqiqatan ham, dunyoda eng qimmatli, aziz va bebaho ne’mat, bu – tinchlikdir. Urush va tinchlik, noahillik va oqibat o‘rtasida yeru osmoncha farq bor.
- Xalqaro huquqda “tinchlik madaniyati” degan atama ko‘p ishlatiladi. Buning ma’no-mazmuni, xususan:
- mamlakatda urushga yo‘l qo‘ymaslikQ
- davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish;
- ichki siyosatda turli kelishmovchiliklarni tinchlik yo‘li bilan bartaraf qilish;
- inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash, deganidir.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, har bir davlat millatiga, fuqarolariga, yaratgan madaniy boyliklariga, milliy urf-odatlari, an’analariga buyuk hurmat bilan qaragan va uni avaylab asragan. XXI asrga kelib, dunyo manzarasi o‘zgardi. - Insoniyat tarixidan ma’lumki, har bir davlat millatiga, fuqarolariga, yaratgan madaniy boyliklariga, milliy urf-odatlari, an’analariga buyuk hurmat bilan qaragan va uni avaylab asragan. XXI asrga kelib, dunyo manzarasi o‘zgardi.
- Globallashuv, demokratiya bayrog‘i ostida kichik davlatlarga gegemon davlatlar tomonidan turli nayranglar, xavf-xatarlar kuchaydi. Dunyo notinch bo‘lib qoldi.
- Bugungi zamonda ma’naviy boyliklarni saqlab qolish uchun, avvalo, qonli mojorolarga barham berish, tinchlik va totuvlikni qaror toptirish, madaniy meros, osori-atiqalar, urf-odatlarni asrab-avaylash, dunyo halqlarining ilm-fan yutuqlaridan birdek bahramand bo‘lishiga erishmoq kerak.
- Bunday shart–sharoitga qanday qilib erishiladi? Buning uchun:
- birinchidan, ozodlik, adolat va demokratiya tamoyillariga asoslangan do‘stona va ittifoq madaniyatiga erishish;
- ikkinchidan, zo‘rovonlikni qaytaruvchi va turli nizolar paydo bo‘lganida, uni bartaraf etishga chorlaydigan, muammolarni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal etuvchi madaniyatni ta’minlash;
- uchinchidan, o‘z jamiyatining ichki rivojida uning barcha huquqini, har kishining to‘la miqyosda bor imkoniyatlarini amalga oshirishda to‘liq ishtirokini ta’minlovchi madaniyatga erishish kabi ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |