Аxborot kutubxona markaziga aʼzo boʼlish va kitobxonlik biletini olish qoidalari


Download 13.01 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi13.01 Kb.
#1649968
Bog'liq
nizom sayt


Аxborot kutubxona markaziga aʼzo boʼlish va kitobxonlik biletini olish qoidalari. 
Аxborot kutubxona markazi (АKM), 14 yoshga toʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa davlartlar fuqarolariga oʼquv zallaridan foydalanish imkonini beradi. Kutubxonaga aʼzo qilish faqatgina foydalanuvchining shaxsiy ishtirokida amalga oshiriladi.
Kutubxona aʼzolik bileti oʼz egasiga axborot kutubxona markazi jamgʼarmasidan toʼla foydalanish xuquqini beradi va boshqalarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi. Kitobxon kutubxonaga aʼzo qilinishida “АKM dan foydalanish qoidalari” bilan tanishtiriladi, rozichiligi xaqida shaxsiy varaqasiga imzo qoʼyadi.
Foydalanuvchini kutubxonaga aʼzo qilish – unga rasmi va shaxsiy belgilari kiritilgan raqamli hamda foydalanuvchining tabaqasi belgilangan, kitobxon formulyari berilishi koʼzda tutiladi.
A - Doktor, professor
B – ilmiy xodim darajasi bor
B – ilmiy xodim darajasi yoʼq
D – muxandislik va texnik xodimlar
D - aspirantlar
N - oliy maʼlumotli
C – studentlar
P - ishchilar
Sh- maktab oʼquvchilari
- boshqalar
- belgi boshqa davlat fuqarolariga bosh xarf sifatida qoʼyiladi.

Foydalanuvchilar kutubxonaga aʼzo boʼlgan kunidan boshlab 3 yil muddatga aʼzo qilinadi va xar yili qaytadan roʼyxatdan oʼtkaziladi. Qarzdorligi bor kitobxonlar aʼzoligi qaytadan roʼyxatga olinmaydi. Kitobxonlik biletining amal qilish muddati formulyarning orqa qismida shuningdek xisobga olish kartasida belgilanadi. Ishlovchi foydalanuvchilar xar yili ish joylaridan maʼlumotnoma taqdim qiladilar.




Kutubxonaga aʼzo boʼlish uchun taqdim etiladigan xujatlar quyidagilardan iborat:

Shaxsni tasdiqlovchi xujatlar.


1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari:

  •  pasport doimiy yashash joyi xaqidagi belgisi bilan;

  •  ichki ishlar organlari tomonidan berilgan pasport yoki vaqtincha roʼyxatdan oʼtganligi belgisi bilan (talabalar uchun);

2. Yaqin xamdoʼstlik mamlakatlari fuqarolari uchun:

  • Oʼzbekistonda qolish vizasi va vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtgan xujati bilan. 



АKM ga foydalanuvchini aʼzo qilish 
Kutubxonaga aʼzo kilish foydalanuvchining pasporti asosida amalga oshiriladi. ¾ formatdagi 2 dona rasm, 1 dona kitobxon bileti uchun va 1 dona shaxsiy kartasi uchun. Shuningdek uyga kitob olish uchun oʼqish va ishlash joyidan kafolat xati.
Ishlamaydigan foydalanuvchilar kutubxonaga pasport asosida aʼzo qilinadi lekin faqat oʼquv zalidan foydalanishlari mumkin. Ularning shaxsiy kartalariga O belgisi qoʼyiladi.
Maktab oʼquvchilari kutubxonaga tugʼilganligi xaqidagi guvoxnomaga asosan aʼzo qilinadi va Sh belgisi bilan belgilanadi.


Foydalanuvchilarning maʼlumoti xaqida xujatlarni taqdim etish

  •  Barcha oliy maʼlumotli foydalanuvchilar maʼlumotini tasdiqlovchi diplom;

  •  Professor, doktor va boshqa ilmiy darajani tasdiqlovchi xujatlar;

  •  Talabalar – talabalik guvoxnomasi;

  •  Maktab oʼquvchilari oʼqish joyidan maʼlumotnoma.

Ushbu xujatlar shaxsiy kartani toʼldirish va abonement sektori uchun tavsiya etiladi.
Download 13.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling