Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish 
Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish Axborot tizimining arxitekturasi 
keltirilgan va har bir funksional blokning vazifasi belgilangan, asosiy vazifalar ro‘yxati 
taklif etilgan va bunday tizimlarda yuz beradigan asosiy jarayonlarning qisqacha bayoni 
berrilgan. Axborot tizimlarini bundan keyin o‘rga nish uchun ularda yuz beradigan 
jarayonlarni mufassal bayon etish zarur. Ushbu jarayonlar quyidagilardan iborat: – 
tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish; – kiritilgan axborotga ishlov berish va uni 
qulay shaklda taqdim etish; – iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish 
uchun axborotni chiqarish; – teskari aloqa – bu kiritilgan axborotni tuzatish uchun 
ushbu tashkilot odamlari tomonidan qayta ishlangan axborot. 212 213 81- rasm. 
Axborot tizimidagi jarayonlar. Boshqaruv deganda, tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, 
nazorat, rag‘batlantirish kabi funksiyalar amalga oshirilganida qo‘yilgan maqsadni 
ta’minlash tushuniladi. Axborot tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan 
belgilanadi: – har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning umumiy ta moyillari 
asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin; – axborot tizimi dinamik va 
rivojlanib boradigan tizim hisoblanadi; – axborot tizimlarini tuzishda tizimiy 
yondashuvdan foydalanish zarur; – axborot tizimining mahsuloti axborot bo‘lib, uning 
asosida qarorlar qabul qilinadi; – axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam–
kompyuter tizimi sifatida qabul qilish zarur. Bugun axborot tizimi deyilganda, aksariyat 
kishilarning ko‘z o‘ngiga kompyuter keladi, vaholanki, u axborot tizimining bosh 
tarkibiy qismlaridan biridir. Umuman olganda, axborot tizimini kompyutersiz variantda 
ham tushunish mumkin. Zamonaviy axborot tizimlari ulardan foydalanadigan axborot-
kutubxonalarga ilgari o‘zlari foydalana olmagan bir qator yangi imkoniyatlar va 
sifatlarni berishi mumkin, xususan, axborot tizimi quyidagilarga yordam berishi 
mumkin: 212 213 – matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish hisobiga 
boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantlariga ega bo‘lish; – 
avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni og‘ir mehnatdan ozod qilish; – axborotning 
ishonchliligini ta’minlash; – ma’lumotlarni qog‘oz o‘rniga magnit disklari yoki 
tasmalarida saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov berishni ancha oqilona tashkil 
etish va qog‘ozlardagi hujjat hajmini kamaytirishga olib ke ladi; – axborot-
kutubxonalarda axborot oqimi strukturasi va hujjatlar bilan ishlash tizimini 
takomillashtirish; – zamonaviy texnolgiyalardan foydalanishni ta’minlash. Axborot-


kutubxonalar faoliyatini kompleks avtomatlashtirish uchun korporativ axborot 
tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan korporatsiyaning oliy bo‘g‘ini – menejerlari ish 
olib boradi. Bu tizimlar qarorlar qabul qilish uchun zarur. Bu esa, o‘z navbatida, 
menejerlarning quyi va o‘rta bo‘g‘ini darajasida joriy ishlab chiqa rish funksiyalarini 
bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini opera tiv boshqarish bilan bog‘liq ish 
joylarini avtomatlashtirish masalasi oldindan hal qilingan bo‘lishini ko‘zda tutadi. 
Nazorat savollari: 
1. Axborot resurslariga nimalar kiradi?
2. Axborot tizimlari va elementlarini aytib bering.
3. Boshqa axborot tizimlari haqida gapirib bering.
4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlarini so‘zlab bering.
6. Kichik aloqa tizimlari haqida gapirib bering.
7. Axborot tizimidagi jarayonlar qanday amalga oshiriladi? 
NAZARIY O‘QUV MASHG`ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling