Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommuni- katsiyaga misol
bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada esa, qabul qiluvchi xabarlarni ular
jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach - biror soat yoki biror kundan keyin qabul
qilib oladi.
Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron
kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchi- lar faollik bilan sinxron
va asinxron kommunikatsiyalarning sama- radorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy
jihatlari ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham
elektron yoki oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutub-
xona ishida muhim rol o‘ynaydi.
Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun elektron uzatilishi
tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi vositalarni o‘z ichiga oladi.
Telekommuniktsiyaning axborot-ku- tubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib
kelish imkoniyati bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi.
Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartiribgina
qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Axborot texnologiyasi boshqa har qanday texiologiyalar kabi quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
-
axborotga ishlov berishning barcha jarayonini bosqichlar (fazalar),
operatsiyalar, amallarga bo‘lishning yuqori darajasini ta’minlash;
-
maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlarning barcha to‘plamini
ishga solish;
-
doimiy xarakterga ega bo‘lish. Texnologik jarayonning bos- qichlari,
amallari va operatsiyalari standartlashtirilgan va unifi- katsiyalashtirilgan
bo‘lishi mumkin, bu axborot jarayonlarini maq- sadli boshqarishni samarali
amalga oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |