Yangi o‘quv materialining slaydli taqdimoti
Kommunikatsion jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot
almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayo- nining asosiy vazifasi - almashish
predmeti bo‘lgan axborotni tu- shunishni ta’minlash.
Biroq axborot almashishning
o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat
beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga do‘stlar, oilaviy, mehnat
jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. Axborot almashish jarayonida to‘rtta
tarkibiy qismlar qatnashadi: jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), kanal (axborotni
uzatish vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy
qismlar bir-biri bilan
hamohang ishlashi, axbosot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak
Kommunikatsiya - signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali
uzatilishidir. Signal esa, o‘z
navbatida, ma’lumot va axborotdan tashkil topgan
xabardir. Signal, albatta, biror-bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi
va qabul qiluvchi o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisobla-
nishi mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yubo- ruvchi)
signallarni
yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foy- dalanadi
Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uza- tishda kabel simlari
aloqa vositalaridan foydalanadi.
Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, uning tarkibiy
qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Insonlar o‘zaro
yuzma-yuz
gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzata- dilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va
bir ozdan so‘ng esa qabul qiluvchi bo‘lishi ham mumkin.
Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron
kommuni- katsiyaga misol
bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada esa, qabul qiluvchi xabarlarni ular
jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach - biror soat yoki biror kundan keyin qabul
qilib oladi.
Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron
kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchi- lar faollik bilan sinxron
va asinxron kommunikatsiyalarning sama- radorligi, natijaviyligi
hamda tashkiliy
jihatlari ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham
elektron yoki oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutub-
xona ishida muhim rol o‘ynaydi.