Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
 
 
3-ilova 
 
 
 
 
 
Mavzu: Kommunikasiya va telekommunikasiya aloqa vositalari. 
Reja: 
1. 
Kommunikatsion jarayoni. 
2. Telekommunikatsion aloqa vositalari. 
3.Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari. 
Tayanch iboralar- kommunikasion jarayon, telekommunikasiya, modem, telefon 
tarmog`i, plata. 
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida kommunikatsion va 
telekommunikatsiya aloqa vositalari ularning ahamiyati, kommunikatsion jarayon, 
axborot almashish, telekommunikatsion aloqa vositalari va ulardan foydalanish kabi 
bilim ko‘nikmalari berish va mutaqil foydalanishga o‘rgatishdan iborat. 
O`quv topshiriq: 
1. 
Kommunikatsion jarayon nima? 
2. 
Kommunikatsion aloqa vositalariga nimalar kiradi? 
3. 
Telekommunikatsion aloqa vositalarini aytib bering. 
4. 
Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa vositalarining ax- 
borot-kutubxonalardagi roli va ahamiyati nimalardan iborat? 


KOMMUNIKATSION JARAYON 
Har qanday tashkilot yoki korxona, ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalarida 
rahbarlardan axborotlarni samarali almashish talab qilinadi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 
kommunikatsiya va telekommu- nikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Qaysi 
rahbarda samarali kommunikatsiya bo‘lsa, u samarali ishlovchi rahbardir. Yaxshi 
rahbar kommunikatsiya jarayoni mohiyatini tushunadi, og‘zaki va yozma muomalani 
puxta egallaydi. Telekommunikatsion vositala- ridan foydalanib ish faoliyatini yaxshi 
yo‘lga qo‘yadi. 
Kommunikatsion jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot 
almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayo- nining asosiy vazifasi - almashish 
predmeti bo‘lgan axborotni tu- shunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning 
o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat 
beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga do‘stlar, oilaviy, mehnat 
jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. Axborot almashish jarayonida to‘rtta tarkibiy 
qismlar qatnashadi: jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), kanal (axborotni uzatish 
vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan hamohang ishlashi, 
axbosot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak. Axborot almashinuv jarayonida har ikki tomon 
(jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) faol rol o‘ynaydi. Agar rahbar qo‘l ostidagilarga 
topshiriq bersa, shuning o‘zi axborot almashish boshlandi degan gap. Axborot 
almashish samarali bo‘lishi uchun xodim o‘z rahbariga top- shiriqni qanday tushungani 
haqida xabar berishi, rahbar esa undan nimalar kutishini aytishi kerak. Topshiriqning 
o‘zi qanday qo‘yili- shi (to‘g‘rirog‘i, axborot) va axborotni uzatish vositasi muhim aha- 
miyatga ega. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday 
to‘siqsiz qabul qilsa, axborot almashgan hisoblanadi. Shuning uchun kommunikatsiya 
jarayoniga juda katta e’tibor berish kerak. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya 
vositasi sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tilishi 
kompyuterlashtirish ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Xalqaro amaliyot iqtisodni 
kompyuterlar yordamida boshqarishni afzal ko‘rmoqda. Kompyuterlar yordamida 
axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Barcha 
axborotlar tez tayyorlanadi va tarqatiladi. 
Kommunikatsiya - signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali 
uzatilishidir. Signal esa, o‘z navbatida, ma’lumot va axborotdan tashkil topgan 
xabardir. Signal, albatta, biror-bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va 
qabul qiluvchi o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisobla- nishi 
mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yubo- ruvchi) signallarni 
yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foy- dalanadi. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling