Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


TELEKOMMUNIKATSION ALOQA VOSITALARI


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

TELEKOMMUNIKATSION ALOQA VOSITALARI 
Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uza- tishda kabel simlari 
aloqa vositalaridan foydalanadi. 
Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, uning tarkibiy 


qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. 
Insonlar o‘zaro yuzma-yuz 
gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzata- dilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va bir 
ozdan so‘ng esa qabul qiluvchi bo‘lishi ham mumkin. 
Demak, bir kishining o‘zi ham yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, yoki ikkalasi ham 
bo‘lishi mumkin. Bu ikki tomonlama kommuni- katsiyaning oddiy ko‘rinishidir. 
Xabarlarni yetkazib berishda ishlatadiganimiz signallar - bu biz qo‘llaydigan so‘zlar, 
biz so‘zlashadigan til. Muloqot samarali chiqishi uchun esa ikkala tomon ham 
yuboruvchi va qabul qiluvchi signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari 
lozim. 
Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron yoki asinxron bo‘lishi 
mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, 
yuborilgan paytning o‘zida qabul qilib oladi. 
Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommuni- katsiyaga misol 
bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada esa, qabul qiluvchi xabarlarni ular 
jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach - biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib 
oladi. 
Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron 
kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchi- lar faollik bilan sinxron va 
asinxron kommunikatsiyalarning sama- radorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari 
ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki 
oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutub- xona ishida muhim 
rol o‘ynaydi. 
Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun elektron uzatilishi 
tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. 
Telekommuniktsiyaning axborot-ku- tubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib 
kelish imkoniyati bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi. 
Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartiribgina 
qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Kommunikatsiya va telekommunikatsiya 
aloqa jarayonlari. 


Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va axborot almashi- nuvining yengilligi 
raqobat bozorida yuqori darajadagi sifat va xiz- matlarga kafil bo‘lmoqda. 
Ma’lumot almashinuvi telekommunikatsiyaning alohida tarkibiy qismi bo‘lib, 
ma’lumotlarning elektron jamlanishi, qayta ishlani- shining texnologik jarayoni va 
tarqatilishi 
tushuniladi. 
Telekom- 
munikatsiyani qo‘llash uchun ma’lumot 
almashinuviga erishiladi. 
Telekommunikatsiyaning umumiy modelini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda model 
yuboruvchi qismdan boshlanadi va inson, kompyuter, terminal yoki xabarni 
hozirlaydigan har qanday vosita bunga misol bo‘lishi mumkin. Yuboruvchi signalni 
telekommuni- katsiya uskunasiga uzatadi. 
Telekommunikatsiya uskunasi bir qancha vazifalarni bajaradi, masalan, signalni bir 
ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga yoki bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirishi mumkin. 
Plata - bu axborotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma. Odatda, 
bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter shinasining kengaytirilgan bo‘sh 
o‘rniga o‘rnatiladi, ma’lumotlarni uzatuvchi kabel esa shu plataga o‘rnatiladi. Bugungi 
kunda tar- moqda qo‘llaniladigan bir necha tipdagi kabellar mavjud. Bularga signalni 
modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni modul- lashtiruvchi koaksil kabel va 
optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va 
ulanish usullari bilan farqlanadi. 
Modem - bu qurilmaning nomi ikki so‘z birikmasi (modulator va demodulator)dan 
tashkil topgan. 
Modem uzatilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni mo- dullashtirish va 
demodullashtirish vazifalarini bajaradi. 
Signallarni 
modullashtirish 
deganda, 
signalni uzoq masofaga uzatish uchun uning shaklini almashtirishni tushunamiz. 
Elektron im- pulslar dastlab modemda tovush chastotasiga aylantiriladi, so‘ngra telefon 
tarmog‘i orqali uzatiladi. Signallar qabul qilinayotganida, bu tovushli signallar modem 
yordamida kompyuterga moslab ik- kilik elektr impulslari ketma-ketligi shaklida 
o‘zgartiriladi. Bir kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatilayotganida, raqamli im- 
pulslar ikki marta o‘zgartiriladi: avval tovushli signal (modullashtirish) ko‘rinishiga, 
so‘ngra tovushli signallar ikkilik impulslari (de- modullashtirish)ga o‘zgartiriladi. Turli 
modemlar ma’lumotlarni uzatish tezligi, ma’lumotlarni uzatish uzoqligi va intellektual 
qobi- liyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Oddiy modemlar o‘zining sodda 
funksiyasi modullashtirish va demodullashtirishni bajaradi. 
Boshqa murakkabroq modemlar o‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lib, bir qator 
qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qodir: 

telefon raqamlarini avtomatik terish; 

ma’lumotlar uzatish tezligini avtomatik boshqarish va boshqalar. 
Ba’zi bir modemlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishi yoki qabul qilishi (simpleks 
rejim) mumkin, boshqalari esa ikki yo‘nalishda ham (poludupleks rejim) ishlay oladi. 
Modemlar konstruksi- yasiga ko‘ra tashqi qurilma sifatida bo‘lishi yoki kompyuter 
ichiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, bugungi kunda simsiz ishlaydigan 
flesh modemlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lum bir masofada axborotlarni bir 
nuqtadan ikkinchi nuqtaga uzatish qobiliyatiga ega. 


Axborot texnologiyasi boshqa har qanday texiologiyalar kabi quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: 

axborotga ishlov berishning barcha jarayonini bosqichlar (fazalar), operatsiyalar, 
amallarga bo‘lishning yuqori darajasini ta’minlash; 

maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlarning barcha to‘plamini ishga 
solish; 

doimiy xarakterga ega bo‘lish. Texnologik jarayonning bos- qichlari, amallari va 
operatsiyalari standartlashtirilgan va unifi- katsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, bu 
axborot jarayonlarini maq- sadli boshqarishni samarali amalga oshirish imkonini beradi. 


Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling