Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
V
+ - ? Dinamik mikrofonlar yorqin ovozlarni o‘tkazish uchun qulay, ammo ular past ovozni qayta ishlashga qiynaladilar. Uning narxi boshqalariga nisbatan ancha arzon bo‘lib, foydala- nishga qulaydir. Elektrostatik mikrofonlar. Elektrostatik mikrofonlar kon- densator va elektretlarga bo‘- linadi. Mikrofonlarda hamisha quvvat va ovoz kuchaytirgich bo‘lishi lozim. Doimiy 48... 200 voltli kuchlanish membranani polarlashtirish, shuningdek, ku- chaytirgichni oziqlantirish uchun qo‘llaniladi. Mikrofon ishlab chiqaruv- chilari undagi xususiyatlarga ta’rif berish maqsadida qu- yidagi so‘zlarni ishlatishadi: «yo‘naltirish» so‘zi ingliz tilida polar pattern, polar diagram, polar response, ba’zida polar response curve, directivity, directionality degan ma’nolarni anglatadi. «Aylana bo‘ylab» atamasini omni, omnidirectional yoki unidirectional sifatida qo‘llanilsa, «keng kardioidli» so‘zi esa wide-car- dioid sifatida beriladi. Mazkur atamalar ovozning amplitud-chasto- tali tavsifini belgilab beradi. «Pushka» mikrofonlari. Ommaviy tadbirlarni videotasvirga olishda ishlatiladigan «pushka» mikrofonlari videokameralar jam- lanmasiga kiradi. Mazkur mikrofonlarning o‘ziga xos nomi ularni 2 metrdan 10 metr uzoqlikkacha o‘rnatish imkoni mavjudligi va ovoz man- bayini «nishonga olish»idan kelib chiqqan. Mikrofonning uzunligi 15 mm dan 1000 mm gacha bo‘lib, u qanchalik katta bo‘lsa, shuncha kadr tashqarisidan kelayotgan ovoz bosiladi. Bu esa obyektiv qaratilgan hududdagi ovozni ilg‘ab olish imkonini beradi. Shuning uchun ham «pushka»lardan reportaj, ommaviy tadbirlar va boshqalarni xonadan tashqari tasvirlarni yozib olishda kamera usti mikrofonlari sifatida foydalaniladi. PZM mikrofonlari elektrostatik mikrofonlarning yangi turi bo‘lib, PZM so‘zi pressure zone microphone, ya’ni «bosim zo- nasi mikrofoni» sifatida tarjima qilinadi. Mazkur mikrofonlar yuqori sezuvchanlik va polusfe- rik yo‘nalishga ega bo‘lib, uning 5- rasm. PZM mikrofonlari. bir o‘zi bilan bir nechta teledas- tur qatnashchilarining ovozini yozib olishi mumkin. Demak, ular davra suhbatlarini, konferensiya, seminarlar olib borishda juda ham qo‘l keladi. Ular, asosan, televideniya sohasida ishlatishga mo‘ljallangan. Jajji, ammo telejurnalist hamda TV re- jissyorining ishini ancha osonlashtiradigan, kadrda ko‘rinmaydigan mikrofonlarni «petlichka» deb atashlari bejiz emas. Ular jurnalist yoxud teledastur qatnashchisi kiyimining yoqasiga joylashtiriladi. Ishlab chiqaruvchilar mikrofonning kiyim bilan ishqalanishidan keraksiz ovoz chiqmasligi uchun ularning ovozni ushlab olish yo‘nalishini teskari qilib yasashadi. Elektrostatik mikrofonlarning ikkita kamchiligi bo‘lib, uning narxi balandligi va doimiy ravishda tokdan oziqlanishi lozimligidir. Aytish joizki, mazkur mikrofonlarni ilk marotaba tok manbayidan oziqlantirayotganda uning ovoz traktida nazorat qilib bo‘lmaydigan amplituda ko‘tarilishini kuzatish mumkin. Shuning uchun ham mikrofon batareyasini almashtirayotganda yoki tokka ulayotganda oziqlanish manbayini eng kam darajaga tushirish lozim. Albatta, mikrofonlarni ishlatayotganda uning boshiga paralon qalpoqchani kiygazish zarur U «p» hamda «s», «z», «j» tovushla- rining jaranglab chiqishining oldini oladi. Nazorat savollari: 1.Ovoz deb nimaga aytiladi, unga izoh bering? 2.Ovozni yozib olish tarixi haqida so‘zlab bering. 6. Ovozni yozib olish va qayta eshittirish turlarini aytib bering. 7. Magnit usulda ovozni yozib olish va axborot-kutubxonalarda ularning roli va ahamiyatini ochib bering. 8. Magnitafonlar va ularning turlari haqida gapirib bering. 9. Ovoz kuchaytirgichlari va axborot-kutubxonalarda ulardan foyda- lanishni aytib bering. 10. Mikrofonlar ularning turlari haqida gapirib bering |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling