Uyga vazifa: Insert jadvali
“V”- men bilaman, men bilgan ma’lumotlarga mos;
“+”–men uchun yangi ma’lumot;
“-“ -meni bilgan ma’lumotlarga zid;
“? “– men uchun tushunarsiz, bu bo’yicha menga qo’shimcha ma’lumot
kerak.
Mavzu: Mikrofonlar va ularning turlari.
Reja:
1.Mikrofonlarning yaratilishi.
2.Mikrofonlar va ularning turlari.
Tayanch iboralar- Ma`ruza, Dinamik mikrofonlar, Elektrostatik mikrofonlar.,
«Pushka» mikrofonlari, «Petlichka» mikrofonlari
Mikrofonlar ovozni yetkazib berishda, o‘tkazilayotgan tadbir- larning mohiyatini
foydalanuvchilarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.
1878- yili Edison mikrofonni kashf etganidan boshlab, uning bir nechta avlodi
almashdi. 1883- yili ko‘mirli, 1917- yili kondensa- tor mikrofonlar hayotimizga kirib
keldi. 1924- yili nemis olimlari E. Gerlax va V. Shottkilar tomonidan tasmali dinamik
mikrofonlar sotuvga chiqarildi. 1925- yili S. Rjevkin va A. Yakovlevlar tomonidan
yasalgan pezoelektrik mikrofon datchik sifatida ishlay olishi ko‘pchilikni hayratga
solgan edi.
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar odamlarni kam hay- ratlantirsa ham,
ularning xususiyatlari soha talablariga mos bo‘lishi lozim.
Hozirgi kunda elektrodinamik va elektrostatik mikrofonlar keng qo‘llaniladi.
Dinamik mikrofonlar. Elektrodinamik mikrofonlarni qisqa- cha shunday deb
atashadi. Ular madaniy-ma’rifiy muassasalarda keng qo‘llanilib, yutuq va
kamchiliklariga ega. Mazkur mikrofonlar ovoz signalini uzatishda uni kamroq
o‘zgartiradi va uncha katta bo‘lmagan elektron shovqinni paydo qiladi. Shuningdek,
ushbu mikrofonlar og‘ir korpusga ega bo‘lib, anchagina mustahkam. Qo‘ldan tushirib
yuborilgan taqdirda ham, deyarli shikastlanmay- di. Mexanik qismining sodda tuzilishi
harorat o‘zgarishi va namlik ta’siriga chidamliligini ko ‘rsatadi.
Bundan tashqari, mikrofon membranasining qalinligi uning tashqi shovqinlarga
bo‘lgan sezgirligini kamaytiradi, bu esa in- tervyularni yozib olishda qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |