Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

9- rasm. Multimedia vositalari. 


ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar ki- radi: 

axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, be- zaklar va boshqalar), 
original (nutq, musiqa, videofilmlardan par- chalar, telekadrlar, animatsiya va 
boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya 
axborotni ro‘y- xatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio 
tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron 
musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi

muayyan vaqtdagi ish: o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli 
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqt- ning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. 
Video va audio axborot- larni kompyuterda qayta ishlatish va aks ettirish uchun 
markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish 
qobiliyati, operativ (tezkor) va video xotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy 
xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini 
taxminan ikki baravar oshi- rilishi talab etiladi; 

«inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi: bunda muloqot 
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur 
holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta 
tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dol- zarb masalalaridandir. Multimedia - 
bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika 
va ani- matsiya (obyektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv 
materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. 
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega: 
a) 
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z- lashtirish imkoniyati 
bor; 
b) 
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi
d) 
ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida vaqtni tejash im- koniyatiga erishish; 
e) 
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda 
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. 
O‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida zamonaviy kompyuter 
texnologiyalaridan keng 
foydalanish 
kelajakda yetuk 
va 
yuqori 
malakali 
mutaxassislarni kamol toptirishga katta yordam beradi. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling