Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Proyeksiya (ushbu so‘z lotin tilidan olingan bo‘lib, «oldin- ga tashlayman» degan 
ma’noni anglatadi) bu optik sistema va yorug‘lik manbayi yordamida ekran yoki 
taralib-to‘zib turuvchi yuzada turli obyektlarning ko‘rinishini tashkil etishdir. 
Proyeksion apparat bu taralib-to‘zib turuvchi yuzada ekran bo‘lib, obyektlarning 
ko‘rinishini shakllantiruvchi optik moslama- dir. Proyeksion uskunalar ekranda turli 
tasvirlarning ko‘rinishlarini yirik planda, aniq ko‘rsatib bera oladi. Ekrandagi bunday 
tasvir- larni birdaniga bir necha odamlar uzoq masofadan ko‘ra oladi- lar. Proyeksion 
apparatlari kinemotografiya san’atida ham keng qo‘llaniladi. 
Yorug‘lik proyeksiyasining funksional qo‘llanilishi texnik in- formatsion 


vositalarning o‘qitilishiga taalluqlidir. Ushbu vositalar yordami bilan turli o‘quv 
sistemalarda ma’lumotlarni tinglovchi- larga aniq va ravshan yetkazilishida qo‘llaniladi. 
Ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha yorug‘lik proyeksiyasi ekran- dan ko‘rish va 
eshitish xususiyatiga kiradi. Ushbu ekrandan ko‘rish va eshitish xususiyatining o‘ziga 
xos tomonlari shundaki, ular o‘quv ma’lumotlarning asosiy mohiyatini maxsus 
apparatlarsiz yetkazib berish xususiyatiga egadirlar. Ekrandan ko‘rish va eshitish 
xususiyatining afzallik tomonliklari bu o‘quv ma’lumotlarni o‘quvchilar bir paytda 
ko‘ra oladilar va eshita oladilar. Shuningdek, ushbu xu- susiyatda hujjatlar asosga ega, 
faktlar, voqealar, ilmiy tadqiqot va boshqalar butunlay qayd etib boriladi. Ekrandan 
ko‘rish va eshitish xususiyati ikki bo‘linmaga, ya’ni statik (diafilmlar, diapozitivlar, 
transporantlar va boshqalar) va dinamik (kinofilmlar, teleko‘rsa- tuvlar, video yozuvlar) 
bo‘linmalarga bo‘linadi. 
O‘quvchilarning sezgi organlariga audiovizual (eshitish- ko‘rish) oraliq ta’sir 
o‘tkazish. Ma’lumotlarni qabul qilish va yodda qoldirish yo‘nalishidagi psixologik 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar atrof muhitni faqatgina sezgi organlari orqali 
anglaydilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insonlar 90 % ma’lumotlarni ko‘rish orqali, 
9 % eshitish va 1 % boshqa sezgi organlari orqali oladilar. Bundan tashqari, 
insonlarning miyasida berilayotgan ma’lumotlarning saqlanishi ham alohida statistik 
ma’lumotga ega, ya’ni 15 % so‘zlar eshitish orqali, 25 % ko‘rish orqali
hamda 65 % ko‘rish va eshitish orqali saqlanib qoladi. 
Pedagogika va psixologiya sohasidagi olimlarning, ushbu xususiyatlarga tayangan 
holda ta’kid etishlaricha, qachonki o‘qituvchining ma’lumotlari ko‘rgazmali qurollar 
uyg‘unlashtirgan holda o‘quvchilarga yetkazilsa, o‘quvchilarda ma’lumotlarni vizual 
tarzda tasavvur etish hamda qabul etish jarayoni tezroq va mukam- malroq sodir bo‘lar 
ekan. 
Proyeksiyalar bir nechta turlarga bo‘linadi, ya’ni dioskopik, episkopik, yassi, 
stereoskopik va golografik. 
Yassi proyeksiya ma’lum obyekt ko‘rinishini ikki barobar kuchliroq tasvirlab beradi. 
Stereoskopik (yunoncha stereos - hajmli, keng) proyeksiya ko‘rilayotgan sur’atlardagi 
obyektlarning illuziyalashganini, hajm 
li 
va keng ko‘rinishini ta’minlab beradi. 
Ma’lumotlarning esda saqlanish darajasi 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling