Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- «sehrli chiroq»
6- ilova Uyga vazifa Mavzuni o’qish va mavzu yuzasidan test tuzish. Mavzu: Statistik va dinamik apparatlar. Reja: 1. Statik proyeksion apparatlar. 2. Dinamik proyeksion apparatlar. Tayanch iboralar- Epidioskop,grafoproyektor, dioproyektor, epiproyektor, kinoproyektor, dinamik proyeksion apparatlar. 1640- yilda birinchi proyektor paydo bo‘lgan. Bu proyektorni Afanasiy Kirxer (1601-1680- yillar) ismli nemis fizik-matematigi ixtiro qilgan. A. Kixxer ushbu apparatini «sehrli chiroq» deb nomlagan. Ushbu apparat kartonlardan kesib yasalgan hayvon va odam- lar ko‘rinishining ko‘lankali proyeksiyalarini amalga oshirib bera olgan. Bu yerda yorug‘likning manbayi bo‘lib shag‘am ishtirok etgan. 1839- yilda L. Dager ismli fransuz rassomi fotografiya (suratga tushish)ni ixtiro etgan. Bu esa sur’atlarni shishali diopozitivlarda namoyon qilish imkonini bergan. XIX asrga kelib proyektorlardagi yorug‘lik manbayi sifatida elektr lampalar ishlatila boshlanib, ushbu lampalar ham ikki xilda bo‘lgan bular: qizdirilgan ko‘mir lampasi va «Yablochkov shag‘am»laridir. XIX asrning boshlariga kelib Moskvada maktab dasturlariga muvofiq bo‘lgan o‘quv diopozitivlari ishlab chiqarila boshlangan. 1904-1905- yillarga taalluqli plyonkali birinchi diofilmlar paydo bo‘lgan va ular «proyeksion fotogrammalar» deb atalgan. Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan grafoproyektor, dioproyektor, epiproyektor, kinoproyektor kabi proyektorlarda kichik hajmdagi kvars galogen lampalari ishlatiladi (KGM 12-100, KGM 24-150, KGM 220-500 va b.). Ushbu lampalarning oddiy lampaladan ustunlik tomonlari ko‘p. Masalan, bu lampalarda doimiy ravishda yorug‘lik oqimi va rangli harorat ta’minlanib, ular hajm jihatidan unchalik katta bo‘lmasa-da, foydali ish koeffitsiy- enti hamda xizmat qilish davri juda balanddir. Lampaning asosiy qismi volfram ipdan iborat bo‘lib, maxsus kvarsli shisha idishga joylashtirilgandir. Kvarsli shisha idish yod va gaz bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, galogen lampalarda molib- den folga (zar qog‘ozi)ni yoki oddiy simni kvarsga qalaylab ham ishlatishadi. Bu holatda galogen lampaning harorati 350 °C dan oshmasligi kerak, aks holda, lampa oksidlanib, kvarsning yori- lishiga olib kelishi mumkin. Kvars galogen lampalari ekspluatatsi- ya qilinayotganida elektr ventilatorlardan foydalanish o‘ta muhim hisoblanadi. Mazkur lampalardan foydalanayotganda yana bir muhim nar- saga e’tibor qaratish lozim, ya’ni lampaning tashqi ballon qismini ochiq qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi. Chunki bu holatda ballonda barmoq izlari qolib, lampaning yorug‘lik quvvatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va lampa tez orqada ishdan chiqadi. Lampalarning tashqi ballon qismiga maxsus markalar ham qo‘yiladi. Bu markalarda lampaning quvvati ko‘rsatiladi. Masalan, K-30-400 - bu kinoproyeksion lampa, PJ-220- 500 - bu epiproyektorlar uchun ishlatiladigan projektorlik lampasi, KGM- 12-150 - bu kichkina hajmli kvarsli galogen lampasi va h. k. Endi statik proyeksion apparatlar haqida batafsilroq to‘xtalsak. Ta’lim muassasalarida eng ko‘p qo‘llaniladigan dioproyektorlar bu «Svityaz» va «Peleng» apparatlaridir. «Svityaz» dioproyektori 50 x 50 mm 2 o‘lchamdagi rangli va oq- qora diopozitivlarni namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Dioproyektorlarning alohida sxemalari bu kodoskoplardir (gra- foproyektorlar). Kodoproyektorning yorug‘lik proyeksion sistema- si vertikal - tikka tushgan, proyeksiyaning obyekti esa gorizontal yonlamasigadir. Grafoproyektor - grafik surat va matnlarning retropro- yeksiyalarining ekrandagi ko‘ri- nishlarini ta’minlab beruvchi statsionar yoki ko‘chirib yuruv- chi moslamadir. Grafoproyektorlarning af- zallik tomonlari: ekrandagi su- ratlarning yirik mashtabli ko‘ri- nishi; xonani qorong‘ilashtir- masdan turli xil namoyishlarni o‘tkazish; o‘ta katta bo‘l-magan auditoriyalarda keng qo‘llani-li-. Grafoproyektor. shi; proyektorlarning ikki xil re- jimda ishlay olishi, ya’ni to‘la yorug‘likda va ekonomik yorug‘likda (10-15 % quvvati bilan). Zamonaviy overxed proyektor o‘ta mustahkam korpus, frenel linzalari, uch linzali yuqori sifatli obyektiv, lampalar avtomatik ko‘chirilishining ekonom rejimi, ular xizmat muddatining to‘rt barobar uzaytirilishi, lampalarning bir zumda almashtirilishi uchun moslama, o‘rnatilgan zaxira lampasi, ovozsiz ventilator kabi usku- nalarga ega. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, fotoplyonkadan qilingan o‘quv materiallaridan bugungi kunda foydalanish kamayib bormoqda. Uning o‘rniga ma’lumotlarning raqamli formalaridan keng foy- dalanilmoqda. Bunday suratlar kompyuter texnikalari, monitorlar va videoproyektorlar yordamida namoyish etiladi. Epiproyeksiya - bu ekranga tiniq bo‘lmagan o‘zakdan yasal- gan turli sur’atlar, chizmalar, fotografiyalar va mayda predmetlarni proyeksiya qilishdir. Epiproyektorlar ko‘rilayotgan obyektning akslantiruvchi nurlarini sferik oynalar orqali ekranga yetkazib beradi. Apparatdan kelayotgan yorug‘likning binoga taralib ke- tishining oldini olish maqsadida uskuna maxsus g‘ilofga solinadi. Bunday proyektorlar tez ishlash quvvatiga ega bo‘lsa-da, ammo ekrandagi obyekt ko‘rinishini tiniq namoyish qilib berishda dio- proyektorlardan orqada qoladi. Ekrandagi suratlarni sifatli namoyish qilib berish uchun epiproyektorlar quvvatli yorug‘lik manbayi bilan ta’minlanishi kerak. Epiproyeksiya, asosan, ax- borot-kutubxona muassasalarida keng qo‘llaniladi. Epiproyeksi- yalarning afzallik tomonlari shundaki, u ekranda rangli bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsata oladi. Hattoki gazeta illustratsiyalarini ham ekrandan tiniq va sifatli ko‘rish imkonini beradi. Ba’zida ekranda stereoskopik effekt paydo bo‘ladi. Epiproyeksiyada kichik hajmda bo‘lgan obyektlar ham ekranda tiniq va ravshan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Epiproyektor - proyeksion apparatning bir turi bo‘lib, bugungi kunda epiproyektorlar videoproyeksion moslamalar bilan birga- likda ishlaydigan teleproyektorlar va dokument proyektorlar kabi texnik o‘quv moslama kompleksidan deyarli chiqarib tashlangan. Epiproyektorlarning sxemasi qayta tuzilgan proyeksion appa- ratlarning optik sxemasi tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni tiniq va tiniq bo‘lmagan obyektlarni proyeksiya qila oladigan epidioskoplar tarkibiga. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling