Statistik va dinamik proesion apparatlar
1640- yilda birinchi proyektor paydo bo‘lgan. Bu proyektorni Afanasiy
Kirxer (1601-1680- yillar) ismli nemis fizik-matematigi ixtiro qilgan. A.
Kixxer ushbu apparatini «sehrli chiroq» deb nom- lagan. Ushbu apparat
kartonlardan kesib yasalgan hayvon va odam- lar ko‘rinishining ko‘lankali
proyeksiyalarini amalga oshirib bera olgan. Bu yerda yorug‘likning
manbayi bo‘lib shag‘am ishtirok etgan.
1839- yilda L. Dager ismli fransuz rassomi fotografiya (suratga
tushish)ni ixtiro etgan. Bu esa sur’atlarni shishali diopozitivlarda namoyon
qilish imkonini bergan.
XIX asrga kelib proyektorlardagi yorug‘lik manbayi sifatida elektr
lampalar ishlatila boshlanib, ushbu lampalar ham ikki xilda bo‘lgan bular:
qizdirilgan ko‘mir lampasi va «Yablochkov shag‘am»laridir.
XIX asrning boshlariga kelib Moskvada maktab dasturlariga muvofiq
bo‘lgan o‘quv diopozitivlari ishlab chiqarila boshlangan. 1904-1905-
yillarga taalluqli plyonkali birinchi diofilmlar paydo bo‘lgan va ular
«proyeksion fotogrammalar» deb atalgan.
Epidioskop
(yunonchadan
olingan bo‘lib, «qarayapman»
de- gan ma’noni anglatadi) -
epiproyektor
va
dioproyektorlarni o‘z ichiga
oluvchi moslamadir. Bu esa
uning qo‘llanish imkoniyatla-
rini
yanada
kengaytiradi.
Epidioskop 140 x 140 mm va
150x50 mm o‘lchamli kadr
oynachalariga
ega
bo‘lishi
mumkin. Bunday apparatlarni
episkopik proyeksiya rejimda
to‘laligicha, dioskopik rejimda
yarim keng qo‘llash mumkin.
.
Dinamik proyeksiya bu
proyeksiyaning xilma-xilligi
bo‘lib, ekrandagi suratlarni bir
qancha kattaroq va harakatliroq
namoyon qilib berishdir. Dinamik
proyeksiyalarning moslamalari
sifatida turli xil kinomoslamalar
(kinoproyeksiyalar), videotexnika
va videoproyeksion moslama
(multimediaproyektor)larni
ishlatilishi mumkin. Masalan, KD
1. 1. 6. JKD videoproyektori.
Do'stlaringiz bilan baham: |