Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
Epidioskop (yunonchadan olingan bo‘lib, «qarayapman» de- gan ma’noni anglatadi)
- epiproyektor va dioproyektorlarni o‘z ichiga oluvchi moslamadir. Bu esa uning qo‘llanish imkoniyatla- rini yanada kengaytiradi. Epidioskop 140 x 140 mm va 150x50 mm o‘lchamli kadr oynachalariga ega bo‘lishi mumkin. Bunday apparatlarni episkopik proyeksiya rejimda to‘laligicha, dioskopik rejimda yarim keng qo‘llash mumkin. Ushbu apparatlar qo‘llanilishi jihatidan boshqa apparatlardan anchagina sodda bo‘lsa-da, bugungi kunda ulardan foydalanish juda kamayib ketgan. Ba’zi axborot- kutubxona muassasalarida epidioskoplardan foydalanilayotganda apparatga ekrandagi surat- larni yanada rang-barang va tiniqroq ko‘rsatish uchun kuchliroq bo‘lgan yorug‘lik moslamalar o‘rnatiladi. Oddiy epidioskopning ikki rejimda ishlatilishidagi optik sxemasi quyidagicha: Episkopik proyeksiya. Yorug‘lik nurlari sferik oynalar yordamida tiniq bo‘lmagan obyektlarni yoritadi, bundan diffuz tara- luvchi nurlari kuchli yorug‘lik proyeksion obyektivga tushadi, oynadan aks etib ekranga uzatadi. 2. Dioskopik proyeksiya. Dioskopik proyeksiyada oynasi nurlar olishi uchun qaytariladi, kondensor ramkaga solingan diopozitivni tekkis yoritib, obyektiv nurlarni yo‘naltiradi, suratlarni ekranga proyeksiya qiladi. Maktab epidioskopi. Maz- kur epidioproyektorlarni ish- latish uchun tayyorlash, uni o‘quv xonasiga o‘rnatish va dio- pozitivlarni namoyish etish usul- lari dioproyektorlarniki bilan deyarli bir xildir. Epidioproyektor «EPD-1» tiniq bo‘lmagan obyektlar bilan ko‘p bo‘lmagan (kam) yorug‘lik nurlari tushadi. Shuning uchun ham bu proyektor bilan ishlayot- ganda o‘quv xonasi to‘laligicha qorong‘i bo‘lishi lozim, chunki tiniq bo‘lmagan obyektlar ekranda namoyish etilayotganida sinf yorug‘ bo‘lsa, obyektlarning ko‘rinishi xira bo‘ladi. Shuningdek, ushbu apparat o‘z vaqtida sovutilib turilishi lozim. «EPD^-55» epidioproyektorlari obyektlarni namoyish etishda «EPD-1»dan ancha ustunroqdir. Bu apparatda avtomatik ravishda sovutadigan moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u obyektlarning ekranda anchagina aniqroq namoyish etish quvvatiga ega va u deyarli qizib ketmaydi. Bu apparatda yorug‘lik manbayi sifatida kondensor linzali va aks ettiruvchi parobal oynali 500 vatli, 110 yoki 220 voltda ishlaydigan lampalar ishtirok etadi. Apparatni ishlatish uchun xona qorong‘i bo‘lishi shart emas. DINAMIK PROYEKSION APPARATLAR Dinamik proyeksiya bu proyeksiyaning xilma-xilligi bo‘lib, ekrandagi suratlarni bir qancha kattaroq va harakatliroq namoyon qilib berishdir. Dinamik proyeksiyalarning moslamalari sifatida turli xil kinomoslamalar (kinoproyeksiyalar), videotexnika va videoproyeksion moslama (multimediaproyektor)larni ishlatilishi mumkin. Masalan, KD 1. 1. 6. JKD videoproyektori. Mazkur vi- deoproyektorni to‘g‘ri ulash uchun quyidagilar bajariladi: - videoproyektorni stolga to‘g‘ri joylash; - videoproyektor past-balandligini to‘g‘rilash; - proyektor past-balandligi uning old tarafida joylashgan ikkita sozlagichdan foydalanib to‘g‘rilanadi. 1) proyektorning old tarafini ko‘taring, so‘ng yon tarafida joylashgan ikkita sozlash tugmalarini bosing. Sozlovchi oyoqlar bo‘shashib uzayadi; 2) sozlanmani mustahkamlash uchun sozlovchi tugmalar qo‘yib yuboriladi; 3) aniq sozlash uchun sozlovchilarni burang. Izoh: Agar siz proyektorni joylashdan oldin uni avvalgi holiga keltirmoqchi bo‘lsangiz, sozlovchi richaglarni bosing va proyektorni asta-sekin tushiring. Shundan keyin u oson joylashadi. Agar proyektor holati bilan ekran o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lsa, tasvir buzilib va yoyilib chiqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling