Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
 
 
Nazorat uchun savollari 
 4-ilova
 
9-mavzuYorug`lik proyeksiyasi va uning turlari 
 
Reja: 
 
1.Axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari 
asosida 
aholiga 
axborot-kutubxona 
xizmatini ko‘rsatishni tashkil qilish. 
2. Yorug‘lik proyeksiyasi va uning turlari. 
1. 
Axborot-kutubxonalarda 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar 
asosida aholiga xizmat ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidentining 2011- yil 23- fevraldagi PQ № 1487- sonli Qarori mohiyatini 
ochib bering. 
2. 
Yorug‘lik proyeksiyasi, uning turlarini aytib bering. 
3. 
Proyeksion appartlardan foydalanishda ularni turli xil tarmoqqa ulash 
haqida aytib bering. 
4. 
Texnika xavfsizligi va ehtiyotlash choralari to‘g‘risida gapirib bering. 
 


Tayanch iboralar-2011- yilning 23- fevral kunida Prezidentimizning 2011-2015- 
yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va 
axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivoj- lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
PQ-1487 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20- iyundagi 
«Respublika aholisini axborot-kutub- xona bilan taminlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 
PQ № 381- sonli qarori, proyeksion apparatlar, yorug`lik proyeksiyalari va ularning 
turlari. 
1.AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA 
AHOLIGA AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATINI KO‘RSATISHNI 
TASHKIL QILISH 
Axborot-kutubxona faoliyatini yanada kuchaytirish, kitobxon, foydalanuvchi va ilmiy 
izlanuvchilar uchun yangi, zamonaviy texnikalarni qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatish 
bugungi kun talabidir. 
Bu masala hukumatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
2011- yilning 23- fevral kunida Prezidentimizning 2011-2015- yillarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axborot-resurs 
xizmatlari sifatini yanada rivoj- lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1487 sonli 
Qarori ham e’lon qilindi. 
Mazkur Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20- 
iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutub- xona bilan taminlashni tashkil etish 
to‘g‘risida»gi PQ № 381- sonli Qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish 
doirasida adabiyotlar fondini to‘ldirib borish, kutubxonachilik ishiga yangi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholining axborot-kutubxona 
resurslariga keng kirib borishini tashkil etish bo‘yicha rejali va tizimli ish olib 
borilmoqda. 
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida 6,3 million kishiga axborot-kutubxona 
xizmati ko‘rsatuvchi 11026 ta axborot-kutub- xona muassasalari faoliyat yuritmoqda. 
Ulardagi adabiyotlar fondi 
83,6 
mln saqlash biriligidan, shu jumladan, 3,5 mln elektron shakl- dagi resurslardan 
iborat. 
Barcha axborot-kutubxona tashkilotlari Internet (ZiyoNET) tarmog‘iga ulangan. 
Xalq maorif tizimidagi 1639 ta umumta’lim maktablari axborot-resurs markazlarida (91 
%) lokal tarmoq tashkil etilgan, 1380 ta markazlar (76,5 %) Internet (ZiyoNET) 
tarmog‘iga ulangan. 
Axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy kompyuter texnologiyasi va tashkiliy-
texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha ish olib borildi, kompyuterlar soni 2,8 
barobarga, nusxa ko‘paytiruvchi va skanerlovchi texnika 2,3 barobarga oshdi. 
Aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona xizmati 
ko‘rsatishning yangi sifat bosqichiga o‘tishni, axborot-kutubxona muassasalarini 
yagona axborot may- doniga birlashtirishni, o‘sib borayotgan yosh avlodning intellek- 
tual ehtiyojlarini to‘la qondirishni, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlash va 
mustahkamlashni, o‘quv muassasalari o‘quvchilarining va aholining bilim olishi hamda 


mustaqil bilim olish tizimini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida aholiga ax- borot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini 
yanada sifatli takomillashtirish doirasi- da asosiy vazifalar deb quyidagilar belgilanadi: 
axborot-kutubxona xizmati sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etishga oid standartlarni va yagona yondashuvni ishlab chiqish, av- valo, ma’nan boy va 
barkamol shaxsning ijodiy rivojlanishi uchun ma’naviy-axloqiy, madaniy-tarixiy, 
ilmiy-ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lgan bosma nashrlarning elektron nusxasini yaratish 
yo‘li bilan elektron resurslar fondini shakllantirishni tashkil etish; aholi keng 
qatlamining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida, jum- ladan, ZiyoNET 
tarmog‘i vositasida birlashgan axborot-kutubxona resurslariga kirib borishni 
ta’minlash; axborot-kutubxona muassa- salarining va elektron hujjatlarni elektron yo‘l 
bilan yetkazib beruv- chi tashkilotlarning yig‘ma elektron katalogini tashkil etish 
asosida axborot resurslaridan hamkorlikda foydalnishni muvofiqlashti- rish; axborot-
kutubxona 
muassasalarini 
takomillashtirish, 
ularni 
zamonaviy 
kompyuter 
texnologiyalari va tashkiliy-texnika bilan ta’minlash kompleks chora-tadbirlarini 
amalga oshirish; elektron kutubxonalar zallarini tashkil etish, ularni integrallashgan 
axborot- kutubxona tarmog‘iga ulash; axborot-kutubxona muassasalari uchun 
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyasi bilan qurollangan kadrlarni o‘qitish, 
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish; 
Prezidentimizning mazkur qarorini ijro etish uchun 05. 07. 2011- yilda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazir- lar Mahkamasining «Elektron kutubxona to‘g‘risida»gi 198-sonli 
namunaviy nizomi hamda «Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida va 
kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-ku- tubxona resurslari fondini yaratish 
haqida»gi reja jadvalini ishlab chiqilib, hozirgi kunda bu ishlar bosqichma-bosqich 
amalga oshi- rilmoqda. 
Axborot-kutubxona markazlari bazasida elektron kutubxonalar, Axborot-resurs 
markazlari bazasida elektron zallar ochilib, elektron fond bazalari shakillantirilmoqda. 
Bu esa foydalanuvchilar, kitobxonlar va mutaxassislarning oldiga alohida vazifalar 
qo‘ymoqda. 
Masalan, xizmat ko‘rsatishda va foydalanishda texnika vositalaridan to‘g‘ri 
foydalanishni bilish, ishlatish, qidirish yo‘llarini bilish va boshqalar. 
2. YORUG‘LIK PROYEKSIYASI VA UNING TURLARI 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling