Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ilova Savollar Nazorat savollari
- Toifalanish jadvali Axborot tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi
Mashg’ulotni yakunlash
3.1Baholash mezonini o’qib eshittiradi,mavzu bo’yicha yakun qiladi. 3.2.Guruhlar ishini baholaydi. 3.3.Mustaqil ish uchun topshiriq beradi.. Har bir o’quvchi o’z- o’zini baholaydi Savol - topshiriqni yozadilar. 1-ilova Savollar Nazorat savollari: 1.Axborot tushunchasiga ta’rif bering. 2.Axborot turlariga nimalar kiradi? 3.Axborot birliklari, axborotning o‘lchov, hajm tushunchalarini aytib bering. 4.Axborotning jamiyatda tutgan o‘rni nimalardan iborat?. 5.Axborot tizimlari va elementlarini aytib bering. 6.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlarini so‘zlab bering. 7.Kichik aloqa tizimlari haqida gapirib bering. 8.Axborot tizimidagi jarayonlar qanday amalga oshiriladi? 2-ilova 3-ilova Axborot tizimining jarayonlariga quyidagilardan iborat: - tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish; sotish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish kompaniyasi hisoblanadi teskari aloqa - bu kiritilgan axborotni tuzatish uchun ushbu tashkilot odamlari tomonidan qayta ishlangan axborot uzatish uchun axborotni chiqarish; 6. oshidan oxirigacha proyek- torlar bir yerda yig‘iladi. -iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish; 5. asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularda tasvir sifati juda yuqori. Toifalanish jadvali Axborot tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: . 4-ilova Sinkveyin” metodini bajarish yo’riqnomasi Sinkveyin – ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltiririshga) yordam beradigan qofiyalanmagan sher bolib, unda o’rganilayotgan tushunsha(mavzu) tog’risidagi axborot yeg’ilgan holda talab sozi bilan ifodalanadi. Bu usul orqali o’quvshilar bilimi faollashadi, sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yahshiroq anglashga yordam beradi. 1-qator Mavzu bir soz ot bilan ifodalang 2-qator ikkita sifat bilan ifodalanang 3-qator ushta fe’l bilan ifodalang 4-qator tortta sozdan iborat ibora,fikr,jumla bilan ifodalang 5-qator sinonim soz yozing 5-ilova Uyga vazifa Mavzuni o’qish va mavzu yuzasidan test tuzish. Mavzu:Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. Reja: 1.Axborotning apparat qismi va dasturiy qismi. 2. Axborot tizimining xususiyatlari. 3.Axborot tizimidagi jarayonlar.. Tayanch iboralar- Axborot, axborot tizimidagi jarayonlar,zamonaviy axborot tizimlari. Axborot tizimining arxitekturasi keltirilgan va har bir funksional blokning vazifasi belgilangan, asosiy vazifalar ro‘yxati taklif etilgan va bunday tizimlarda yuz beradigan asosiy jarayonlarning qisqacha bayoni berrilgan. Axborot tizimlarini bundan keyin o‘rganish uchun ularda yuz beradigan jarayonlarni mufassal bayon etish zarur. Ushbu jarayonlar quyidagilardan iborat: - tashqi va ichki manbalardan axborot kiritish; - kiritilgan axborotga ishlov berish va uni qulay shaklda taqdim etish; - iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish; - teskari aloqa - bu kiritilgan axborotni tuzatish uchun ushbu tashkilot odamlari tomonidan qayta ishlangan axborot. - Boshqaruv deganda, tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, nazorat, rag‘batlantirish kabi funksiyalar amalga oshirilganida qo‘yilgan maqsadni ta’minlash tushuniladi. Axborot tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: - har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning umumiy tamoyillari asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin; - axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisobla- nadi; - axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan foydalanish zarur; - axborot tizimining mahsuloti axborot bo‘lib, uning asosida qa- rorlar qabul qilinadi; - axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam-kompyu- ter tizimi sifatida qabul qilish zarur. Bugun axborot tizimi deyilganda, aksariyat kishilarning ko‘z o‘ngiga kompyuter keladi, vaholanki, u axborot tizimining bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Umuman olganda, axborot tizimini kompyutersiz variantda ham tushunish mumkin. Zamonaviy axborot tizimlari ulardan foydalanadigan axborot- kutubxonalarga ilgari o‘zlari foydalana olmagan bir qator yangi imkoniyatlar va sifatlarni berishi mumkin, xususan, axborot tizimi quyidagilarga yordam berishi mumkin: - matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish hisobiga boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantlariga ega bo‘lish; - avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni og‘ir mehnatdan ozod qilish; - axborotning ishonchliligini ta’minlash; - ma’lumotlarni qog‘oz o‘rniga magnit disklari yoki tasmalarida saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov berishni ancha oqilona tashkil etish va qog‘ozlardagi hujjat hajmini kamaytirishga olib keladi; - axborot-kutubxonalarda axborot oqimi strukturasi va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish; - zamonaviy texnolgiyalardan foydalanishni ta’minlash. Axborot-kutubxonalar faoliyatini kompleks avtomatlashtirish uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan korporatsiyaning oliy bo‘g‘ini - menejerlari ish olib boradi. Bu tizimlar qarorlar qabul qilish uchun zarur. Bu esa, o‘z navbatida, menejerlarning quyi va o‘rta bo‘g‘ini darajasida joriy ishlab chiqa- rish funksiyalarini bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini operativ boshqarish bilan Axborot tizimidagi jarayonlar. bog‘liq ish joylarini avtomatlashtirish masalasi oldindan hal qilingan bo‘lishini ko‘zda tutadi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling