Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
TELEKOMMUNIKATSION ALOQA VOSITALARI
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
TELEKOMMUNIKATSION ALOQA VOSITALARI
Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uza- tishda kabel simlari aloqa vositalaridan foydalanadi. Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, uning tarkibiy qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Insonlar o‘zaro yuzma-yuz gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzata- dilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va bir ozdan so‘ng esa qabul qiluvchi bo‘lishi ham mumkin. Demak, bir kishining o‘zi ham yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, yoki ikkalasi ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki tomonlama kommuni- katsiyaning oddiy ko‘rinishidir. Xabarlarni yetkazib berishda ishlatadiganimiz signallar - bu biz qo‘llaydigan so‘zlar, biz so‘zlashadigan til. Muloqot samarali chiqishi uchun esa ikkala tomon ham yuboruvchi va qabul qiluvchi signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari lozim. Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron yoki asinxron bo‘lishi mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuborilgan paytning o‘zida qabul qilib oladi. Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommuni- katsiyaga misol bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada esa, qabul qiluvchi xabarlarni ular jo‘natilganidan bir qancha vaqt o‘tgach - biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib oladi. Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish asinxron kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchi- lar faollik bilan sinxron va asinxron kommunikatsiyalarning sama- radorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari ustida izlanishlar olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutub- xona ishida muhim rol o‘ynaydi. Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun elektron uzatilishi tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Telekommuniktsiyaning axborot-ku- tubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelish imkoniyati bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi. Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartiribgina qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari. Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va axborot almashi- nuvining yengilligi raqobat bozorida yuqori darajadagi sifat va xiz- matlarga kafil bo‘lmoqda. Ma’lumot almashinuvi telekommunikatsiyaning alohida tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lumotlarning elektron jamlanishi, qayta ishlani- shining texnologik jarayoni va tarqatilishi tushuniladi. Telekom- munikatsiyani qo‘llash uchun ma’lumot almashinuviga erishiladi. Telekommunikatsiyaning umumiy modelini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda model yuboruvchi qismdan boshlanadi va inson, kompyuter, terminal yoki xabarni hozirlaydigan har qanday vosita bunga misol bo‘lishi mumkin. Yuboruvchi signalni telekommuni- katsiya uskunasiga uzatadi. Telekommunikatsiya uskunasi bir qancha vazifalarni bajaradi, masalan, signalni bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga yoki bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirishi mumkin. Plata - bu axborotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi maxsus qurilma. Odatda, bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter shinasining kengaytirilgan bo‘sh o‘rniga o‘rnatiladi, ma’lumotlarni uzatuvchi kabel esa shu plataga o‘rnatiladi. Bugungi kunda tar- moqda qo‘llaniladigan bir necha tipdagi kabellar mavjud. Bularga signalni modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni modul- lashtiruvchi koaksil kabel va optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va ulanish usullari bilan farqlanadi. Modem - bu qurilmaning nomi ikki so‘z birikmasi (modulator va demodulator)dan tashkil topgan. Modem uzatilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni mo- dullashtirish va demodullashtirish vazifalarini bajaradi. Signallarni modullashtirish deganda, signalni uzoq masofaga uzatish uchun uning shaklini almashtirishni tushunamiz. Elektron im- pulslar dastlab modemda tovush chastotasiga aylantiriladi, so‘ngra telefon tarmog‘i orqali uzatiladi. Signallar qabul qilinayotganida, bu tovushli signallar modem yordamida kompyuterga moslab ik- kilik elektr impulslari ketma-ketligi shaklida o‘zgartiriladi. Bir kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatilayotganida, raqamli im- pulslar ikki marta o‘zgartiriladi: avval tovushli signal (modullashtirish) ko‘rinishiga, so‘ngra tovushli signallar ikkilik impulslari (de- modullashtirish)ga o‘zgartiriladi. Turli modemlar ma’lumotlarni uzatish tezligi, ma’lumotlarni uzatish uzoqligi va intellektual qobi- liyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Oddiy modemlar o‘zining sodda funksiyasi modullashtirish va demodullashtirishni bajaradi. Boshqa murakkabroq modemlar o‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lib, bir qator qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qodir: - telefon raqamlarini avtomatik terish; - ma’lumotlar uzatish tezligini avtomatik boshqarish va boshqalar. Ba’zi bir modemlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishi yoki qabul qilishi (simpleks rejim) mumkin, boshqalari esa ikki yo‘nalishda ham (poludupleks rejim) ishlay oladi. Modemlar konstruksi- yasiga ko‘ra tashqi qurilma sifatida bo‘lishi yoki kompyuter ichiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, bugungi kunda simsiz ishlaydigan flesh modemlar ham mavjud bo‘lib, ular ma’lum bir masofada axborotlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga uzatish qobiliyatiga ega. Axborot texnologiyasi boshqa har qanday texiologiyalar kabi quyidagi talablarga javob berishi kerak: - axborotga ishlov berishning barcha jarayonini bosqichlar (fazalar), operatsiyalar, amallarga bo‘lishning yuqori darajasini ta’minlash; - maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlarning barcha to‘plamini ishga solish; - doimiy xarakterga ega bo‘lish. Texnologik jarayonning bos- qichlari, amallari va operatsiyalari standartlashtirilgan va unifi- katsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, bu axborot jarayonlarini maq- sadli boshqarishni samarali amalga oshirish imkonini beradi. - Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling