Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- O`quv topshiriq
- KOMMUNIKATSION JARAYON
3-ilova Mavzu: Kommunikasiya va telekommunikasiya aloqa vositalari. Reja: 1. Kommunikatsion jarayoni. 2. Telekommunikatsion aloqa vositalari. 3.Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari. Tayanch iboralar- kommunikasion jarayon, telekommunikasiya, modem, telefon tarmog`i, plata. Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida kommunikatsion va telekommunikatsiya aloqa vositalari ularning ahamiyati, kommunikatsion jarayon, axborot almashish, telekommunikatsion aloqa vositalari va ulardan foydalanish kabi bilim ko‘nikmalari berish va mutaqil foydalanishga o‘rgatishdan iborat. O`quv topshiriq: 1. Kommunikatsion jarayon nima? 2. Kommunikatsion aloqa vositalariga nimalar kiradi? 3. Telekommunikatsion aloqa vositalarini aytib bering. 4. Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa vositalarining ax- borot-kutubxonalardagi roli va ahamiyati nimalardan iborat? KOMMUNIKATSION JARAYON Har qanday tashkilot yoki korxona, ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalarida rahbarlardan axborotlarni samarali almashish talab qilinadi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya va telekommu- nikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Qaysi rahbarda samarali kommunikatsiya bo‘lsa, u samarali ishlovchi rahbardir. Yaxshi rahbar kommunikatsiya jarayoni mohiyatini tushunadi, og‘zaki va yozma muomalani puxta egallaydi. Telekommunikatsion vositala- ridan foydalanib ish faoliyatini yaxshi yo‘lga qo‘yadi. Kommunikatsion jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o‘rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayo- nining asosiy vazifasi - almashish predmeti bo‘lgan axborotni tu- shunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning o‘zigina axborot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga kafolat beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga do‘stlar, oilaviy, mehnat jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. Axborot almashish jarayonida to‘rtta tarkibiy qismlar qatnashadi: jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), kanal (axborotni uzatish vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan hamohang ishlashi, axbosot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak. Axborot almashinuv jarayonida har ikki tomon (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) faol rol o‘ynaydi. Agar rahbar qo‘l ostidagilarga topshiriq bersa, shuning o‘zi axborot almashish boshlandi degan gap. Axborot almashish samarali bo‘lishi uchun xodim o‘z rahbariga top- shiriqni qanday tushungani haqida xabar berishi, rahbar esa undan nimalar kutishini aytishi kerak. Topshiriqning o‘zi qanday qo‘yili- shi (to‘g‘rirog‘i, axborot) va axborotni uzatish vositasi muhim aha- miyatga ega. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon uni hech qanday to‘siqsiz qabul qilsa, axborot almashgan hisoblanadi. Shuning uchun kommunikatsiya jarayoniga juda katta e’tibor berish kerak. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tilishi kompyuterlashtirish ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Xalqaro amaliyot iqtisodni kompyuterlar yordamida boshqarishni afzal ko‘rmoqda. Kompyuterlar yordamida axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Barcha axborotlar tez tayyorlanadi va tarqatiladi. Kommunikatsiya - signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali uzatilishidir. Signal esa, o‘z navbatida, ma’lumot va axborotdan tashkil topgan xabardir. Signal, albatta, biror-bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisobla- nishi mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yubo- ruvchi) signallarni yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foy- dalanadi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling