Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Axborot-kutubxona muassasalarida transport-texnika vositalaridan


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Axborot-kutubxona muassasalarida transport-texnika vositalaridan 
foydalanishning roli va ahamiyati 
Hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning yangi 
uslub va metodlari deganda, axborot-kutubxonaning bibliografiya ish protsessorlarini 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish masalasi tushuniladi. Axborot-kutubxona 
markazlari va axborot-resurs markazlari tashkil etilishi texnika vositalarini joriy etish 
imkonini berdi. Texnika vositalari yordamida axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni 
xonaga keltirish va bo‘limlarga yetkazib berishda, shuningdek, kitob saqlash 
fondlaridan kerakli adabiyotlarni o‘quv zallariga eltib berish va shu kabi ishlarda 
kitobxonlarga xizmat qilishni yaxshilaydi. Bu esa kutubxonachilarning vaqtini tejaydi, 
natijada axborot-kutubxonaning kitobxonalarga xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichini yanada 
yuksaltirishiga 
yordam 
beradi. 
Ayniqsa, 
adabiyotlarning 
transportlanishida 
ishlatiladigan texnik vositalar kutubxonachilar mehnatini yengillashtirishda juda qo‘l 
kelmoqda. Masalan, qo‘l aravachalari, lift, konveyr va h. k. lar shular jumlasiga kiradi. 
Umuman, zamonaviy axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni texnika vositalari 
yordamida kompleks xizmat qilishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot-
kutubxonalarda transport bilan adabiyotlarni axborot-kutubxona bo‘limlari va tashqi 
axborot-kutubxonalarga eltib berish keng ommalashmoqda. Transport vositalari xizmat 
ko‘rsatish xususiyatiga ko‘ra tashqi va ichki vositalarga bo‘linadi. Chunonchi, tashqi 
transport vositalariga avtokutubxona, kutubxona mototsikllari kiradi. Avtokutubxonalar 
va kutubxona mototsikllari tashqaridan kitob olib kelishga, axborot-kutubxonalaridan 
uzoqda bo‘lgan kitobxonlarga xizmat qilishga yordam beradi. Ichki transport 
vositalariga esa axborot-kutubxonalarning bo‘limlararo xizmat qilishda ishlatiladigan 
texnik vositalari kiradi. Ular: konveyr, tushirgichlar, ko‘targichlar va h. k. O‘z 
navbatida, ichki transport vositalari ham ikki guruhga bo‘linadi:
1. Cheksiz harakatlanuvchi qurilmalar:
a) konveyer – tortuvchi elementlar;
b) tushirgich, rolgam.


2. Vaqtli harakatlanuvchi qurilmalar, ya’ni yukni ma’lum bir vaqt ichida 
joylashtiradigan va tashiydigan qurilmalar: liftlar, qo‘l aravachalari.
Hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni tashish va yetkazish ikki 
usulda olib boriladi: tarli va tarsiz. Tarli usulda kitoblar, jurnallar, mikrofilmlar 
qutilarga joylashtirilib tashiladi. Adabiyotlarni bu tarzda tashish ularni ortish, tushirish 
yoki bir yerdan boshqa joyga ko‘chirishda kitoblarning shikastlanishidan saqlaydi. 
Tarsiz usulida kitob va jurnallarning yuklanishi va tashilishi bevosita ishchi organlar, 
lentali konveyrlar, rolganglarga joylashtiriladi. Tarsiz usulning kamchiligi shundan 
iboratki, ko‘p sonli kitoblarni, ayniqsa, ortish, tushirish yoki bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chirishda kitoblarning osonlik bilan zararlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shu ikkala 
transportlash usulidan axborot-kutubxona xodimlari o‘zlari uchun ko‘proq foydalisini 
tanlab olishlariga to‘g‘ri keladi. Axborot-kutubxonada transport qurilmalari, asosan, 
yuklarni joylashtirish, tashish tezligi va quvvatiga qarab xarakterlanadi. Axborot-
kutubxona ishida uzluksiz harakatli vositalar bilan bir qatorda, davriy harakati 
jihozlarning qo‘llanilishi keng o‘rin egallaydi.

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling